PRESS- RELIZ (ÖHH Basın Bildirisi) – ERK


PRESS- RELIZ

13 may Ittifoqi platformasida tashkil etilgan O‘zbekiston Xalq Harakati(UXX)  tarkibi bir qator siyosiy va jamoat tashkilotlari, shuningdek, fuqarolardan iboratdir.

O‘XH ta’sischilari O‘zbekistonda uzoq yillardan beri mamlakatni davlat terrori yo‘li bilan boshqarib kelgan mavjud siyosiy tuzumning o‘z-o‘zini isloh qilishga bo‘lgan butun imkoniyatlari uzil-kesil tugab bitgani va bu tuzum qon to‘kishlarsiz, tinch yo‘llar bilan almashitilishi kerakligi borasidagi fikrda yakdildirlar.

Bu siyosiy tuzum va uning raxbari qilgan jinoyatlar kunday ravshandir. Ular mamlakat Konstitutsiyasini qo‘pol ravishda buzganlari, hokimiyatni noqonuniy ravishda egallab olganlari, dikatatura o‘rnatganlari, mamlakat iqtisodini vayron etganlari, muxolifat va o‘zgacha fikrlovchilarga qarshi qatag‘onlar o‘tkazgani, ularning vakillarini jismonan yo‘q qilganlari, 1990 yilda Kuqondagi tinch namoyishchilarni va 1991 yilda esa, Toshkentda talablarni o‘qqa tutganlari va 2005 yilda Andijonda namoyishga chiqqan minglab fuqarolarni qirgin qilgani, davlat gaznasini talon-taroj qilib, mamlakat boyliklarini o‘zlashtirib olganlari uchun O‘zbekiston xalqi oldida javob berishlari lozim. Bu jinoyatlari uchun Islom Abduganievich Karimov, uning oila a’zolari va ularning atrofidagilar O‘zbekiston Maxkamasi oldida javob berishlari kerak.

O‘zbekiston Xalq Xarakatining asosiy vazifalari quyidagilardir:

1. Keng xalq ommasining protest potentsialini tuzumga qarshi tinch shakldagi bo‘ysunmaslik aktsiyalariga yo‘naltirish;

2. Tuzum raxbari va uning xukumatining tinch yo‘llar bilan isteьfoga ketishiga erishish;

3. Barcha siyosiy maxbuslarning ozod etilishi va to‘la reabiliiatsiya etilishi, muxolifat raxbarlarining mamlakatga qaytishiga erishish;

4. Xokimiyat tizimlariga erkin va adolatli saylovlar utkazish jarayonini tayyorlash va uni amalga oshirish.

Biz, o‘z Vatani taqdiriga va o‘z avlodlarining kelajagiga befarq bo‘lmagan barchani o‘z saflarimizga chaqiramiz.

Yashasin Ozodlik!

O‘zbekiston Xalq Harakati((UXH)

24 may, 2011 yil.

Berlin.

http://uzbekistanerk.com/uzb/?p=2334

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: