O‘zbekiston Mudofaa vaziri Ozarbayjonga boradi – ozodlik.org


O‘R Mudofaa vaziri Q. Berdiev (ch) germaniyalik hamkasbi Karl T. tsu Guttenbergni qarshi olgan payt, Toshkent, 14 aprel 2010 yil

22.05.2011

O‘zbekiston Mudofaa vaziri Qobul Berdiev iyun oyida Ozarbayjonga safar qilishni rejalamoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Ozarbayjon Mudofaa vaziri Safar Abiev bilan uchrashuv paytida Qobul Berdiev ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning hozirgi ahvoli va istiqbollari masalasini muhokama qilishi, qator harbiy qismlarni borib ko‘rishi, shuningdek, Ozarbayjonning harbiy sanoat kompleksi bilan yaqindan tanishishi kutilmoqda.

Qobul Berdiev ilk bor Ozarbayjonga 2009 yilning mart oyida safar qilgan. Tashrif davomida O‘zbekiston-Ozarbayjon o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolangan. Mazkur hujjat 2009 yil noyabrida O‘zbekiston prezidenti tomonidan tasdiqlangan.

Ozarbayjon Mudofaa vazirining 2010 yil noyabr oyi oxirida Toshkentga safari chog‘ida ikki davlat o‘rtasida 2011 yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolangan.

http://www.ozodlik.org/archive/News/20110522/402/850.html?id=24182592

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: