Terrorchilikda ayblangan jurnalistning himoyachilari ko‘paymoqda – ozodlik.org


Turkiya hukumati jurnalist Ali Usmon Zorni terrorchilikda ayblamoqda.

21.05.2011

Sherzod

Turkiyalik huquq faollari Qirg‘izistonni jurnalist Ali Usmon Zorni rasmiy Anqaraga topshirmaslikka chaqirmoqda.

Terrorchilikda ayblanib  Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan turkiyalik jurnalist Ali Usmon Zorni himoya qilish uchun Turkiyadan “Yangi davr” huquqni himoya qilish markazi rahbari Guven Yilmaz Bishkekka keldi. Uning aytishicha, agar Ali Usmon Zorni Turkiyaga ekstraditsiya qilinsa, xalqaro hamjamiyatda Qirg‘iziston o‘zining demokratik davlat degan obro‘siga putur etkazishi mumkin.

–    Bir qator tashkilotlar va odamlar Ali Usmon Zorni qamoqda saqlash noqonuniy ekanini aytib, adolatni talab qilmoqda. Bu ish Qirg‘izistonning obro‘siga putur etkazadi. Biz hammamiz bu fikrlarga qo‘shilamiz. Qirg‘iziston qochqinlar borasidagi Jeneva Konventsiyasini imzolagan. Ali Usmon Zorga Turkiyada siyosiy taqib bo‘lmoqda. Siyosiy qochqin maqomini berish masalasi ko‘rib chiqilgunicha uning qamalishi noqonuniydir, – dedi Guven Yilmaz.

2009 yildan beri Bishkekda yashab kelayotgan turkiyalik jurnalist Ali Usmon Zor o‘z vatanida xalqaro terrorchi guruhga aloqadorlikda va Istanbulda 22 kishining hayotiga zomin bo‘lgan terrorchilik harakatini uyushtirganlikda ayblanadi.

Turkiya tomonining bildirishicha, Ali Usmon Zor ta’qiqlangan “Buyuk islom sharqi jangchilari jabhasi” tashkilotining a’zosi. Turkiyada Ali Usmon Zor terrorchilik harakatiga aloqadorlikda ayblanib, 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Biroq turkiyalik himoyachilar bu ayblovlarni asossiz ekanini aytishadi:

– “Ali Usmon Zor “Al-Qoida” terror tashkilotiga  a’zo”, degan so‘zlar paydo bo‘lmoqda. Usmon Zor bu tashkilotning a’zosi emas. Bu so‘zlar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, – dedi Turkiyadan kelgan “Yangi davr” huquqni himoya qilish markazi rahbari Guven Yilmaz.

Uning aytishicha, Ali Usmon Zor Germaniya va boshqa g‘arb davlatlaridan siyosiy qochqin maqomini olish imkoniga ega bo‘lgan. Biroq u “qondoshlar” deb Qirg‘izistonga kelgan.

Bishkekda yashayotgan turkiyalik jurnalist Ali Usmon Zor Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan 2 may kuni hibs qilingan:

– Turkiya maxsus xizmatlarining bizga bergan materiallariga asosan, Usmon Zor “Buyuk islom sharqi jangchilari jabhasi” terroristik tashkilotining faol a’zosi. 2011 yilning mart oyida Qirg‘iziston Bosh prokuroturasiga Tashqi ishlar vazirligi orqali Turkiya elchiligidan “Buyuk islom sharqi jangchilari jabhasi” terroristik tashkilotining a’zosi, Turkiya fuqarosi Ali Usmon Zorni qo‘lga olishga yordam berish borasida nota kelgan, – dedi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati matbuot kotibi Nurlanbek To‘qtaliev.

Turkiya fuqarosi Ali Usmon Zor o‘tgan yili iyunida Qirg‘iziston Mehnat va migratsiya vazirligiga qochqin maqomini berishni so‘rab murojaat qilgan.

Vazirlik tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, hozirda Ali Usmon Zorning arizasi ko‘rib chiqilmoqda va iyun oyi boshlarida bu borada qaror chiqishi mumkin:

– Turkiya Respublikasi fuqarosi bizga 2010 yilning 15 –iyunida qochqin maqomi berilishini so‘rab murojaat qilgan. Amaldagi qonunga asosan, vazirlik bir yil ichida o‘z javobini berishi kerak. Hozir ariza ko‘rib chiqilmoqda. Iyun oyi boshlarida bu masala hal bo‘lib qolsa kerak, – dedi Mehnat va migratsiya vazirligi matbuot kotibi Nazgul Murzaeva.

Turkiyalik jurnalist Ali Usmon Zor 1968 yilda tug‘ilgan. U Turkiyada bir qator muxolif nashrlarga asos solgani va Turkiya hukumatini qattiq tanqid qilib kelgani aytiladi.

Turkiya fuqarosiga Qirg‘izistondagi “Adilet” huquqiy klinikasi,  huquq himoyachisi To‘qtaayim Umetalieva, shuningdek, “Toza Din” va “Qirg‘iz xalq botirlari” nodavlat tashkilotlari huquqiy ko‘mak ko‘rsatmoqda.

http://www.ozodlik.org/content/article/24181994.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: