Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasida dunyoda eng yirik chegara oldi markazi qurilmoqda – bbc uzbek


23 may 2011

Shodiyor Sayf

Bi-bi-si, Olma-ota

Xorgos markazi

Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasida dunyoda muqobili bo‘lmagan chegara oldi hamkorlik markazini qurishmoqda.

Ikki mamlakat chegarasida joylashgan ushbu markazning kattaligi 528 gektarni tashkil qiladi va ushbu hududida savdo sotiqdan tortib, biznes yuritish imkonlari bo‘lishi vada qilinmoqda.

Markaz qurilgach, ikki davlat fuqarolari uning ichida vizasiz savdo sotiq qilishi mumkinligi aytilmoqda.

Hamkorlik markazi doirasida Qozog‘iston o‘z hududida 70 ming kishilik tuman qurmoqchi, Xitoy esa boshlanishiga 250 mingdan ziyod aholisi bor shahar qurishni rejalashtirgan.

Qozog‘istonlik ziyolilarni mamlakatning shundoqqina chegarasida bunday katta Xitoy shaharining barpo etilishi xavotirlarga sola boshlagan, deydi Xorgos chegara oldi xalqaro hamkorlik markazining Qozog‘iston tomonidagi qurilishlarini borib ko‘rgan Bi-bi-si muxbiri Shodiyor Sayf.

Xorgos chegara oldi hamkorlik markazi

Men kengligi 185 gektar joyda qurilishi olib borilayotgan nuqtada turibman. Qozog‘iston tomonidan qurilayotgan hamkorlik markazining kattaligi aynan shunchani tashkil qiladi.

Yo‘llar, ko‘priklar bilan birga havo qo‘nalg‘asini eslatib yuboruvchi bir biriga o‘xshash ikki bino qurib bitkazilgan. Bu binolar chegara o‘tish nuqtasi bo‘lishi va 528 gektardan iborat noyob markazga kirish va chiqish qaydlari o‘tkaziladi.

Ushbu chegara o‘tish nuqtasi Qozog‘istonning quruqlikdagi men ko‘rgan chegara o‘tish nuqtalari ichida eng hashamatlisi bo‘lsa kerak.

    Hukumat bu bilan xitoylikllarga sarhadlarimizga kirish uchun yo‘l ochmoqdami? Shu masalalarni jamaotchilik orqali ko‘tarishimiz kerak. Biz xitoyliklarga shahar solma deb aytolmaymiz, biz ham 200 ming kishilik shahar qurishimiz kerak

Saidqazi Mataev

Mutaxassislar Xorgos chegara oldi xalqaro hamkorlik markazini kelajakda ulkan savdo majmuasiga aylanishini aytishadi. Ushbu markazda yiligi milliard milliard dollar Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasida aylanishi kutilmoqda.

Ushbu markazda qurilishi ishlari jaddallik bilan amalga oshirmoqda.

Qozog‘iston tomonidagi qurilish ishlariga 2,5 milliard dollardan ko‘proq pul ketishi kutilmoqda.

Unda besh yulduzli mehmonxonalardan tortib, sayyohlik markazlari, xiyobon, tovarlarni boshqa yuk mashinaga o‘tkazish va saqlash uchun maxsus pavilionlar qurilishi kutilmoqda.

“Xorgos” chegara oldi xalqaro hamkorlik markazi kapital qurilish departamenti direktori Ulan Jazilbekning aytishicha, ayni kunlarda Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasida bir kecha kunduzda 100 ta yuk mashinasi o‘tayotgan bo‘lsa markaz ishga tushgach bu ko‘rsatgich 500 taga etadi.

Ammo oddiy chegara o‘tish nuqtasidan markazning farqi shundaki, bu erga kelgan odamlar faqatgina 500 gektardan ortiq markaz ichida yurish bilan cheklanadi.

Xitoyning yoda Qozog‘istonning boshqa hududlariga o‘ta olishmaydi.

Olib kelingan yuklar ham markazdagi maxsus pavilionlarda boshqa mashinalarga yuklanib olib ketiladi.

Xalqaro hamkorlik markazi matbuot kotibi Galina Alkeshevaning aytishicha, O‘zbekiston fuqarolari ham Qozog‘istonda yurish huquqini beruvchi hujjatlari bilan ushbu markazning ham Qozog‘iston va ham Xitoy hududida vizasiz 30 kun yurishi mumkin.

Markazning nafaqat Qozog‘iston hayoti uchun balki g‘arbiy Ovro‘padan g‘arbiy Xitoyga qurilayotgan yo‘lda joylashgan davlatlar uchun ham ahamiyatli bo‘lishi aytilmoqda.

“Xorgos chegara oldi markzi Ovro‘pa davlatlari uchun ham muhim nutaga aylanishi mumkin. G‘arbiy Ovro‘padan G‘arbiy Xitoyga tortilayotgan yo‘l va ushbu markaz bir birini to‘ldirishi mumkin”, deydi eurasianet.org sayti muharriri Julliana Lils.

Ayni damlarda Xorgos chegara nuqtasiga olib keluvchi yo‘llar o‘ta tor, ammo keyinchalik birinchi darajali 5 qatorli avtomobil va temir yo‘l solish kutilmoqda.

Markazmi yoki shahar?

Xorgos markazi

Qurib qolgan daryoning narigi tomonidagi Xitoy chegarasida ham ishlar qizg‘in ketmoqda.

Xitoyliklarning qozog‘istonliklarga nisbatan ko‘proq binolarni qurib bitkazganini ko‘rish mumkin.

Aynan Xitoyning chegara labida boshlanishiga 250 minglik shahar solishi qozog‘istonlik ziyolilarni xavotirga solib qo‘ygan.

“Hayron qolgan narsam, qanday qilib chegarada 200 minglik shahar qurayapti. Biz ularga qurmanglar deb aytolmaymiz. Chunki ular o‘z erida solayapti. Biz esa chegarada joylashgan Norinko‘l tuman markazini ichkariroqqa oldik. Hukumat bu bilan xitoylikllarga sarhadlarimizga kirish uchun yo‘l ochmoqdami? Shu masalalarni jamaotchilik orqali ko‘tarishimiz kerak. Biz xitoyliklarga shahar solma deb aytolmaymiz, biz ham 200 ming kishilik shahar qurishimiz kerak,” – deydi Qozog‘iston Jurnalistlar Ittifoqi rahbari Saidqazi Mataev.

Qozog‘iston tomonidan qurilayotgan markazda atigi 70 ming ishi ishlab yashashi mumkin. Ushbu loyiha 2018 yilda butunlay ishga tushishi rejalashtirilgan.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/central_asia/2011/05/110523_cy_kazakh_china_border.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: