Saidjahon Ravoniy: XALQNING BOR O‘Z KO‘ZI – yangidunyo


May 20th, 2011

1. Tarjima

2. Bag‘ishlov

3. Taxmis

***

1. TO‘NTARISH TARAFDORLARIGA

Robert Byorns (1759 – 1796)

Hoy, kimsiz kutganlar to‘ntarish, kutganlar urush,

Hoy, kimsiz kutganlar to‘ntarish, urush?!

Kim bo‘lmang, farqi yo‘q,

Ko‘nglingiz bo‘lsin to‘q,

Kazzobsiz, urmang do‘q –

Bilar el-ulus!

To‘htating befoyda gap-so‘zni kim haq, kim nohaq,

To‘htating gap-so‘zni kim haq, kim nohaq!

Ham burun, ham bugun,

Shamshiri bor uzun,

Kim kuchli, kim ustun –

Haq doim mutlaq!

Biling-ki, shon-shuhrat qozonish mumkinmas, zinxor,

Shon-shuhrat qozonish munkinmas, zinxor,

Tig‘ berib qotilga –

O‘g‘ilni yurt-elga,

Padarni o‘g‘ilga

Kilib yov xunxor!

Oftobdan bahr olib, tinch yuring, tuzmang shum reja,

Gangitmang halqni siz kunduz va kecha!

Xalqning bor o‘z ko‘zi,

Xalqning bor o‘z so‘zi –

Yashasin xalq o‘zi

Istaganicha!

***

2. PROGON*

Yusuf Jumaga

Ne boley mujik, e, chiqasan bir kun,

Man bilaman sani hammadan yaxshi.

San stradat qilyapsan nizashto uchun,

A tak, massa uchun boqyapsan fshi.

Hech nimani, hech kim bilmaydi dema,

Man v qurse nima xarch, nima bur golyak.

Shizoga tashlashsa, balanda ema,

Depenka shimiga qiladi dalьnyak.

A tak, sen kurse bo‘l, tachkovaniysan,

Ves dunyo tachkovka qilgan sani, da!

Otvechayu, mujik, za skazaniy, san

Turasan Obama bir kun yonida!

Qurbaqalar, a tak, more, v nature,

Eng vaqqilloqlari sakragan battan.

Vaqqillashar, vaq, vaq, to‘ri, nato‘ri,

Chiqasan, ko‘rasan! Ne boley, bratan!

***

3. SHERMUHAMMAD MUNIS XORAZMIY

g‘azaliga taxmis *

Ko‘rub yuzingni, tinchim yo‘qoldi,

Bo‘ldi guzarim eshiking oldi,

Ko‘zim tunu kun ko‘yingda toldi,

To dardi ishqing aqlimni oldi,

Turluk balolar boshimg‘a soldi.

Etmoqni bilmon vaslingg‘a qandoq,

Man uchun o‘zing xubbul-vatandoq,

Bormukan illo ishvali sandoq,

Yog‘durdi ishqing g‘am toshin andoq,

Kim uzvu uzvim bir-bir usholdi.

Ey parivashim, qaddi dilovez,

Chamanda jilva san aylagan kez,

Andalib uchdi yonginanga tez,

Gul uzra bo‘ldi shabnam araqrez,

Go‘yoki xusning ko‘rgach uyoldi.

Bisyor erur lek mang‘a na zahring,

Qo‘zg‘odim aybim qay birla qahring,

Ko‘nglum batamom bo‘lsa-da mahring,

Ko‘pdin berikim kam bo‘ldi mehring,

O‘ksuldi sabrim, qayg‘um qo‘poldi.

Bilmam, eshitg‘on iliq so‘zing, kim,

Ko‘rg‘on raufliq chog‘i ko‘zing, kim,

Lek xurmisan yo bashar, o‘zing kim,

Hayratfizodur andoq yuzingkim,

Har qimki ko‘rdi hayratg‘a qoldi.

Komg‘a Ravoniy qanday etushdi,

Kim yov deb ani, bandi etushdi,

Yoronlari baxridin o‘tushdi,

To, ey parivash, ishqingg‘a tushdi,

Munis asiring majnun atoldi.

***

Andijon

20 05 2011

– – –

* … Progon – aristoncha shevada, 2009 yili yozilgan

* … Taxmis – mutaqorib bahri, fa’lun, faulun, fa’lun, faulun

http://yangidunyo.com/?p=19002#more-19002

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: