Avtopilotga topshirilgan davlat – ERK


Muhammad Solih

O‘zbekiston rahbari Karimov men yurtda barqarorlik  o‘rnatdim, deb 20 yil tinmay maqtandi. Holbuki,u  o‘rnatgan  barqarorlik  qabriston barqarorligidir. Karimov men yurtda tinchlik barpo qildim deya ko‘kragiga uradi. Holbuki,u barpo etgan tinchlik eng dahshatli urushdan battardir. Aks holda, millionlab odamlar – faqat siyosiy sabablardan emas, iqtisodiy nochorlikka chora istab – o‘lkamizdan qochmagan bo‘lardi.

Karimovning turmalarida 20 mingga yaqin siyosiy mahbus bor, uning aksariy  ko‘pchiligini dindor kishilar va muxolifat vakillari tashkil etadi. 20 ming siyosiy mahbus – o‘lka aholisining passionar(faol) qismining aynan aks tasviridir.

Zotan, O‘zbekiston Sovet davlati yiqilish arafasida – Boltiqbuyi jumhuriyatlaridan keyin – siyosiy jihatdan eng aktiv jumhuriyat edi.  O‘z.SSR  o‘zining Mustaqillik Deklaratsiyasini birinchilarda bo‘lib (20 iyun 1990 yil)  qabul  qilgandi. Va bu Deklaratsiyani Moskvaning, O‘zbekiston Kompartiyasi MKsining va uning boshida turgan Islom Karimovning  qattiq  qarshiliklariga  qaramay qabul qildi.

Maydonlarni to‘ldirgan yuzminglab kishilar aynan siyosiy talablar bilan chiqqandilar.  Bugun biz jamiyatimizda o‘sha norozilik potentsialining ajib transformatsiyasini kuzatmoqdamiz.

Bu potentsial, yillar o‘tganiga qaramay, kichraymadi, aksincha, kattayib bordi. Shuning uchun ham o‘zbek diktatori har 5-6 yilda bir marta ulgurji repressiyalar  o‘tkazib, ijtimoiy qatlamlardan “rejimga xavf solgan” eng aktiv shaxslarni terib olib, turmaga tashladi yoki o‘ldirib turdi. Bu shaxslarning jazo koloniyalarida ro‘yxatga olinganlarining soni 20 ming bo‘lsa, ro‘yxatga olinmaganlar, ya’ni xozircha qamalamaganlar soni millionlarchadir.

“Inson huquqlari” degan narsa O‘zbekiston eng kulgili narsadir.Karimov sobiq O‘zbekiston SSR   hududlarida Mustaqil Kontsentratsion Lager (MKL) qurdi. MKLni O‘zbekiston Respublikasi deb atashingiz ham mumkin, ammo vaziyatni o‘zgartirmaydi. Karimov insho etgan bu rejimni klassik diktatura deb atasak yanglishgan bo‘lmaymiz.Karimov va uning hamtovoqlari  bu diktatorlik rejimida vaziyat og‘irlashyotganini ko‘rib, uni nazorat qilish ilinjida shosha-pisha yangi mexanizmlar axtara boshladilar.Ammo ularning loyqalangan tafakkuri yana dog‘da qoldirmoqda. Ularning parlament va prezidentlik boshqaruvida taklif etib, tasdiqlatgan “islohot”lari ayanchli va kulgilidir.Bu chirib bitgan ramaqijon rejimning o‘lim oldi talvasasidan boshqa narsa emas.

Biz kundan-kunga amin bo‘layotganimiz narsa shudirki, toki xalq mustabidni elkasidan kuch bilan erga itqi  tmaguncha, mustabid uning elkasidan aslo inmaydi.Arab dunyosida bo‘lib o‘tayotgan inqiloblar bu haqiqatning eng go‘zal tafsiri bo‘lishi mumkin.

Bizni Berlinga to‘plagan bu Qurultoy aynan shu masalalarni muhokama etishi lozim deb  o‘ylayman.

Biz bundan buyog‘iga ish uslubimizni  o‘zgartirishimiz kerak. Biz xukumat xurujlariga unga munosib shakllarda javob berish salohiyatiga ega bo‘lishimiz lozim.Buning barobarida biz buysunmaslikning turli shakllarini tobora kengroq jabhalarga tashimogimiz, saflarimizni kengaytirmog‘imiz shart.

Yurt ichkarisi va tashqarisida Harakatimizga  ko‘rsatilayotgan buyuk tavajjuh boshlagan ishimizning xayrli bo‘lajagiga umidimizni mustahkamlamoqda. O‘zlarining beg‘araz yordamlarini taklif etayotgan ko‘ngillilar soni kun sayin ortmoqda.

Bugungacha O‘zbekiston jamoatchiligi bizni rejim bilan kurashda ortiqcha yumshoqlikda, liberalizmda haqli ravishda tanqid etib keldi. Chindan ham Ovrupa standartlari chorcho‘pidan chiqmasdan harakat etgan muxolifat siyosiy vaziyatni saylov vositasida o‘zgartirish uchun say’ harakatlar qildi.Ammo bu kelajagi porloq bo‘lmagan bir holat edi. Chunki saylov degani O‘zbekistonda masxarabozlikka aylangan bir davlat tadbiri edi. Mirshablik tizimi hokim bo‘lgan erda  Karimovni saylovda engish – sarobdir. Shuning uchun biz mustabid rejim tabiatiga qarshıi turaoladigan, uni siyosiy sahnadan tushishga majbur qilaoladigan bir kurash tizimi tuzishga qaror  qildik.

13 may Andijon fojiasi bizni rejim fitnalari qarshisda hushyor bo‘lishga chaqiradi. InshoOlloh, bu safar bu fitnalarga yo‘l  qo‘ymaymiz.

2005 yil may oyidagi Andijon voqealari rejasiz, stixiyali ravishda yuz bergandi.Ularni muxolifat boshqarmadi.Bundan foydalangan Karimov  hech  qarshliksiz yuzlarcha insonni otib tashladi.

Endi biz  diktatorning qarshisida himoyasiz xotin-xalajni  ko‘rib,ularga nimalar qilaolishini bilamiz.   Ammo bu safar muxolifatning yaxshi tashkillangan va o‘z mavzelarini so‘nggigacha himoya qilishga tayyor tizimlarini ko‘rganda diktatorning nima qilishini  ham ko‘ramiz, inshoolloh.

Davlat terrori siyosati o‘zini oqlamadi. Buni yuqorida aytganimdek, Karimov va uning amrini baja keltiradigan quvvat tizimlari ham tushunib etdi.

Quvvat tizimlari(MXX,IIV) ning o‘rta tabaqasida rejimdan norozilar soni kun sayin ortmoqda. Davlat tizimlarida ishlash imtiyozining jozibasi o‘z kuchini yo‘qota boshladi.Eng tepada yangi vaziyatda paydo bo‘lgan yangi mavzelarni qo‘lga kiritish uchun qizg‘in kurash boshlangan.

Bu orada davlat terrori Mashinasi o‘z boshiga ishlashda davom etayapti.U avtopilotga qo‘yilgan.

Manzara Frants Kafkaning “Jazo koloniyasida” degan hikoyasini eslatadi. Esingizda bo‘lsa, bu hikoyada jazo mashinasini ijod qilgan bir muhandis o‘sha mashina tig‘i ostida halok bo‘ladi. O‘zbekistondagi siyosiy rejimni insho etgan diktator=muhandis Kafka qahramoni taqdirini takrorlaydimi yo‘qmi, buni vaqt ko‘rsatadi.

Har holda, hamma narsa yaxshilikka qarab ketayotganidan umid qilmoqdamiz.

Muhammad Solih

http://uzbekistanerk.com/uzb/?p=2364

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: