Suhrob Ismoilov: “O‘zbekistonda e’lon qilinmagan safarbarlik mavjud” bbc uzbek


25 may 2011

Toshkent

O‘zbekistonning rasmiy matbuotida andijonlik qochqinlar va muxolifatning Berlindagi anjumani qoralangan maqolalar e’lon qilingan.

Hukumatga yaqin press-uz nashri andijonlik qochqinlarni “diniy ekstremistlar”, “Erk” demokratik partiyasi raisi Muhammad Solihni esa “panturkist”, deya tasvirlab, yangi tuzilgan “O‘zbekiston Xalq Harakati”ning hech kimga foydasi yo‘qligini aytadi.

Toshkentda militsiya ommaviy noroziliklarni bostirish bo‘yicha Toshkent shahrida keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazgani haqida xabarlar olingan.

Uznews.net mustaqil axborot xizmatining xabar berishicha, bunday mashg‘ulotlar o‘tgan hafta Toshkent shahrining bir necha bog‘ida o‘tkazilgan.

“Unda huquq-tartibot xodimlari ommaviy namoyishlar va aholi chiqishlarini tarqatish taktikalarini o‘rganishdi,” deya xabar beradi uznews.net axborot xizmati.

Axborot xizmatining o‘z ismini oshkor etishni istamagan Toshkent shahar ichki ishlar bo‘limi xodimiga iqtibosan ma’lum qilishicha, “o‘quv mashg‘uloti shahardagi uchta parkda – G‘afur G‘ulom, Milliy bog‘ va Yunusobod tumanidagi parklardan birida bo‘lib o‘tgan.”

Unda militsiya xodimlaridan tashqari o‘t o‘chirish xizmati va tibbiy xodimlar qatnashgani xabar qilinadi.

“Militsioner fikricha, o‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazilishiga O‘zbekistonda namoyishga tayyorgarlik haqidagi xabarlar, shuningdek huquq-tartibot idoralariga xalq tomonga o‘tishga chorlovchi qo‘ng‘iroqlar bo‘layotganligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin,” deya xabar beradi uznews.net.

Bi-bi-si Toshkentdan norasmiy ekspert-ishchi guruhi faoli Suhrob Ismoilov bilan bog‘lanib, militsiyaning xalq g‘alayonlarini bostirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazayotgani haqidagi xabarlarda qanchalik jon bor, deb so‘radi.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/05/110525_au_tashkent_security.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: