O‘zbekiston xalq harakati Toshkentga mujda yo‘lladi – ozodlik.org


Germany – group picture of participants of Uzbek congress in Berlin

24.05.2011

Abdulla Iskandar

23 may kuni Berlinda O‘zbekiston xalq harakati qurultoyining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘inda AQSh, Kanada, Avstraliya, Finlandiya, Frantsiya, Shvetsiya, Turkiya, Norvegiya, Germaniya, Chexiya va Rossiyada istiqomat qilayotgan o‘zbek muxolifati faollari ishtirok etdi.

Qurultoyning ilk majlisi oldidan ishtirokchilar mehmonxona oldiga yig‘ilib, “O‘zbekiston ozod bo‘lsin!” deb shiorlar aytishdi.

Majlis boshlangach, O‘zbekiston xalq harakatining nizomi qabul qilindi.

O‘zbekiston xalq harakati Islom Karimov rejimini ag‘darib, qatag‘onlarga barham beradi hamda ozodlik, demokratiya va adolat o‘rnatadi, deyiladi harakat nizomida.

Qurultoy ishtirokchilaridan biri Muhammadsolih Abutov yozgan “Kishanlarni uz O‘zbekiston!” nomli she’ri harakatning madhiyasi sifatida qabul qilindi.

O‘zbekiston Erk demokratik partiyasi, Tayanch, Andijon – adolat va tiklanish” tashkiloti muassisligida tuzilgan bu harakatning dushanba kungi majlisi qizg‘in bahslar bilan o‘tdi.

Jurnalistlar va kuzatuvchilar ishtirokida o‘tgan qurultoy seshanba kuni ham davom etadi.

http://www.ozodlik.org/content/article/24184383.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: