Ozod etilgan Yusuf Juma AQShga keldi – uznews.net


22.05.11

Uznews.net – Buxorolik shoir va dissident, payshanba kuni o‘zbek turmasidan ozod etilgan Yusuf Juma, juma kuni kechqurun Amerikaning Kentukki shtatiga etib keldi va u erda yashayotgan oilasi bilan qo‘shildi.

Yusuf Juma Toshkentdan Amerikaning Luisvil shtatiga 20 may tungi soat 22 da kelib qo‘ndi.

Uning oilasi bilan qo‘shilib AQShdan siyosiy boshpana olishi, uning muddatidan oldin ozod qilinishi sharofasti bilan amalga oshdi, u o‘zbek turmasida uch yarim yildan ziyod jon saqlagan edi.

Shoirning o‘g‘li Qodirning so‘zlariga ko‘ra, uning oilasi otasining qaytishida behad shod, kundan kun o‘tarkan o‘zbek rejimi zindonida har kun shoirning hayotidagi so‘nggi kun bo‘lishi mumkin edi.

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida tug‘ilgan Juma, o‘zining siyosiy pamfletlari bilan tanildi, o‘zining ko‘plab she’rlarida u O‘zbekistondagi hukmdor Islom Karimov va uning oilasini shafqatsiz hajv ostiga oldi.

Bir she’rida u shunday yozadi:

– Gulzorlar kimnikidir?

– Podshoning qiziniki.

– Bozorlar kimnikidir?

– Podshoning qiziniki.

She’r so‘nggida esa “xalqnikichi?” deya savolga, xajv aralash “xalqning hech narsasi yo‘q”, chunki u “terrorchi” va “xizbut taxrir” deya javob beradi

Shoir 2007 yilning dekabrida hibsga olingan, 2008 yilning aprelida esa Buxoro viloyat sudi qarori bilan besh yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Sudga Jumani aybdor deb topish uchun bir yarim kun kifoya qildi. Unga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining uchta moddasi “o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati” etkazish, “Haqorat” va “Hukumat vakiliga bo‘ysunmaslik” moddalari qo‘yildi.

Yusuf Juma O‘zbekistondagi eng dahshatli koloniya – Qoraqalpog‘istonning “Jasliq” qamoqxonasida jazoni o‘tadi.

Turma nozirlari va boshqa xodimlar shoirga shafqatsiz munosabatda bo‘ldilar, uni “prezidentning shaxsiy dushmani” deya atadi.

Noyob “siyosiy satira” egasi bo‘lgan bu “dushman”, endi ozod va ozod mamlakat xududidadir.

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=3&nid=17247

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: