Toshkentda xalq chiqishlariga qarshi mashg‘ulot bo‘ldi – uznews.net


23.05.11

Uznews.net – 18 may kuni Toshkentning bir nechta parklarida keng miqyosdagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Unda huquq-tartibot xodimlari ommaviy namoyishlar va aholi chiqishlarini tarqatish taktikalarini o‘rganishdi.

Toshkent shahar IIB xodimining anonimlik sharti bilan aytishiga ko‘ra, o‘quv mashg‘uloti shahardagi uchta parkda – G‘afur G‘ulom, Milliy bog‘ va Yunusobod tumanidagi parklardan birida bo‘lib o‘tgan.

Unda militsiya xodimlaridan tashqari o‘t o‘chirish xizmati va tibbiy xodimlar qatnashgan.

Militsioner fikricha, o‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazilishiga O‘zbekistonda namoyishga tayyorgarlik haqidagi xabarlar, shuningdek huquq-tartibot idoralariga xalq tomonga o‘tishga chorlovchi qo‘ng‘iroqlar bo‘layotganligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

“Uznews.net” suhbatdoshining gaplariga ko‘ra, o‘zbek militsiyasi organlari va ularda ishlayotganlar yil boshidan beri Toshkentda bo‘layotgan buzishlar xalq kayfiyatini ko‘tarmayotgani, aksincha odamlarning norozilik potentsialini ko‘tarayotganini yaxshi tushunishadi.

“Bizning brigadada amaliy o‘quv mashg‘ulotlari bir oyda bir marta o‘tkazilar edi. Bu o‘quv mashg‘ulotlari “Jamoaviy tartibni saqlash va fuqarolarni himoya qilish” deb nomlanadi. May oyidan boshlab mashg‘ulotlar ko‘paydi va biz har haftada mashg‘ulot o‘tkazayapmiz”, deydi shahar militsiya bo‘limi xodimi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oldin mashg‘ulotlarda terroristik hujumlar sahnasi mashqlarini o‘tishgan bo‘lsa, endilikda ommaviy namoyishlar paytida qanday harakatlanish va dubinka, himoya qiluvchi shitlardan qanday foydalanishni o‘rgatishmoqda.

Ayni paytda boshqa bir militsionerning ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston IIV organlari yangi xodimlarni ishga olishmoqdaki, ular hozirgi bor sostav mamlakatda bo‘lishi mumkin bo‘lgan namoyish va chiqishlarni bostirishga etmasligi mumkin.

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=30&nid=17257

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: