M.Solih: Faol qarshilik harakatini boshlaymiz! – ozodlik.org


Qurultoy ishtirokchilari O‘zbekiston xalq harakati raisi Muhammad Solih bilan suhbatda.

24.05.2011

Abdulla Iskandar

O‘zbekiston xalq harakati raisligiga saylangan Muhammad Solih harakat maqsadini yomonlikka adolat bilan javob qilish, deya ta’rifladi.

24 may kuni Berlinda  O‘zbekiston xalq harakatining qurultoyi o‘z ishini yakunladi.

Qurultoyda O‘zbekiston xalq harakati boshqaruv organlari saylandi.

Erk partiyasi, Andijon adolat va tiklanish tashkiloti va Tayanch jamiyati tuzgan bu harakatga yana uch  tashkilot qo‘shildi. O‘zbekiston inson huquqlari jamiyati,Ozod dehqonlar partiyasi, O‘zbekiston demokratik  kuchlar forumi  bu harakatning muassislari qatoridan o‘rin oldi.

Muassislar majlisi O‘zbekiston xalq harakatiga Erk lideri Muhammad Solihni rais qilib saylashdi.

Muhammad Solih O‘zbekiston xalq harakati uchun tamoyil bo‘lgan falsafiy ma’ruza qildi.

Injil, Tavrot va Qur’oni karim va Xitoy faylasufi Konfutsiydan iqtiboslar  keltirgan Solih, zulmga faol  qarshilik ko‘rsatish adolatni ro‘yobga chiqaradigan asosiy  omil ekanligini ta’kidladi.

Muhammad Solih Ozodlik muxbiri savollariga javob berdi.

http://www.ozodlik.org/video/19359.html

O‘z ma’ruzasida Solih o‘zbek jamiyatiga  Gandizmga asoslangan nozo‘rovonlik harakatimi  yoki faol qarshilik harakati zarur, degan savol yuzasidan o‘z munosabatini batafsil ifodaladi.

“Arab bahori saboqlari zulmga qarshi faol qarshilik samara berishiga misol bo‘ldi”, deb ta’kidladi Solih o‘z ma’ruzasida.

Qurultoy so‘nggida O‘zbekiston xalq harakatining bayonoti qabul qilindi, harakatning asosiy vazifalari belgilandi.

Bo‘ysunmaslik tadbirlarini o‘tkazib, tuzum rahbari va uning hukumatini tinch yo‘l bilan iste’foga chiqishiga erishish bosh maqsad sifatida qo‘yildi.

Siyosiy mahbuslar ozodligi, muhojiratdagi muxolifat vakillarining yurtga qaytarilishi, erkin va adolatli saylovlar o‘tkazish ham asosiy vazifalar qatoridan o‘rin oldi.

AQSh , Kanada, Avstraliya , Finlandiya, Frantsiya, Shvetsiya, Turkiya, Norvegiya, Germaniya, Chexiya va Rossiyada istiqomat qilayotgan o‘zbek muxolifatining turli guruh va namoyandalari ishtirokidagi qurultoy o‘z ishini tugalladi.

http://www.ozodlik.org/content/article/24184691.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: