Abdurahmonov uchun aktsiya O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasini qo‘rqitdi – uznews.net


26.05.11

Uznews.net – Kecha O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov tashrifi munosabati bilan qabul uyushtirgan O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi jurnalist Solijon Abdurahmonov himoyasi uchun o‘tkazilayotgan faollar aktsiyasiga javoban politsiya chaqirdi.

Qamoqda qolayotgan o‘zbek jurnalisti Solijon Abdurahmonov rasmi va uning chaqiriqlari tushirilgan katta plakati bo‘lgan mashinaning O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi yonida turganini ko‘rgan o‘zbek diplomatlari politsiya chaqirishdi.

Voqea joyiga etib kelgan nemis politsiyasi aktsiya maqsadlari bilan tanishgach uning qatnashchilari elchixona binosidan 50 metr uzoqlikda bo‘lishi kerakligini va shu shart bilan aktsiyani davom ettirishlari mumkinligini aytishdi.

Abdurahmonov chaqiriqlari yozilgan plakatli mashina O‘zbekiston elchixonasiga kelgan mehmonlar buni ko‘rishlari uchun elchixona atrofida doimiy ravishda aylanib yurdi.

Uznews.netning Qoraqalpog‘istondagi muxbiri himoyasi uchun aktsiyani Uznews.net muassisi, Germaniyada ro‘yxatdan o‘tgan Uzbekistan Press Freedom Group uyushtirdi.

Uning rahbarlari 60 yashar jurnalist Solijon Abdurahmonovning qamoqda qolishini qabul qilib bo‘lmas hol deb hisoblashlarini aytadilar.

Abdurahmonov himoyasi uchun Berlindagi O‘zbekiston elchixonasi oldida aktsiya; surat: UPFG (c)

Qoraqalpog‘istonda 2008 yilda bo‘lib o‘tgan tergov va sud davrida unga qarshi narkotik modda sotishga harakat qilish aybi bilan ochilgan jinoiy ish to‘qima ekanligi ochiqchasiga ko‘rindi.

Jurnalistning aybdorligiga hech qanday dalil-isbot bo‘lmaganiga qaramasdan 2008 yil oktyabr oyida u 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi va ayni paytda u Qarshidagi koloniyada qamoq muddatini o‘tamoqda.

Uznews.net internet sahifasining bosh muharriri Galima Buxorboevaning aytishicha, Andurahmonovning qamoqda saqlanishi noqonuniy hisoblanadi. Ammo ayni paytda O‘zbekistondagi prezident Islom Karimov boshchiligidagi rejimning qanday ekanligini ko‘rsatib beradi.

“Karimov va unga yaqin bir nechta hamtovoqlari kim turmada o‘tirishiyu kim o‘tirmasligi, kim g‘arblik hamkorlar bilan muloqotlarda almashtirilishi, kim garovda ushlab turilishiga qaror beradi”, deydi Buxorboeva.

“Bizning hamkasbimiz Solijon sof va vijdonli odam. U qandaydir buyum yoki tovar emas. U Karimovning xohishiga ko‘ra o‘z umrini turmada o‘tkazishga majbur emas”, deya qo‘shimcha qiladi u.

28 may kuni Solijon Abdurahmonov 61 yoshga to‘ladi. Bu u turmada qarshi olayotgan uchinchi tug‘ilgan kunidir. Uning hamkasblari bu turmada oxirgisi bo‘lishini va tez kunlarda u ozodlikka chiqishini orzu qilishmoqda.

“Biz Solijon himoyasi uchun kampaniyani davom ettiramiz. Toshkentdagi rejim uni turmada ushlab turishni davom ettirish bilan tinch uxlay olmaydi”, deydi Buxorboeva.

Solijon Abdurahmonov himoyasi uchun Berlindagi aktsiya videosi

 

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=3&nid=17291

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: