O‘zbekiston Xalq Harakati(O‘XH)ning Birinchi Qurultoyi qarori – ERK


1. Konstitutsiyani qo‘pol ravishda buzgani, xokimiyatni noqonuniy ishg‘ol qilib, diktatura rejimi o‘rnatgani uchun, o‘lka iqtisodiyotini cho‘ktirgani uchun, yalpi tazyiq va repressiyalar bilan xurfikrli insonlar va muxolifat vakillarini ma’nan va jismonan yo‘q qilgani uchun;

1990 yil Qo‘qonda himoyasiz fuqoralarni otgani uchun, 1991 yilda demokratik haqlarini talab qilib chiqqan talabalarni va 2005 yilda Andijondagi namoyishchilarni o‘qqa tutib, qatl etgani uchun;

davlat xazinasini talon-taroj qilgani uchun,xalq boyligini xususiy mulkiga aylantirgani uchun Karimov Islom Abduganievich va uning oila a’zolari  O‘zbekiston xalq maxkamasi oldida javob berishi shart.

Karimovning qizlari Gulnora va Lola na ma’naviy, na-da huquqiy jihatdan O‘zbekistonni chet elda tamsil etish haqlari yo‘q va ular bugun o‘tirgan diplomatik lavozimlaridan darhol olinishlari kerak.

Bu kimsalar tarafidan o‘g‘irlanib, chet elga chiqarilgan butun boyliklar O‘zbekiston xalqiga  qaytarilish shart.

Biz O‘zbekiston Parlamentini, ijro xokimiyatini – huquq-tartibot tizimlari, IIV va MXX idoralarini –  xalq tarafiga o‘tishga va davlatni noqonuniy  tarzda ishgol etgan zo‘rovonni izolyatsiya qilib, uning xalq mahkamasining adolatli hukmidan qochishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz.

Biz O‘zbekiston xalqini nihoyat oyoqqa  qalqib, tinch uslubda norozilik aktsiyalarini boshlashga  da’vat etamiz.

Bu qutlug‘ harakatni  Karimov rejimi tarafidan o‘ldirilgan minglarcha gunohsiz vatandoshlarimiz uchun, farzandlarimizning hur va faravon kelajagi uchun boshlamog‘imiz kerak.  Yashasin, Ozodlik!

2. O‘zbekiston Xalq harakatining Birinchi Kurultoyi Kirg‘iziston janubidagi fojiaviy voqelarni taftish qilgan Mustaqil Xalqaro Komissiyasining(MXK) hisobotini qanoatlanarli deb baholaydi va bu hisobotda qo‘yilgan talablar Kirg‘iziston hukumati tarafidan bajarilishi kerakligini ta’kidlaydi.

Berlin

24.05.2011

http://uzbekistanerk.com/uzb/?p=2354

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: