Nemis deputatlari O‘zbekistondagi vaziyatdan xavotirda – ozodlik.org


Norovdan oldin nemis hukumati rasmiylari bialn uchrashgan faollar orasida Baxtiyor Muxtorov ham bor.

23.05.2011

Abdulla Iskandar

Germaniya Kantsleri Angela Merkel ma’muriyatida o‘zbek fuqaroviy jamiyati faollari bilan uchrashuv bo‘ldi.

24 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri muovini Vladimir Norovning Berlinga tashrifi oldidan “Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkiloti vakili Baxtiyor Muxtorov, “O‘zbekiston Germaniya forumi” rahbari Umida Niyozova va qator faollar Norov qabul qilinishi rejalangan hukumat idoralarida qabul qilindi.

Bundestagda qabul qilinishlaridan o‘zbek faollari Germaniya kantsleri ma’muriyati va Germaniya Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib, rasmiylar bilan uchrashuvda O‘zbekistondagi inson huquqlari vaziyati va uni o‘zgartirishda rasmiy Berlin roli muhokama qilindi.

“O‘zbekiston Germaniya forumi” tashkiloti faoli Filippa Fon Shtakelbergning (Filippa von Stackelberg) Ozodlikka aytishicha uchrashuv paytida o‘zbek faollari aniq takliflarni ilgari surishgan.

– Norov bilan uchrashuv paytida, unga rasmiy Berlin mana bu konkret talablarni qo‘yishi kerakligi aytildi: BMTning maxsus ma’ruzachilari va xalqaro mexnat tashkiloti kuzatuvchilarini  O‘zbekistonga taklif qilish. 13 nafar inson huquqlari faolini qamoqdan ozod qilish. HRW, BBC va Ozodlik radiosiga akreditatsiya berish.

24 may kuni Berlinda o‘tadigan o‘zbek muxolifati qurultoyiga chaqirilgan Erk demokratik partiyasi Bosh kotibi Otanazar Oripovga nega Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi viza bermadi degan savol o‘zbek faollari tomonidan Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Markaziy Osiyo bo‘limi mulozimlariga berildi.

Mulozimlar bundan behabar ekanligini aytib, mazkur masalani o‘rganishni va’daqildi.

24 may kuni kuni Berlinda O‘zbekiston xalq harakatining ta’sis qurultoyi ham bo‘ladi.

Bundestag deputati Viola fon Kramon (Viola von Cramon) Berlinda yig‘ilgan o‘zbek muxolifati vakillari bilan Germaniya hukumati uchrashmog‘i va ularni qo‘llab-quvvatlamog‘i lozim, degan fikrni bildirgan edi.

Bu fikr “arab bahori” deb atalgan Yaqin Sharqdagi o‘zgarishlar xulosasi o‘laroq, Germaniya hukumatiga taklif qilindi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri muovini Vladimir Norov ishchi tashrif bilan 24 may kuni Berlinga keladi. O‘zbekistondagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat muzokaralar kun tartibida ekani aytilmoqda.

Ayni kuni Berlinda o‘tadigan muxolifat ig‘ini tashkilotchilari Vladimir Norovni qurultoyga taklif qilishdi. Norovning qurultoyda qatnashishi savol ostida ammo uning Angela Markel ma’muriyati tarafidan qabul qilinishi aniq.

Germaniya Termizdagi xarbiy baza andishasida O‘zbekiston bilan mulozamatli siyosat olib borayotgan va Evropa Ittifoqi Karimov rejimiga nisbatan iliq munosabatni shakllantirayotgan davlat sifatida ko‘riladi.

Bundan 4 kun oldin Bundestag deputatlari Viola fon Kramon, Jo‘hones Pflug (Johannes Pflug), Folker Bek (Volker Beck), Dagmar Enkelman (Dagmar Enkelmann) Angela Markel hukumatini O‘zbekiston bilan munosbatlariga oid jarayonlarda shaffoflikka chaqirishdi. Maktubda qamoqdagi inson huquqlari faollari, jumladan, Solijon Abdurahmonov va Azamjon Turg‘unov taqdiridan alohida havotir bildirilidi.

http://www.ozodlik.org/content/article/24183218.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: