Bugun “O‘zbekiston xalq harakati”ning qurultoyi ochiladi – ozodlik.org


23.05.2011

Bugun Berlinda yaqinda ta’sis etilgan “O‘zbekiston Xalq Harakati”ning qurultoyi o‘z ishini boshlaydi.

23-24 may kunlari o‘tkazilajak ikki kunlik tadbirda, xabarlarga qaraganda, taqriban 50 kishi qatnashadi.

Qurultoyning birinchi ish kunida tashkiliy masalalar ko‘rilib, Harakat rahbariyati  saylanadi. Tadbirning ikkinchi kunida O‘zbekistondagi vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan xalqaro konferentsiya o‘tkazish rejalashtirilgan.

“O‘zbekiston Xalq Harakati” qurultoyi  uyushtiruvchilari O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasiga taklifnoma jo‘natib hukumat vakillarini ham anjumanga taklif etgan.

Taklifnomada O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norovni 23-24 may kunlari o‘tkazilajak qurultoy mehmoni sifatida ko‘rish istagi bildirilgan.

Janob Norov 24-26 may kunlari amaliy tashrif bilan Germaniya poytaxtida bo‘ladi.

Hyuman Rayts Uotch inson huquqlari tashkiloti Germaniya hukumatini  O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov tashrifidan mamlakatdagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash borasida Toshkentga bosim o‘tkazish maqsadida foydalanishga chaqirdi.

http://www.ozodlik.org/archive/News/20110523/402/850.html?id=24182985

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: