Ostona MXQ binosi yonida portlash sodir bo‘ldi – ozodlik.org


24.05.2011

Qozog‘iston poytaxti Ostonadagi Milliy xavfsizlik xizmati binosi yonida portlash sodir bo‘ldi.

Ozodlik muxbirining voqea joyidan xabar qilishicha, bugun saharda xavfsizlik xizmati binosining vaqtinchalik saqlash hibsxonasi yonida avtomobil portlagan.

Ayrim guvohlar portlash sodir bo‘lgan joyda tana qoldiqlarini ko‘rganini aytmoqda.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, voqeadan jabrlanganlar yo‘q. Ammo, norasmiy xabarlarda ikki kishi qurbon bo‘lgani aytilmoqda.

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot kotibi Kenjebo‘lat Beknazarov bino tashqarisida turgan avtomobilga o‘t ketganini aytib, bu hodisa terrorchilik xuruji sifatida ko‘rilmayotganini bildirdi.

O‘tgan hafta mamlakat shimoli-g‘arbidagi Oqto‘be shahrida hudkush hujumchi o‘zini portlatgan va uning yaqinidagi ikki kishini jarohatlagan edi.

Prokuratura xudkush hujumchi 25 yoshlar atrofidagi jinoyatchi ekani va uning hatti-harakati terrorchilik xuruji bo‘lmagani haqida bayonot bergan edi.

http://www.ozodlik.org/content/news/24184530.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: