Abiturientlarda imtihonga tayyorlanish uchun vaqt bormi? – uznews.net


24.05.11

Uznews.net – O‘zbekiston Oliy ta’lim vazirligi respublika oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarining muddatidan oldin o‘tkazilishi haqidagi xabarlarni rad qilmoqda. Ammo o‘qituvchilar va yoshlar o‘rtasida kirish imtihonlari odatdagiday 1 avgustda emas iyul oyidayoq bo‘lishi haqida gaplar yuribdi.

O‘zbekistonda bu yil oliy o‘quv yurtlariga kirishni rejalashtirgan yoshlar orasida imtihonlar iyul oyida bo‘lishi, bu 18, 15 va hatto 1 iyulda bo‘lishi mumkinligi haqida mish-mishlar yuribdi.

Ayni paytda O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bu xabarni rad qilmoqda va oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari kuni o‘zgarmagani, odatdagiday 1 avgust kuni bo‘lib o‘tishini aytmoqda.

Xuddi shu gapni rasman Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutida, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida va bir qator oliy o‘quv yurtlarida ham aytishmoqda.

Ayni paytda ular Ta’lim vazirligidan kirish imtihonlari grafiklari xatini kutishayotganini ham qo‘shib qo‘yishmoqda.

Oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining so‘zlariga ko‘ra, og‘zaki buyruq bor va bu yil kirish imtihonlari ancha oldin o‘tkaziladi.

“Bu o‘tgan yil bo‘lgani kabi abiturientlar “to‘qnashuvidan” qochish uchun qilinayapti”, deydi o‘z ismini aytishni istamagan Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti o‘qituvchilaridan biri.

Bu mish-mishlarni o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida bitirish imtihonlarining muddatidan oldin o‘tkazilganlik fakti tasdiqlaydi.

Poytaxtning oliy o‘quv yurtlariga imtihon topshiradigan abiturientlari chiqadigan kollej va litseylarida o‘qish odatda iyun oyi oxirida tamom bo‘ladi, ammo bu yil Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi uni 10 iyunda tugatish haqida buyruq bergan.

“Rahbariyat bizga buning O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘tkazilayotganligini aytdi”, deydi Toshkent mehmonxona xo‘jaligi kasb-hunar kolleji o‘qituvchilaridan biri.

Ammo “mustaqillikni nishonlashga yaxshi tayyorgarlik” nimagadir o‘rta maktablarga hech ta’sir qilmadi.

“Biz “Bitirish va o‘tish imtihonlari”ga va o‘quv rejasiga ko‘ra, bitirish imtihonlarini 16 iyunda tugatmoqchimiz”, deydi Toshkentdagi o‘rta maktablardan birining o‘qituvchisi Feruza.

Agar bu yil maktab bitiruvchilarini hech narsa tashvishga solmayotgan bo‘lsa, oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari vaqtining o‘zgartirilishi abiturient bo‘lish arafasida turgan kollej va litsey o‘quvchilarining orzularini chippakka chiqarishi mumkin.

“Men endi imtiohnlarga tayyorlana olamanmi yoki yo‘qmi bilmayman”, deydi Toshkentdagi litseylardan birida o‘qiydigan Mashhura Boymatova.

Ta’limdagi bu o‘zgarishlardan ota-onalar ham norozi.

“Bizda pora berish uchun pul yo‘q. Shuning uchun mening o‘g‘lim Toshkent avtomobil yo‘llari institutiga o‘z bilimi bilan kirish ilinjida. Endi imtihonlarga tayyorgarlik tezlashtirilgan holda bo‘ladi va mening o‘g‘lim oliy o‘quv yurtiga kira olmasa kerak”, deydi bo‘lajak abiturientning onasi Oynisa.

Psixologlar fikricha, imtihonga tayyorgarlik muddatining qisqartirilishi abiturientlarda asabiylik va o‘ziga ishonchsizlikni keltirib chiqaradi.

Ayniqsa bu viloyatdan keladigan abiturientlarga tegishli. Ular o‘qish o‘rniga o‘z vaqtlarini paxta dalalarida o‘tkazishganligi tufayli oliy o‘quv yurtiga kirish uchun zarur bilimlarni to‘lig‘icha ola olishmagan.

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=4&nid=17265

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: