M.Solih: Rejim o‘z jazo mashinasi qurboni bo‘lishi mumkin – ozodlik.org


Uzbekistan – Dissident Uzbek poet Yusuf Juma, undated

20.05.2011

Barno Anvar

Shoir Yusuf Jumaning ozod bo‘lganini olqishlagan o‘zbek ziyoli va muxolifat vakillari rejimning bu qarorini chorasizlik o‘laroq baholamoqda.

O‘zbekistonlik muholifat faoli va ayni kezda “Birdamlik” harakati faoli bo‘lgan Dilrom Ishoqova dissident shoir Yusuf Jumaning 18 may kuni ozodlikka chiqarilgani haqidagi xabarni o‘zi uchun mutalqo kutilmagan xabar bo‘lganini aytar ekan, ayni paytda, uning ozod etilishi o‘zbekistonlik huquq faollari uchun katta g‘alaba emas, dedi.

– Biror joyda uning ozod bo‘lishiga ishora ham yo‘q edi. Lekin O‘zbekistonda hammamiz umid bilan o‘tirgandikki, “O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga siyosiy mahbuslarga ham amnistiya beriladi”, degan gaplar bor edi. Albatta, Yusuf Jumaning chiqishi inson huquqlarida erishilgan juda katta g‘alaba, deb o‘ylamayman. Lekin shuncha odam bir necha yildan beri Yusuf Juma uchun juda qattiq kurashdi. Ularning mehnati samarasini ko‘rganidan juda xursandman. Yusuf uchun xursandman, uning oilasi uchun xursandman, deydi Dilorom Ishoqova.

O‘zbekistonlik adabiyotshunos Baxtiyor Isabekov esa Yusuf Jumaning ozod etilishi o‘zbek muholifatining g‘alabasi, deb hisoblaydi.

– Yusuf Jumani ozod bo‘lgani bilan men Yusuf Jumaning o‘zinigina emas butun muxolifatni tabriklagan bo‘lardim. Juda katta voqea. Yusuf Jumaning demokratik va muxolifat harakatida o‘zining maxsus o‘rni bor. Gap shundaki, u faqat adabiyot yo‘li bilangina emas amaliy harakatda ham juda ko‘pchiligimizga namuna bo‘ladigan darajada harakat olib borgan o‘zbek xalqining haqiqiy ziyoli farzandlaridan biridir, deydi Baxtiyor Isabekov.

Ayni paytda Baxtiyor Isabekov Yusuf Jumaning she’riyatiga alohida to‘xtalar ekan, bu haqda ikki og‘iz qo‘shimcha qilishim shart, deya 1990 yillar avvalidagi bir voqeani esladi.

– Eslasam, universitet oldida bo‘lgan bir mitingda bo‘lgan chiqishda o‘qib bergan she’ri o‘sha paytda studentlarning olqishlarga sazovor bo‘lgani hamisha esimda. Hozirga kelib, uning she’rini birov she’riyat o‘lchoviga badiiy xususiyatlari bilan mos kelmaydi, deydigan bo‘lsa, adabiyot faqat badiyatgina emas. Badiiylikni xalqning hozirgi kundagi niyati, mo‘ljaliga xizmat qildira bilishning o‘zi ham uning aynan xalqparvar shoir ekanini ko‘rsatadi, deydi Baxtiyor Isabekov.

Amnesty International tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Meysi Vaysherding Yusuf Jumaning ozod etilishini olqishlar ekan, O‘zbekiston hukumati zimmasidagi majburiyat shu bilan to‘la soqit bo‘lmaganini alohida eslatdi.

– Biz Yusuf Juma ozod qilinganidan juda hursandmiz va buni olqishlaymiz. Umid qilamizki, u o‘z oilasi bag‘riga qaytgan va sog‘ligi uchun zarur muolajani olish imkoniga ega bo‘lgan. Lekin ayni paytda biz Yusuf Juma qamoqda qiynoqqa solinganiga oid arizalar bo‘yicha mustaqil tekshiruv o‘tkazishiga ham qattiq umid qilamiz. Chunki, Yusuf Jumani amnistiya qo‘llab, ozod qilish O‘zbekiston hukumati zimmasida turgan majburiyatning hammasi emas.

Hukumat mustaqil tekshiruv o‘tkazish imkonini berishi va Yusuf Jumaning qiynoqlar ostida iqrorlik ko‘rsatmasini yozgani tasdiqlansa, unga ma’naviy zarar va tovon puli undirilishi shart, – deydi Amnesty International tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Meysi Vaysherding.

Ayni paytda Yusuf Jumaning ozodlikka chiqishi ortidan O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan ko‘plab siyosiy mahbuslar ozod etiladi, degan umidlar yanada kuchaymoqda.

O‘zbekistonlik huquq himoyachilaridan olingan norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Murod Jo‘raev, Muhammad Bekjon kabi siyosiy mahbuslarning ozod etilishi mumkinligi haqida xabarlar bor.

O‘zbekistonlik muxolifat va huquq faoli Dilorom Ishoqova bunday xabarlarning rost bo‘lib chiqishiga umid qilib turganini aytar ekan, bunga mana bularni qo‘shimcha qildi.

– Asosiy dakki O‘zbekiston hukumatiga, xususan O‘zbekiston prezidentiga berilayotgan dakki, unga birinchi qo‘yilayotgan talab inson huquqlariga rioya qilishdir. Shuning uchun O‘zbekiston hukumati majburiy qadam qo‘yishga majbur. Kim bilan uchrashsak o‘sha erda bir qancha odamning ro‘yxatini beramiz. O‘shaning ichida Yusuf Juma, Murod Jo‘raev, Muhammad Bekjon hammasi bor. Mana shu ro‘yxatdagi odamlar bir-bir qamoqdan chiqib kelsa, albatta xursand bo‘lamiz,- deydi muholifat faoli.

“Erk” demokratik partiyasining rahbari Muhammad Solih O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga uzoq yillar qamoqda o‘tirgan ko‘plab siyosiy mahbuslarning ozod etilishi haqidagi xabarlardan faqat yaxshilikka umid qilishini aytar ekan, aslida bu O‘zbekiston hukumatining marhamati emas, balki majburligidan ko‘rgan chorasidir, deya Frants Kafkaning “Jazo koloniyasi” hikoyasidagi qahramon qismatini tilga oldi.

– Davlatning terror siyosati o‘zini oqlamadi. Garchand bu siyosatning o‘zini oqlamaganini tushunganiga ancha yillar bo‘lgan, lekin davlat strukturalari o‘zlari ishga tushirgan mashinani o‘zlari to‘xtata olmayapti hozir. Frants Kafkaning “Jazo koloniyasi” degan hikoyasida jazo mashinasini ishlab chiqqan  konstruktorning o‘zi o‘sha mashinani namoyish qilish uchun uning ostiga yotib, o‘sha mashina qo‘lida o‘ladi.

O‘zbekistonda ham rejim o‘zi yaratgan jazo mashinasining qurboni bo‘lishi ehtimoli juda katta. Hozir protest potentsiali juda yuksak O‘zbekistonda va buni nafaqat biz muxolifat o‘laroq aytayapmiz, balki butun dunyoda tahlilchilar shu fikrda. Hali ham kech emas va hukumat bu siyosatdan qaytib, yangi bir siyosat boshlayman desa. Ammo shaxsan men bunga ishonmayman, tabiiy,- deydi “Erk” demokratik partiyasi rahbari Muhammad Solih.

Eslatish joiz, shu yil mart oyida Muhammad Solihning ukasi Rashid Bekjon 12 yillik qamoqdan so‘ng ozod etilgan edi.

Rashid Bekjon ham Ozodlikka bergan intervьyusida O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan ko‘plab siyosiy mahbuslarning ozod etilishi mumkinligi haqida so‘zlagan edi.

Hozir O‘zbekiston qamoqxonasida siyosiy fikri va e’tiqodi uchun qamalgan mahbuslar soni huquqni himoya qiluvchi turli tashkilotlar hisob-kitobiga ko‘ra, 10 mingdan – 18 mingga qadardir.

O‘zbekiston hukumati bilan inson huquqlari ustivorligini da’vo qilgan xalqaro tashkilotlar va xorij hukumatlari o‘rtasida yurgan ro‘yxatda esa o‘sha minglab mahbusdan bir necha o‘n nafarining ism-familiyasi o‘rin olgan.

Amnesty International tashkiloti tadqiqotchisi Meysi Vaysherding: “Ba’zan bu ro‘yxatning qayta va qayta eslatilishi biror foyda berishiga ishonch susayganday ko‘rinsa-da, ehtimol, Yusuf Jumaning ozod etilishi, bu ish oxir-oqibatda natija berganiga bir dalildir”, deya umid qilishini aytadi.

http://www.ozodlik.org/content/article/24181338.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: