Berlinda O‘zbekiston Xalq Harakatining qurultoyi bo‘lib o‘tmoqda – bbc uzbek


24 may 2011

Xayrullo Fayz, Berlin

Berlinda O‘zbekiston Xalq Harakati atalmish asosan Andijon qirg‘inidan keyin vatanni tark etishga majbur bo‘lgan o‘zbekistonliklar va yana bir guruh muxolifat vakillari xorijda ehtimolki, mustaqillikning yigirma yili davomida ilk bor yirik bir qurultoyga yig‘ilishgan. Ta’sischilari qatorida Andijon Adolat va Tiklanish tashkiloti, “Erk” partiyasi qatorida bir necha inson huquqlari tashkilotlari va faollari bo‘lgan Xalq harakatining birinchi kuni nizom va dasturga doir tashkiliy masalalarga bag‘ishlandi. Ellikdan ortiq vakillar ishtirok etayotgan ilk yig‘in bahsu munozaralarga boy bo‘ldi. O‘zbekiston Xalq Harakatining qurultoyida mintaqa masalalarida mutaxassis amerikalik olim Piter Sinnet ham kuzatuvchi maqomida ishtirok etmoqda. O‘zining Markaziy Osiyoga qiziqishini urg‘ular ekan, Sinnet janoblari O‘zbekistondagi so‘nggi vaziyatdan xavotirda ekanini aytadi:

Piter Sinnet O‘zbekistondagi so‘nggi vaziyatdan xavotirda ekanini aytadi

Piter Sinnet – Markaziy Osiyo, ayniqsa, O‘zbekistonda Andijon voqealaridan keyin vaziyat o‘ta abgorlashdi deb o‘ylayman. O‘zbekiston hukumati o‘z xalqiga xizmat qilayotgani yo‘q. Mamlakat rasmiylari barcha o‘zbekistonlarni ish bilan ta’minladik, xalqning hayoti farovon degan ertak aytib kelishmoqda. Bir necha millionlab O‘zbekistonliklar vatandan tashqariga ish qidirib ketishgan. Menimcha, O‘zbekiston hukumati ham ortiq bu kabi yo‘llar bilan mamlakatni idora qila olishga qurbi etmaydi. Hukumat qulashi mumkin degan fikrdaman…

Nimaga ishonib bunday demoqdasiz? Mamlakatda kuchli muxolif guruhlar yo‘q, hukumat barcha kuch tizimlarini nazorat qiladi…

Piter Sinnet – Rost, hukumat mamlakat ichkarisida muxolifat faoliyatiga izn bermaydi. Ammo mamlakat tashqarisida, mening nazarimda, anchayin kuchli va kuchayib borayotgan muxolifat mavjud. Ammo millionlab odamlar ro‘zg‘or tebratish uchun vatanni tark etib mardikorlikka ketishar va ular uyga jo‘natayotgan pullar mamlakat iqtisodining kattagina qismini tashkil etar ekan, xalq hukumatni dastaklashi va hayotidan mamnun bo‘lishini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Albatta, O‘zbekistonni mirshablar mamlakati o‘laroq boshqarish, muxolifatni yo‘q qilish va xavfsizlik tizimlarini kuchaytirish bilan qudratda qolish mumkin,.. ammo bu yo‘lda hukumatda uzoq qolishning imkoni yo‘q, deb o‘ylayman….Karimov ayni shu yo‘llar bilan qudratda qolishga qattiq harakat qildi va shu paytga qadar buning uddasidan chiqdi ham… Ammo Prezidentning yoshi o‘tib bormoqda, keksaymoqda va ayni yo‘lda mamlakatni boshqarish tobora mushkullashib borayotir. Mamlakatni faqat qo‘rquv bilan idora qilishning imkoni yo‘q.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/05/110524_cy_berlin_latest.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: