‘O‘zbekiston: Dissident ozod etildi, ammo adolatsiz hukm o‘zgarmadi’ – bbc uzbek


21 may 2011

“X’yuman Rayts Votch” xalqaro inson haqlarini saqlash tashkilotiga ko‘ra, o‘zbekistonlik dissident shoir Yusuf Juma garchi ozod etilgan bo‘lsa ham, unga chiqarilgan hukm bekor qilinmagan va hukumat ham ashaddiy tanqidchilarini yakson etishga qaratilgan kampaniyasini bo‘shashtirmagan.

Xalqaro tashkilot bu xususda shoirning qo‘yib yuborilishi munosabati bilan chiqargan bayonotida bildirgan.

“Yusuf Jumaning ozod etilishi ijobiy voqeilik bo‘lsa ham, u boshqa ko‘plab faollarning adolatsiz ravishda panjaralar ortida qolayotgani va ularning ozod etilishiga erishishning ham muhimligini yodga solishga xizmat qiladi,” deydi “X’yuman Rayts Votch”ning O‘zbekiston bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlov.

Tadqiqotchiga ko‘ra, “Yusuf Jumaning qamoqqa tashlanishi va u boshidan kechirgan nomaqbul munosabatlar O‘zbekistonda o‘zgacha fikrda bo‘lishning qanchalik xavfli ekanini urg‘ulaydi”.

Xalqaro tashkilot O‘zbekiston qamoqxonalaridagi sharoit qayg‘uli ekani, qiynoqlar va boshqa nomaqbul munosabatlar izchil tus olganini aytadi.

O‘z o‘rnida, inson huquqi himoyachisi sifatida olib borgan qonuniy faoliyatlari uchun qamoqqa tashlangan faollarning nomlarini ham keltirib o‘tadi.

Ularning sirasida Solijon Abdurahmonov, A’zam Formonov, Nozim Isakov, G‘aybullo Jalilov, Alisher Karamatov, Jamshid Karimov, Norboy Xoljigitov,.. kabi qator mahalliy inson huquqlari faollarini tilga oladi.

“X’yuman Rayts Votch” ulardan bir qanchasining salomatliklariga jiddiy putur etgani, qamoqxonada qiynoqlar va boshqa nomaqbul munosabatlarga duchor qilinganliklarini ham aytadi.

“Biz qamoqxonalarda qolayotgan boshqa fuqaroviy faollar va inson huquqlari himoyachilarining taqdirlaridan chuqur xavotirdamiz va ularni hech bir shartlarsiz zudlik bilan ozod etishga chaqiramiz,” deydi tashkilot tadqiqotchisi.

Janob Sverdlovning aytishicha, “Ularning ozod etilishiga erishish O‘zbekistonning ittifoqchilari e’tibor qaratishlari lozim bo‘lgan birlamchi masala bo‘lishi kerak”.

Xalqaro tashkilot bayonotidan ayon bo‘lishicha, Yusuf Juma O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga yo‘llagan pushaymonlik xati ortidan 19 may kuni qo‘yib yuborilgan.

Fuqaroviy faol, shoir va O‘zbek hukumatining ashaddiy tanqidchilaridan bo‘lgan Yusuf Juma siyosiy vajlarga asoslangan ayblovlar bilan 2008 yilning aprel oyida 5 yillik qamoq jazosiga hukm etilgandi.

Qamoqda ekani chog‘ida uning qiynoqlarga solinganiga oid xabarlar ham tarqalgandi.

Yusuf Juma 2007 yilgi prezidentlik saylovlari arafasida Islom Karimovning iste’fosini talab qilishi ortidan o‘g‘li bilan birga hibsga olingandi.

Turli xabarlarda uning Amerikaga, o‘z oilasining yoniga uchib ketgani aytiladi.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/05/110521_hrw_yusuf_juma.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: