O‘zbekistonda avia-chipta 20 foizga qimmatlaydi – ozodlik.org


22.05.2011

O‘zbekiston havo yo‘llari shirkatiga ko‘ra, chipta narxlari shu yil 1 iyunidan oshiriladi.

Ayni paytda chipta narxlarining oshirilishi faqat mahalliy yo‘nalishlarga doxilligi aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda “O‘zbekiston havo yo‘llari” uchoqlari Jizzax va Gulistondan tashqari barcha viloyat markazlariga, jumladan, Nukus, Urganch, Navoiy, Buxoro, Qarshi, Samarqand, Termiz, Farg‘ona, Andijon va Namangan hamda Zarafshon shaharlariga muntazam ravishda qatnab turibdi.

O‘zbekiston milliy aviashirkati chipta narxlarining oshirilish sabablari haqida biror izoh bergan emas.

Biroq Regnum axborot agentligining mahalliy ekspertlar mulohazasiga tayangan holda xabar qilishicha, narx oshishini yo‘lovchilar soni ko‘paygani va aviayonilg‘i bahosining oshgani bilan izohlash mumkin.

Shuningdek, ayrim baholarga ko‘ra, bu o‘zbek temiryo‘lchilarining yaqinda “Buxoro-Urgench” sayohat yo‘nalishini ishga tushirganlari hamda “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha Talgo-250 tezyurar elektropoezdi qatnovini yo‘lga qo‘yishga hozirlanayotgani bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Asnoda mahalliy aholi vakillari uchoq chiptalari narxlarining oshishi ularga qattiq ta’sir qilmasligini, chunki aksariyat o‘zbekistonliklar mamlakat ichida harakatlanishda ko‘proq engil mashinalar, minibuslar va poezdlar xizmatida foydalanishlarini aytmoqdalar.

http://www.ozodlik.org/content/article/24182410.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: