May qahramonlari – uzxalqharakati.com


May 16, 2011

Karimov kelib xalq muammosini tinglar ekan. To‘g‘ri hokimiyat binosiga kelar ekan. Odamlar Bobur maydoniga yig‘ilishyapti ekan, – kabi ovozalar 2005 yilning 13 may – juma kuni Andijon shahri mahallalarida tez tarqalib ketdi.

Bir-ikki soatning ichida markaziy maydon va uning atrofini tumonat odam tutib ketdi. O‘zbekistonda shu kungacha bo‘lmagan voqea – prezidentning o‘zi kelib xalqqa bevosita quloq tutishini odamlar intizorlik bilan kuta boshladilar. Zarur ishlari bilan rayonlardan, boshqa shaharlardan yoki qo‘shni davlatlardan bozorga yo har xil idora-tashkilotlarga kelgan odamlar ham zo‘r qiziqish bilan prezident kelishiga ko‘z tutardilar.

Bobur maydoniga yig‘ilgan insonlarning toqati toq bo‘lgandi. Tushlikka yaqinlashyapti hamki, prezident kelay demasdi. Hech kimning maydonni tashlab ketib qolgisi kelmasdi. Ayollar kutardi, ota-bobolar kutardi, go‘daklar kutardi, nogironlar kutardi.

Kimningdir tashabbusi bilan hokimiyat binosi oldiga erkin mikrofon o‘rnatilib, fikr bildirmoqchi bo‘lgan kattayu kichik minbarga ko‘tarila boshladi. So‘zga chiqqanlar o‘z qiyinchiliklarini baralla ayta boshladilar. Xalq orasida prezident etib kelmay turib ham ularning ovozini eshitayotganiga ishonch tug‘ila boshladi. Dard-alam va muammolarini aytayotganlar och qola boshlagan bo‘lsalarda ovqatlanishga shoshmasdilar. Kimdir savatlarda yangi yopilgan issiq obi non olib kelib xalqqa tarqata boshladi. Yarim soatlardan keyin bu ishni qilayotganlar soni ko‘paydi. To‘planganlar o‘zlarini nonga tashlamas, navbati kelgandagina keragicha sindirib olar edi. Insonlar non bilan oziqlanishdan ko‘ra, erkin mikrofonda so‘zlayotgan hasratgo‘ylardan ko‘proq ilhomlanishar edi.

Maydon o‘rtasida 1000-1500 chog‘li ayollar va go‘daklar alohida to‘planib o‘tirishardi. Ular o‘z noroziliklarini, hasratlarini shaxsan prezident Karimovga etkazmoqchi bo‘lib kutib o‘tirishardi.

Karimov kelmadi. Uning o‘rniga o‘qotar BTR, mast-alast askarlar, qutirgan spetsnaz, qurolli texnika kirib keldi.

Oddiy xalq armiya kirib kelishini yomon deb qabul qilmadi. Ulardan yomonlik kutmadi. Prezident kelishidan avvalgi qo‘riqchilar bo‘lsa kerak deb qabul qildi. O‘sha “qo‘riqchilar” esa birin-ketin xalq umriga zomin bo‘la boshladi.

Avvaliga otishma va odamlar yaralanishiyu o‘lishlaridan xalq shok holatiga tushdi. Kimlardir askarlar otgan o‘qdan qonga belanib yotib qolar, kimlardir yaralanib o‘ziga himoya qidirardi. O‘layotganlar ayollar, bolalar, erkaklar, xullasi, kattayu kichik edi.

Kechki soat oltilargacha hech kim joyidan jilmadi. Askarlar goh o‘ng, goh chap tomondan bostirib kelib otardi. Snayperlar otardi. O‘liklar yonma-yon yotqizilib taxlanmoqda edi. Xalq shovqin qilmas, minbarda so‘zlayotganlarga quloq tutardi.

Ayollar o‘qdan ham, osmonda uchib yurgan vertolyotdan ham cho‘chimadilar. Kimdir: “Tinch namoyishchilar ustiga vertolyot yuborish deklaratsiyaga to‘g‘ri kelmaydi”, – deb gapirdi. Ayollardan biri: “Prezident erkakman deb deklaratsiyalarni buzayotgan bo‘lsa, biz ojiz ayollar maqsadimiz yo‘lidagi intilishimizni to‘xtatmaymiz”, – dedi. Ayollardan o‘q eb o‘layotganlari bir tomonga, yaralanayotganlari bir tomonga ajratilardi. O‘q egan ayollarning birontasi ham ingramas, tuban prezident I.A.Karimovdan noroziligini o‘limi oldidan ham boshini tik ko‘tarish bilan ifodalashar edi. Farzandi ko‘z o‘ngida o‘qdan tilka-pora bo‘layotgan ayollarning qo‘rquvi emas, zulmga bo‘lgan nafrati ortib borardi. Ular bir-birlarinigina emas, ularni o‘qdan himoyalab o‘zini qurbon qilayotgan erkaklarni ham bardam bo‘lishga undashar edi.

Bu ne ko‘rgulik-ki ayol yoshlari

Qon ila qalblardan quyilib kelar?!

Onayu qizlari – qari-yoshlari

Nolimay oyoqda mardona turar!

Qo‘rqyotgan ularmas, ayollar emas,

To‘maris, Nodira, D’Arklar cho‘chimas!

Iniga pusardi u qonxo‘r, iflos,

Zolim prezident, xoin, yaramas!

ayang bo‘lsa ham otarmiding?”-deb baqirardi. Bir-ikkitasi o‘q tekkanidan shikoyat qilgandek bo‘ldi, lekin umumiy holatni ko‘rib o‘zida chidashga jasorat topdi.Yosh bolalarda ham o‘zgacha kayfiyat jo‘sh urardi. Kimidir allaqachon hayotdan ko‘z yumgan, kimidir yarador ota-onasiga yordam beryapti, kimidir askarlarga qarab: “Nega oyijonimni otding? O‘zingning

“Bolalar baxtli yashashga haqli,

Ular ozod, hur bo‘lishi kerak”,

Degan gaplari firib, ayyorlik

Karimov nonko‘r, mug‘ombir, tullak!

O‘z qizing jahonda beor, uyatsiz

O‘zgalar qizini po‘rtlatding, otding?!

Bormi senda burd, rasvo, oriyatsiz?1

Go‘dak qonin ichib, gunohga botding!

Erkaklar alam va nafrati to‘lib toshdi. Ularning ko‘z o‘ngida ayollari, bolalari, ular himoya qilishi kerak bo‘lgan insonlar er tishlab yotardilar. Ular jasadlarni tashish, yaradorlarni dorilash, ayollar va bolalarni o‘qdan himoya qilib ko‘ksilarini jallod tomonga tutish bilan band edilar.

Tinch namoyishga chiqqanlarning qo‘lida kurashish uchun hech voqosi yo‘q edi. Kimlardir poylab borib chekka-chekkalarda pusib yotgan askar, snayperlarni tutib kela boshladi. Ulardagi qurollarda aytarli o‘q qolmagan, bor bo‘lsa ham otishni biladiganlar kam yoki o‘zbek askarlariga otishga botina olmasdi. “Ular ham kimningdir farzandi. Insofga kelib to‘xtab qolishar”, – deyishardi odamlar.

Insof bir mevadir, uning daraxti –

Sof yurak, adolat, haqiqatdir, bil!

Buzdi battol prezident qasam, ahdni.

Aytganidan qaytgandan shafqat kutmagil!

Yaradorlarni, keksalarni, yosh bolalarni opichlab olgan insonlar Qirg‘iziston chegarasi tomon tun bo‘yi yul yurdilar. Ta’qiblar davom etib kelayotganiga qaramay hech kim ortga chekinmasdi. Chegarada yana o‘q otishdi. Yana ko‘pchilik o‘ldi. Ming mashaqqat bilan chegradan o‘tib olganlarni Qirg‘iziston tomon yaxshi qarshi oldi. Xalq o‘z maqsadi – prezidentga muammolarni ochiq aytish – yo‘lidagi urinishidan qaytmadi. Lekin askarlar har tarafdan o‘rab olib halqni ota boshlagach halq shaharni tashlab chiqib keta boshladi. Odamlar to‘dasi ikkiga bo‘linib qoldi. Minglab odamlar Cho‘lpon ko‘chasi bo‘ylab Soy tomonga yura boshladi. U yo‘lda halq ayovsiz hujumga uchradi va natijada minglab insonlar qurbon bo‘lishdi. Erkagu-ayol, yoshu-qari demay minglab insonlarni qirib tashlashdi. Qochib boshqa ko‘chaga qochkanlarni ham tinch qo‘ymadilar. Ortidan o‘q otishar, yaralanib ortda qolib ketganlarga etib borib otib o‘ldirishardi.

O‘zbekistondagi totalitar tuzum zulmidan ezilgan, o‘z haq-huquqlari yo‘lida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib shahar va viloyat miqyosida kurashgan, haqqini talab qilib, haq o‘rniga o‘q egan bu insonlarni butun dunyo tanidi. U Qahramonlar barcha uchun qadrli hotiraga aylandi.

(Oddiy halqning qonli jumadagi oddiy hotiralaridan olindi)

http://uzxalqharakati.com/?p=78

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: