Turkmanistonda mamlakat konstitutsiyasi sharafiga eng baland monument barpo etildi – bbc uzbek


21 may 2011

Prezident Gurbanguli Berdimuhammedov yangi saroylik ham bo‘lib qoldi

Turkmanistonda mamlakat konstitutsiyasi sharafiga eng baland monument barpo etildi.

Turkmanistonda mamlakat konstitutsiyasiga bag‘ishlab, uzunligi naq 185 metr keluvchi monument ochildi.

Poytaxt Ashxobodda hali bu kabi baland majmua qad rostlagan emasdi.

Mustaqillik sharafiga qurilgan 91 metrlik monument shu paytgacha eng uzuni, deb hisoblanib kelingan.

Me’moriy obida Konstitutsiya kuni va turkman shoiri Maxtumquli tavallud ayyomi kunida ochilgan.

Xabarlarga ko‘ra, hashamatli me’moriy kompleks turkman tomoniga 45 million evroga tushgan.

Uni qurish ishlari bilan esa, yana Turkiyaning Polimeks shirkati shug‘ullangan.

Konstitutsiya monumenti Ashxobodning janubiy qismida barpo etilgan.

Majmuaning qoq markazidan oq marmardan tiklangan to‘rt qirrali ustun ko‘kka qad rostlagan.

Ustunning eng tepasiga yarim oy va beshta yulduzdan iborat zarhal chig‘il o‘rnatilgan.

Uni uch qavatdan iborat va Og‘o‘z xon yulduzi shaklida ishlangan 27 metrlik asosi ko‘tarib turadi.

Monumentga olib chiquvchi zinalar mashhur turkman gilamlari bilan bezatilgan.

Me’moriy majmua atrofida favvoralar otilib turadi va ko‘m-ko‘k xiyobon bilan ham o‘ralgan.

Ichkarisida esa, muzey, majlislar zali, kutubxona, kompьyuter xonasi, sovg‘alar do‘koni va qahvaxona joylashgan.

Monumentning 27 va 118 metrlik qismida barpo etilgan maxsus maydonchalardan turkman poytaxti kaftdek ko‘rinib turadi.

Turkmanistonda fuqarolarning konstitutsion huquqlari qanchalik ta’minlanganiga e’tibor qaratib, majmuaga istehzo bilan qarayotganlar ham yo‘q emas.

Ular Turkmanistondagi inson huquqlari, so‘z va matbuot erkinligi bilan bog‘liq ahvolning qanchalik abgor ekanini urg‘ulashadi.

O‘z navbatida, me’moriy kompleks bilan birga Turkmanistonda yangi prezident saroyi ham ochilgan.

Ashxobodning markazida qad rostlagan saroy Frantsiyaning Bouygues shirkati tomonidan barpo etilgan.

Uning qurilish ishlari esa, 250 million evroga tushgan.

O‘z vaqtida Turkmanistonda “buyuk sardor” deb atalgan marhum prezident Saparmurot Niyozovning muhtasham va g‘aroyib binolari ham u barpo etgan o‘ziga xos tuzumni boshqa rejimlardan ajratib turardi.

Uning ham bir qancha hashamatli saroylari bo‘lgan.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/central_asia/2011/05/110521_turkmenistan_monument.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: