“Bu chinakam xalq harakati bo‘lishi mumkin” – ozodlik.org


O‘zbekiston xalq harakati qurultoyi ishtirokchilari.

25.05.2011

Hurmat Bobojon

Berlinda O‘zbekiston xalq harakatining ilk qurultoyi ishini kuzatgan amerikalik tahlilchi Piter Sinett shunday fikrda.

23-24 may kunlari xorijdagi o‘zbek muxolifati so‘nggi 20 yil davomida ilk bor yirik bir qurultoyga yig‘ildi. Ayni yig‘inda O‘zbekiston xalq harakatining qurultoyida mintaqa masalalarida mutaxassis amerikalik olim Piter Sinnet ham kuzatuvchi maqomida ishtirok etdi. Ozodlik muxbiri bilan suhbatda tahlilchi yangi harakat haqidagi mulohazalarini o‘rtoqlashdi.

– Bu erda chinakam harakat tashkil topayapti. Menimcha, bu birinchi qadam, ya’ni O‘zbekistondagi muammolarni hal qilishi mumkin harakatni tashkil etishda birinchi qadam bu. Bu harakat Berlin shahrida tashkil topayapti. Shuni eslash joizki, 22 yil muqaddam Berlinda politsiya hukumati buzildi. Sharqiy Germaniyadagi politsiya rejimi ag‘darilganidan sanoqli kunlar o‘tib, u erdagi oddiy aholi uchun KGB arxivlari ochildi. Men bu haqda bejiz aytayotganim yo‘q. Sababi¸ O‘zbekistonda ham Karimovning politsiya rejimi ag‘darilmasdan¸ u erda adolatli tuzumni barpo etib bo‘lmaydi. Boshqacha O‘zbekistonni faqat joriy rejimsiz qurish mumkin.

Karimov rejimi davrida O‘zbekiston xalqaro maydonda unutilayozgan, zaif iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega mamlakatga aylandi. Bugun bu erga muxolifat faollaridan tashqari Karimov rejimidan aziyat ko‘rgan, Karimov rejimi qiynoqlarini boshdan kechirgan insonlar ham yig‘ildi. Rejim qattolligi bois muxolifat saflari kengaymoqda va ular o‘z muammolarini ko‘tarib chiqish uchun shunday tashkilotga birlashmoqda.

Ozodlik: Bu erda ayrim boshqa o‘zbek muxolifatchilari tarafidan O‘zbekiston xalq harakatiga bosh qo‘shayotganlar islomchi aqidaparastlar va ularning maqsadi O‘zbekistonda islomiy davlat qurish, degan ayblovlar ham yangramoqda. Bu haqda siz nima degan bo‘lardingiz?

– Nima derdim, bu erda juda rang-baranglik, bildirilayotgan fikrlar rang-barang.  Bu erda ayrim odamlar shunaqa islom, jihod g‘oyalarini ko‘tarib chiqdi, lekin bu fikrlar anjumanning asosiy markazida bo‘lgani yo‘q, bu boshqa fikrlar soyasida qolib qoldi.

Menimcha, o‘zini muxolifat deb atagan ayrim guruhlar bu anjumanga kelmay katta xato qilibdi. Ular bu erdagi bahs-munozarada qatnashish imkonini boy berishdi. Bu erda anjuman chinakam fikr-almashuv ruhida o‘tdi. Bu erda ko‘rpaning tagiga tashlangan fikr yo‘q, hammasi ochiq bo‘ldi. Har kim o‘z fikrini ochiq aytdi va himoya qilishga harakat qildi.

Ozodlik: Berlinda tashkil topgan harakat O‘zbekistonda biron o‘zgarish yasash, O‘zbekiston ichkarisidagi vaziyatga ta’sir o‘tkazishga qanchalik qodir?

– O‘zbekistonda hukumat mamlakat ichkarisida muxolifat faoliyatiga izn bermay kelayapti. Mamlakat tashqarisida esa, menimcha, o‘zbek muxolifati kuchaymoqda. Berlindagi bugungi anjuman, menimcha, hali boshlanishi. Bu erda bir-birlari bilan jiddiy tortishayotgan va ayni paytda bir-birlarining fikrini hurmat qilayotgan odamlar orasida o‘tiribman va o‘ylaymanki, kelajakda bular O‘zbekistonni boshqarishga qodir siyosiy harakat bo‘lib shakllanadi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24195414.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: