Berlin Norov bilan siyosiy mahbuslar haqida gaplashdi – ozodlik.org


Norov O‘zbekistondagi siyosiy mahbuslar

24.05.2011

Nemis rasmiylarining Norov bilan suhbati O‘zbekiston xalq harakati Berlinda o‘z ilk qurultoyiga yig‘ilgan kunda bo‘lib o‘tdi.

24 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri muovini Vladimir Norov ishchi tashrif bilan Berlinga keldi.

Norov ayni kuni Germaniya kantsleri ma’muriyati va Germaniya Tashqi ishlar vazirligida qabul qilindi.

Germaniya tashqi ishlar vazirligida Norov davlat kotibi Kornelia Peper  (Cornelia Pieper) tarafidan qabul qilindi.

Shuningdek Norov Germaniya hukumati inson huquqlari idorasi boshlig‘i Markus Lo‘ning  (Markus Löning) bilah ham uchrashdi.

Germaniya Tashqi ishlar vazirligidagi manbaning Ozodlik muxbiriga bildirishicha, uchrashuv chog‘ida Markus Lo‘ning Vladimir Norov diqqatini  O‘zbekiston qamoqlaridagi 13 nafar huquq faoli, xususan Solijon Abdurahmonov va A’zamjon Turg‘unov taqdiriga qaratgan.

Ozodlik muxbirining Berlindan xabar qilishicha, Solijon Abdurahmonov surati tushirilib “O‘zbek jurnalisti haq so‘z uchun qamoqqa olinadi!” degan shior osgan avtobus Vladimir Norov tashrifi kuni Germaniya poytaxtini kezib yurgan. Bu yurishni Germaniyadagi inson haqlari himoyasi bilan shug‘ullanuvchi guruhlar tashkil qilgan.

24 may kuni Berlinda to‘plangan O‘zbekiston xalq harakati rahbariyati  Norovni o‘z qurultoyga taklif qilgan edi, ammo Norov bu taklifni inobatsiz qoldirdi.

Norovning tashrifi Germaniya parlamentidagi to‘rt deputat tarafidan tanqid qilindi.

http://www.ozodlik.org/content/article/24185674.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: