AQSh komissiyasi O‘zbekiston hukumatini minglab diniy va siyosiy mahbuslarni ozod qilishga chaqirdi – bbc uzbek


27 may 2011

Xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha AQSh komissiyasi O‘zbekiston hukumati tarafidan dissident shoir Yusuf Jumaning qamoqdan ozod qilinishini olqishlagan.

“Ammo, e’tiqodi tufayli hali yana minglab o‘zbeklar qamoqlarda qolmoqda. Ushbu mahbuslarni ham ozod qilish va O‘zbekistondagi diniy erkinliklar bilan bog‘liq sharoitlar yuzasidan AQSh hukumati Prezident Karimovga bosim o‘tkazishda davom etishi kerak”, deydi Xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha AQSh komissiyasi rahbari Leonard Leo.

Yusuf Juma Prezident Islom Karimovning iste’fosini talab qilishi ortidan hibsga olingan va besh yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Uning rafiqasi 2010 yil Xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha AQSh komissiyasiga ma’lumot berarkan, shoir Qoraqalpog‘istondagi “Jasliq” qamoqxonasida qiynoqqa solingani haqida aytgan.

Komissiya O‘zbekiston qamoqxonalarida qiynoq qo‘llash odatiy hol bo‘lib qolayotganini ta’kidlaydi. Xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha AQSh komissiyasi maxsus bayonotida 2005 yildan beri hukumat Andijon hodisalari yuzasidan xalqaro mustaqil tekshiruvlar o‘tkazish chaqiriqlarini rad etib kelayotgani va Andijon fojeasiga aloqador deya gumon qilingan musulmonlarga qarshi mahkamalar soni ortganini qayd etadi.

“O‘zbekiston diniy jamoalar, ayniqsa, mamlakatdagi aksariyatni tashkil etuvchi musulmonlar huq-huquqlarini keskin cheklovchi diniy qonunlarga ega”, deyiladi bayonotda.

Shu bilan birga O‘zbekiston hukumati o‘z talablari doirasida harakat qilmagan musulmonlarni hibsga olishi hamda siyosiy ekstremizmni qo‘llab-quvvatlashda gumon qilingan musulmon guruhlarga qarshi qatag‘on siyosatini yurgizishi aytiladi.

Xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha AQSh komissiyasining yaqinda e’lon qilingan yillik hisobotida O‘zbekistonni “alohida xavotirga molik” va yo diniy erkinliklar va inson huquqlari eng ko‘p bug‘ilgan va poymol etilgan davlatlar ro‘yxatiga kiritgan.

AQSh Davlat Departamenti ham 2006 yildan beri O‘zbekistonga xuddi shunday ta’rif berib keladi. Ammo, 2009 yildan so‘ng O‘zbekistonga qarshi biron bir chora ko‘rishdan tiyilib keladi. Bunga sabab qilib esa, O‘zbekistonning Afg‘onistondagi AQSh va xalqaro kuchlar uchun muhim bo‘lgan noharbiy ta’minot yuklari tranzitida muhim rol o‘ynayotgani ko‘rsatiladi.

Leo janoblariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar jiddiy islohotlar o‘tkazish yuzasidan O‘zbekistonga bosim o‘tkazishda davom etishi kerakligini aytadi.

Unga ko‘ra, o‘zbek rasmiylariga qarshi biron bir jazo choralari ko‘rilmayotgani Andijondagi shafqatsiz amallar hamda diniy erkinliklarning keng ko‘lamda poymol etilishi hollari uchun jazosiz qolish mumkinligiga oid noto‘g‘ri ishora beradi.

“Sharoitlar yaxshilangunga qadar haqiqiy jazo choralari joriy etilishi kerak”, deydi Xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha AQSh komissiyasi rahbari Leonard Leo.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/05/110527_cy_uscirf_uzbekistan.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: