Ha, O‘zbekiston – dikatatorlik mamlakati, nega deysizmi? – ozodlik.org


Rue89 Internet nashri Lola Karimovaning shikoyatiga javoban prezident Karimovni yana ‘diktator’, deya atadi.

23.05.2011

O‘zbekiston prezidentining kenja qizi Lola Karimova-Tillaeva otasini “diktator”, o‘zini esa “diktatorning qizi”, deb atagani uchun sudga bergan Rue89 Internet nashri bu ish yuzasidan dastlabki mahkama tugab, sud hukmi chiqmasdanoq ana shu sarlavha ostida maqola e’lon qildi.

Quyida bu maqola mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

19 may kuni Parij sudida Rue89 nashrini tuhmatda ayblayotgan Lola Karimova shikoyati bo‘yicha mahkama bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning qizi o‘zi va opasini “diktatorning qizlari”, deb atagnimiz uchun ustimizdan arz qilgan edi. Shu bois Rue89 sudda bu mamlakat diktatorlik mamlakati ekanini isbotlashi kerak.

Avvalo mushtariylarimizga bu rejimning asosiy xususiyatalri haqida so‘zlab berib, o‘z rejamizni (O‘zbekistonning diktatorlik mamlakati eknini isbotlashga doir-tahr.) qanday amalga oshirishimizni tasvirlab bersak.

SSSR qulaganidan beri O‘zbekistonni Islom Abdug‘anievich Karimov sobitlik bilan boshqairb keladi. U 88,1 foizdan 100 foizgacha ovoz to‘plab, bir necha prezidentlikka marta saylangan. U boshqarayotgan va 28 million aholisi bo‘lgan Markaziy Osiyodagi mamlakat hududi bo‘yicha Ispaniyaga teng, gaz, neft va boshqa tabiiy boyliklarining ulkan zahiralariga ega. O‘zbekiston shuningdek jahonning etakchi paxta ishlab chiqaruvchilaridan biri hamdir, bundan tashqari bu mamlakatda umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan, masalan, Samarqand kabi, tarixiy obidalarga ham ega.

Respublikaga qo‘shni mamlakatlar nomlarning barchasida “ston” qo‘shimchasi bor va bu mintaqada qozog‘lar, turkmanlar, afg‘onlar, qirg‘izlar va tojiklar yashaydi. Bu mintaqada O‘zbekistondagidan ko‘ra yomonroq dikutatura Turkmanistonda bor. Har qalay Foreign Policy yoki Newsweek kabi jurnallar e’lon qilgan mustabidlar ro‘yxatida Karimov dunyoning o‘nta asosiy diktatorlari orasida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi va undan avvalgi sakkizinchi o‘ringa Qurbonquli Berdimuhammedov qo‘yildi. Foreign Policy jurnalining fikricha, Karimov bu reytingda ettinchi o‘ringa qo‘yilishi kerak.

Karimov odamlarni tiriklayin qaynatgan

Amerikada chiqadigan jurnal Karimovga bergan sifatlar orasida uning odamlarni qaynoq suv yordamida qiynoqqa solib, o‘ldirganiga oid ayblovlarni ko‘rish mumkin. Unga qo‘yilayotgan eng dahshatli jinoyat esa, 2005 yilning 13 mayida Andijonda yuzlab tinch namoyishchilarni o‘qqa tutish haqida buyruq bergani haqidagi ayblovdir.

O‘shanda halok bo‘lganlarning aniq soni bizga hamon ma’lum emas, lekin aftida gap mingga yaqin odam haqida bormoqda. Bu voqeadan keyin rejim Andijon fojiasi yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazishga rozilik bermagani bois, Evropa Ittifoqi O‘zbekistonga nisbatan qurol embargosi joriy qildi.

2009 yilda, hech qanday mustaqil tekshiruv o‘tkazilmagan bo‘lsa-da, embargo go‘yoki kuzatilayotgan “ijobiy o‘zgarishlar” vajidan bekor qilindi. Frantsiyada muhojiratda yashayotgan o‘zbekistonlik siyosatshunos Kamolddin Rabbimovning fikricha, EI ikki o‘t orasida qolib ketdi:

“EI tashabbusi (sanktsiyalarga oid-tahr.) AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi. O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlovchi Rossiya va Xitoy ham bu jarayonga sezilarli ta’sir o‘tkazdi. Bundan tashqari Afg‘onistondagi operatsiyani amalga oshirish bilan bog‘liq ehtimyoj ham ortib bordi… Evropa Ittifoqi bosh berk ko‘chada qoldi.”

Rejim o‘z aholisini qirmoqda, EI sanktsiyalarni bekor qildi

Karimov rejimi Afg‘onistondagi koalitsiya kuchlariga yuklarni tranzit qilish imkonini berganidan keyin uning G‘arb bilan munosabatlari to‘liq tiklandi. Inson huquqlari xalqaro federatsiyasit (IHXF) vakili Sasha Kulaeva Evropa Ittifoqi sanktsiyalarni bekor qilib, Toshkentga “jinoyatlar javobsiz qolishi mumkinligiga oid kuchli signal yubordi”, deydi.

2005 yilning 13 may Andijonda Bi-Bi-Si muxbiri ham bo‘lgan. U suratga olgan filьmda xalq orasida obo‘rli tadbirkorlarning hibsga olinganiga qarshi mahalliy aholi sud binosi oldida norozilik sifatida tinch namoyishi uyushtirdi. Bu O‘zbekiston tarixida bu kabi birinchi namoyish edi.

Lekin O‘zbekistonda Karimov hokimiyatiga qarshi chiqqanlarning ovozi o‘chiriladi. Sudda Rue89 tomonida guvoh sifatida qatnashayotgan huquq faoli Mo‘’tabar Tojiboeva buni o‘z tajribasida ko‘rdi. Xalqaro bosimlar ostida ozodlikka chiqarilishidan avval u jahannam qiynoqlaridan o‘tdi: u qamoqqa tashlandi, qiynoqqa solindi, jinsiy zo‘ravonlikka uchradi va keyin izlarni yo‘qotish uchun operatsiya qilindi. 2008 yilda u inson huquqlari sohasidagi Nobel mukofoti hisoblangan Martin Ennals mukofotini oldi.

OITSga qarshi kurash uchun etti yil qamoq

“Men O‘zbekistondagi avtoritar rejimning yagona qurboni emasman, bundaylar minglarni tashkil qiladi”, deya gapirib berdi M. Tojiboeva RFI radiostantsiyasiga. IHXF vakili Sasha Kulaevaning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekiston diktaturasi yana 16 nafar huquq faolini qamoqqa tashlagan:

“Qamoqdagi sharoitlar, kundalik ravishda qiynoqqa solishlar bois ularning tirik chiqishiga shubha bor… Vaziyat yanada yomonlashmoqda.”

O‘zbekistonda qomaqqa tushish uchun OITSga qarshi kurashishning o‘zi kifoya qiladi: 2010 yilda 28 yoshli Maksim Popov “o‘zbek jamiyatining ma’naviy an’analriga” to‘g‘ri kelmagan broshyuralarni tarqatgani uchun etti yillik qamoqqa hukm qilindi. Ayni paytda O‘zbekiston OITV bilan kasallanish sur’ati bo‘yicha dunyoda eng birinchilardan hisoblanadi…

O‘zbek rejimi nafaqat o‘zining repressiyalari bilan, balki mamlakatda chuqur ildiz otgan korruptsiya bilan ham tanilgan: Transparency International tashkilotining 2010 yilgi hsibotida O‘zbekiston eng korruptsiyalashgan mamlakatlar orasida Turkmaniston va Sudan bilan bir qatorda to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Gulnora va Lola Karimova o‘z otalarining munosib qizlari

Mamlakatni 21 yildan beri boshqarib kelayotgan Islom Karimovning boyligi, Newsweek hisob-kitoblariga ko‘ra, 60 million AQSh dollariga etgan. Uning qizlari Gulnora va Lola O‘zbekiston elchilari lavozimlarini egallaydi: to‘ng‘ichi BMT va Ispaniyada, kenjasi YuNESKOning Parijdagi qarorgohida. Shveytsariyaning L’Hebdo gazetasi o‘tkazgan tergovga ko‘ra, O‘zbekistonda bu ikki qiz qashqirlardek mahalliy tadbirkorlarni talashadi va qo‘lga kiritgan millionlab dollarlarni xorijga olib chiqib ketadi.

Prezientning ikkala qizi bir-birini raqib, deb hisoblaydi va ba’zan bu raqobat o‘ta xunuk ko‘rinishda ifoda etiladi. Rue89 nashrini sudga bergan kenja qiz Lolani hatti-harakatidan diplomat emas, Peris Hiltonning taqlidchisi, deb atash mumkin. Yaqinda WikiLeaks sayti e’lon qilgan Amerika diplomatik yozishmalaridan ma’lum bo‘lishicha, u 2004 yilda deyarli har kuni tonggacha Toshkentdagi tunggi klublardan birida ko‘ngilxushlik qilgan.

Rue89 ni sudga berishi faktining o‘ziyoq uning siyosat bobida no‘noq ekanidan dalolat beradi. Chunki bu sud jarayoni otasining rejimi imijiga jiddiy putur etkazadi: masalan, 8 may kuni Britaniyada chiqadigan Daily Telegraph gazetasi “Frantsiya sudi O‘zbekiston prezidenti “diktatormi”, degan masalani hal qiladi” sarlavhasi ostida maqola e’lon qildi.

Xo‘sh otasining qizi bunday qo‘pol qarorga borganini qanday izohlasa bo‘ladi? Axir u o‘z mamlakatining G‘arbdagi imijini “oqlashi” kerak emasimidi?

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov buni istehzo bilan izohlaydi:

“Menimcha, bu Lolaning shaxsiy tashabbusi bo‘lgan. Men bu rejimni anchadan beri kuzataman va yaxshi bilaman. Karimovning hech qachon o‘zi bunday buyruqni bermagan bo‘lardi, chunki u buning sharmandali yakunlanishini juda yaxshi biladi. Sud jarayoni uni xavotirga solayotgan bo‘sla ajabmas, chunki bu jarayon uning rejimiga haddan ortiq diqqatni jalb qilmoqda.”

http://www.ozodlik.org/content/article/24183803.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: