Isyonkor o‘zbek shoiri AQShga o‘z oilasi yoniga etib keldi – jarayon.com


Dushanba, 23 – May 2011

Sahif Kotib

Asli buxorolik dissident shoir Yusuf Juma AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi maxsus vakili hamrohligida Kentuki shtatiga siyosiy boshpana olgach shu erda yashayotgan oilasi yoniga etib keldi. Vashingtondan qariyb 1000 kilometr olislikdagi Kentuki shtatining Luisvil Xalqaro-mintaqaviy aeroportida shoir uning qizi Feruza hamda nevarasi Xanjarni “O‘zbekiston Demokratik Kongressi” asoschisi va rahbari Jahongir Muhammad, shoirning oila a’zolari va do‘stlari kutib oldi.

Avval xabar qilinganiday, prezident Islom Karimov va u o‘rnatgan tuzimning ashaddiy tanqidchisi bo‘lmish shoir Yusuf Juma, AQSh Davlat kotibi Hillari Klintonning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Islom Karimovdan bevosita qilgan so‘rovi asosida hamda keyingi besh oy davomida ikki mamlakat rasmiylari o‘rtasida olib borilgan muloqotlar natijasi o‘laroq 19 may kuni ozod etildi.

Bu haqdagi ilk ma’lumotni ovoza etgan “Uzmetronom” Internet nashriga ko‘ra, shoir O‘zbekiston prezidenti nomiga yozgan arizasi va unda o‘z aybiga iqror bo‘lib, tavba qilgani hamda mamlakat mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan avf etilgan. Ammo o‘zbekistonlik taniqli huquq himoyachisi Bahtiyor Hamraevning ta’kidicha, Yusuf Juma kechirim so‘rab prezident nomiga maktub yo‘llashi va unda o‘z aybiga iqror bo‘lishi mutlaqo mumkin bo‘lmagan gap. “U hech qachon bunday qilmaydi”, dedi B.Hamraev.

Turonzamin nashriga ko‘ra, Yusuf Jumaning bir-ikki hafta ichida AQShning rasmiy doiralarda qabul qilinishi kutilmoqda.

Ayni paytda shoirning o‘rtancha o‘g‘li, Makshrab Jumaevning keyingi taqdiri noma’lum qolmoqda. 2009 yili Buxoro militsiyasi ikkinchi guruh nogironi Mashrab Jumaevni viloyatdagi jazoni ijro etish muassasasidan qochgani va noma’lum manzilga yashiringani haqida aytib mamlakat miqyosida qidiruv e’lon qilgan edi. Mahalliy huquq himoyachilari va mustaqil jurnalistlarga ko‘ra esa, M.Jumaev tinmsiz ravishda shafqatsiz qiynoqlar ostida bo‘lgan va shu bois uningsiz ham o‘ta ayanchli holga tushib ulgurgan yigitning, boz ustiga ikkinchi guruh nogironining qamoqdan qochishini ta’kidlash g‘irt yolg‘on va be’mani gapdir.

Shoirning oilasi M.Jumaevning g‘oyib bo‘lgani haqdagi ilk xabarlar e’lon qilingan payt, uning qiynoqlarga dosh bermay hayotdan ko‘z yumgan bo‘lishini tahmin qilayotgan edi va dunyo jamoatchiligidan bu borada O‘zbekiston rasmiylaridan aniq ma’lumot olishda ko‘maklashishni so‘ragan edi. Keyinchalik M.Jumaev mavzusi o‘z o‘zidan tinchib ketdi.

Shoir Yusuf Juma 2008 yili Jinoyat kodeksining 3 ta moddasida 104- (qasddan tan jarohati etkazish), 140- (haqorat qilish) va 219- (hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish) moddalari bo‘yicha aybdor deb topilib 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan jazo muddatini manzil koloniyasida o‘tkazishi kerak edi. Ammo noma’lum sabablarga ko‘ra, jazo muddatini o‘tash joyi o‘zgartirilib, u Jasliq jazoni ijro etish muassasasiga o‘tkazilgan edi.

Tahririyatdan: Suratlar Turonzamin nashridan olindi.

http://www.jarayon.com/index.php?option=com_content&view=article&id=1389:2011-05-22-22-23-14&catid=54:habarlar&Itemid=70

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: