Sen jangdan qaytding va zafar bilan qaytding – yangidunyo


May 21st, 2011 Aliboy Yo‘lyaxshiev,

samarkanduz.narod.ru

aliyulyashi@hotmail.com

O‘zbekning nomusi, tili, dili va jasorati Yusuf Jumani va uning yaqinlarini chin qalbimdan tabriklayman. Yusufbek, ozod bo‘lish yoki ozod etilish so‘zlari senga mos kelmaydi. Sen jangdan qaytding va zafar bilan qaytding. Men seni buyuk zafar bilan qutlayman! Bu zafarda baholi qudrat senga yordamchi bo‘lganlarning barchasiga tashakkurimni aytaman va ularni ham faqat g‘alab bilan tabriklayman.

Yusufjon, senga jangga ketganingda yozganimdan tubandagi jumlalarni bugun takrorlashni lozim hisobladim.

****

O‘zbek atalmish bir xalqning oru nomusiga, tiliga, diliga, ko‘zu-qolog‘i, butun jasoratiga aylangan shoir Yusuf Juma bugun mahkama qilinayotgan ekan, demak bugun butun o‘zbeklar mahkama qilinmoqda. Afsus, millat hamon sukutda. Biz hamon sukutdamiz.

Meni to‘g‘ri tushuning, men ”millat hamon sukutda” der ekanman, millatni sukutni buzib g‘alayonlarga chiqing kabi da’vatni ko‘zda tutmayapman. Ammo ey xaloyiq! Bugungi voqeiylikka biz kabi befarq bo‘lgan, ya’ni Yusuf Juma kabi xalqning tili va dili bo‘lgan, uning oru-nomusiga aylangan bir mashhur shaxsini shunday azobga, iskanjaga tashlab qo‘ygan boshqa bironta millat bormi bu olamda???

Yusuf Juma, sen Xalqning oru nomusiga aylanding, sen sevimli shoirimiz, chinakamiga Xalq Shoirisan. Yusuf Juma, sen va sening do‘stlaring mansub hisoblangan millat bugun xarob bo‘lgan bo‘lsa-da, seni gultoji etadigan do‘stlaring va ixlosmandlaring hali batamom tugamadi. Inshoolloh, ular tugamaydi. Sen ularning bayroqdori, mash’ali bo‘lib qolding va qolasan. Hali juda ko‘p marta ularning huzurida mashhur va latif she’rlarinngni o‘qiysan. Shunday bo‘lishiga juda-juda ishongim keladi. … Inshoolloh shunday bo‘ladi. …

Xalqning oru nomusiga aylangan chinakamiga Xalq Shiori Yusuf Jumani unutmaylik!!! Uni qadrlaylik do‘stlar! …

U bugun jigarbandi-o‘g‘ilchasi bilan zolimning sud zalida o‘tiribdi. Bizda esa bu noxush manzarani achinish bilan kuzatishdan boshqa iloj yo‘q. Shuning uchun biz bu kunni hech bo‘lmasa Yusuf Jumaga OZODlik kuni e’lon etib, bayram qilaylik. Uning ijodini takror-takror o‘qiylik, mutolaa qilaylik va she’rlarini imkon bo‘lgan matbuot organlarida nashr etaylik.

Men esa, Yusuf Jumadek arslonimga hurmatim va achinishim, madadim, ko‘magim o‘rnida mana shu erdagi so‘zlarni izlab topdim, shu jumlalarni tuzdim. Yusufbek sen meni kechir, noilojman, hozircha qo‘limdan kelgani mana shu bo‘ldi.

06.04.2008.

http://yangidunyo.com/?p=19025

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: