Yusuf Juma pushaymonlik xati yozganidan so‘ng ozod etilgan – ozodlik.org


Yusuf Jumaning oilasi 2009 yil 12 maydagi piketda.

21.05.2011

Xyuman Rayts Uotch tashkiloti Yusuf Juma yuzasidan tarqatgan bayonotida mana shunday ma’lumot beradi.

Xyuman Rayts Uotch xalqaro inson huquqlari tashkiloti o‘zbekistonlik dissident shoir Yusuf Juma ozod etilganini olqishladi, lekin unga chiqarilgan hukm bekor qilinmaganidan taasufda ekanini bildirdi.

Tashkilotga ko‘ra, hukumat ayni paytda o‘z ashaddiy tanqidchilarini yakson etishdan tiyilgani yo‘q. Hozirda Solijon Abdurahmonov, A’zam Formonov, Nozim Isakov, G‘aybullo Jalilov, Alisher Karamatov, Jamshid Karimov, Norboy Xoljigitov kabi qator inson huquqlari faollari qamoqda qolmoqda.

Xyuman Rayts Uotch ularning salomatliklariga jiddiy putur etgani, qamoqxonada qiynoqlarga tutilayotganini ham ta’kidladi.

“Biz qamoqxonalarda qolayotgan boshqa fuqaroviy jamiyat va hamda huquq faollari taqdiridan chuqur xavotirdamiz va ularni shartsiz ozod etishga chaqiramiz,” deb ta’kidlagan HRU tadqiqotchisi Stiv Sverdlov.

Xyuman rayts Uotchga ko‘ra, Yusuf Juma O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovga yo‘llagan pushaymonlik xati ortidan 19 may kuni qo‘yib yuborilgan.

Yusuf Juma 2007 yilgi prezidentlik saylovlari arafasida Islom Karimovning iste’fosini talab qilishi ortidan o‘g‘li bilan birga hibsga olingan va besh yilga ozodlikdan maxrum qilingan edi.

http://www.ozodlik.org/content/article/24181953.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: