Vatandagi manzara: Matbuotda ogohlikka chorlovchi maqolalar, deputatlarni tanqid qiluvchi sharhlar – voa uzbek


Gazetxon Do’st  25 may, 2011

Foto VOA Uzbek

Toshkent

 “Hurriyat” gazetasi bu haftadagi sonida “Andijon – Adolat va tiklanish” tashkiloti haqida berilgan maqolani davomini bosgan.

Unda Andijon fojialari tashkilotchilaridan yana biri sifatida taqdim etilgan Shamsiddin Atamanov haqida so’z boradi.

Atamanovni 2004 yilda hibsga olingan tadbirkorlardan biri ekanligi va 2005 yildagi tartibsizliklar natijasida o’z maslakdoshlari tomonidan qamoqdan chiqarilgani, shundan so’ng qurollangan holda hukumat idoralariga qilingan hujumlarda boshchilik qilganlikda ayblanadi.

Tashkilotning muxolifat bilan birlashayotganini iddao qilgan muallif, “bu muxolifat haqida hech kim yetarlicha ma’lumotga ega emasligini”, “ularda hech qanday harakat dasturi bo’lmasada, allaqachon ayrim xorijiy maxsus xizmat idoralari himoyasi ostiga biqin olishgani va hatto ular orqali kun ko’rishayotganini” yozadi.

Maqola Shvetsiya va Germaniyada o’zini demokratiya va boshqa insoniy qadriyatlar himoyachisi sanayotganlar jinoyatchilarni boshini silamoqda degan xulosa bilan yakunlanadi.

www.pressuz.info Germaniyada yaqinda o’z qurultoyini o’tkazgan “O’zbekiston xalq harakati” xususida maqola nashr etgan edi. Ayrim mustaqil nashrlar xorijda muxolifatning birlasha boshlagani sabab O’zbekistonda xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda deya xabar berayapti.

“Inson va qonun” gazetasi Germaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi ko’magida bosmadan chiqqan “Mahkumlar huquqlari: xalqaro va milliy standartlar” kitobining taqdimot marosimi haqida ma’lumot beradi.

Bu kitob O’zbekiston Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi, Inson huquqlari bo’yicha Milliy markaz tomonidan tayyorlangan. Taqdimot marosimida O’zbekistonda mahbuslar soni so’nggi 10 yilda ikki barobarga kamaygan deya qayd etilgan. “Inson va qonun” yozishicha, jazoni o’tayotgan shaxslar bilan insonparvarlarcha munosabatda bo’lish  prinsiplari va  mahkumlar huquqlari bu kitobda alohida yoritilgan.

“Milliy Tiklanish” gazetasi bu haftadagi sonida “o’z o’zini tanqid” rukni ostida joylarda partiyadan saylangan deputatlarni sustkashligi haqida maqola bergan.

“Deputatlik guruhlari – ular nega jim?” maqolasida Termez tumani va Muzrabod tuman kengashiga saylangan, biroq ism-sharifi keltirilmagan deputatlar partiya bilan hamkorlik qilishdan bosh tortayotganlikda ayblanadi.

“Inson va qonun” gazetasida  bosilgan “Rel’s  o’g’irligimi yoki qo’poruvchilik?” sarlavhali maqola Sirdaryo viloyatidagi bir voqea sabab o’quvchilarni hushyor va ogoh bo’lishga chorlaydi.

Sud hukmi va tergov surishturuv jarayonlariga asoslanib yozilgan maqolaga ko’ra, jinoiy guruh  25 ming so’m evaziga O’zbekistonda temir yo’l qo’poruvchilik harakatlarini sodir etishga qo’l urgan. Reja o’tgan yili fosh etilgan.

Maqolaga ko’ra, jinoiy guruh niyati rels’larni o’g’irlashdan iborat bo’lmagan, aksincha “poyezdlar qatnoviga xalaqit berish, vagonlar sostavini ag’darib, davlat iqtisodiyotiga zarar yetkazish, jamiyat hayotiga rahna,  odamlar yuragiga g’ulg’ula solish, yurt osoyishtaligiga putur yetkazish” bo’lgan. Nishonga olingan poyezdlar tovar-yuk vagonlaridan iborat bo’lgan.

Maqolada “Ezgulik” inson huquqlari jamiyatining mazkur jinoyat ishi yuzasidan  tarqatgan ma’lumotlari ham keltiriladi. Ta’kidlanishicha, “Ezgulik” o’z bayonotida bu jinoyatchilarni diversant deb atashiga qaramasdan ularga nisbatan turli qiynoqlar qo’llangani haqida asossiz xabarlar ham tarqatgan.

Yozilishicha, 10 kishidan iborat guruhga, tergov surishturuv jarayonida shaxsi aniqlanmagan “Marat” ismli kishi qo’poruvchilik harakatini amalga oshirish uchun buyurtma bergan. Buning uchun ularga 25 ming so’mdan to’langan. Shuning evaziga guruh sanoat mollari va yoqilg’i mahsulotlari ortilgan poyezdlarni izdan chiqarish maqsadida temiryo’ldagi bolt va gaykalarni echib olishgan. Halokat temir yo’l nazorati xodimlarining nosozlikni o’z vaqtida ilg’ashlari bois bartaraf etilgan. Tuni bilan qo’riqchilik qilib chiqqan nazoratchilar, tongda temir yo’l rels’larida do’q  po’pisadan iborat yozuvlar qoldirilganini ko’rishgan. Shundan so’ng jinoyatchilar tezkorlik bilan ushlangan, surushturuv jarayonida o’z ayblariga iqror bo’lishgan, deb hikoya qiladi gazeta.

“Ezgulik” jamiyati tarqatgan bayonotda aytilishicha, hibsga olinganlar shavqatsiz qiynoqlar qo’llanishi natijasida ular “ayb”ni tan olishga majbur bo’lgan.

“…kunlarimiz osoyishta o’tishi uchun turli xil ko’rinishdagi qabih niyatlar amalga oshmasligi uchun yanada hushyor bo’lishimiz lozim”, – deb yakunlanadi “Inson va qonun” chop etgan maqola.

http://www.voanews.com/uzbek/news/central-asia/Uzbek-Media-Digest-122585819.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: