Yusuf Jumaning ozod qilinishi— siyosiy muloqotlar samarasi – yangidunyo


May 20th, 2011

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi tizimidagi 64/71-muassasa (Jasliq lageri, Qoraqalpog‘iston)da saqlanayotgan hurriyatparvar shoir, dissident Yusuf Jumaning Toshturmaga keltirilgani, uning ozod qilinishi haqidagi ma’lumotlar jamiyatimizga 3-4 kun avval kelib tushgan va bu borada O‘zbekiston hukumati bilan qator demokratik doiralarning muloqotlar olib borayotgani haqida xabarlar mavjud edi. Biroq mazkur ma’lumotlar uning ozod qilinishi bilan bog‘liq jarayonga muayyan darajada ta’sir o‘tkazishi ehtimolidan ma’lumotlar ochiqlanmadi va shoir ozodlikka chiqarilib, u AQShga uchib ketgach, bu haqda gapirishning mavridi etdi.

Shubhasiz, shoirning ozodlikka chiqishi  AQSh Davlat Kotibi Hillari Klinton va boshqa bir qator demokratik hamjamiyat namoyondalarining mamlakatimizga tashrifi hamda ular tomonidan O‘zbekiston hukumati bilan olib borilgan siyosiy muloqotlarning samarasidir. Qolaversa, siyosiy mahkumlar masalasida demokratik hamjamiyat e’tiborini jalb qila olgan mamlakatimizdagi fuqarolik jamiyati vakillari, xususan, O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyatiing ham o‘ziga xos ulushi bor. Modomiki, siyosiy qarashlari tufayli biror fuqarolik jamiyati vakili, huquq himoyachisi, muxolifatchi yoki jurnalist qamoqxonada qolarkan, bu masala kun tartibidan tushmaydi…

Xorijiy mamlakatlarda tuzilgani e’lon qilinayotgan “O‘zbekiston xalq harakati” nomli ittifoq o‘z saflariga dindorlar va ayrim “demokratik” doiralarni birlashtirayotgani, ularning mamlakatdagi tuzumni inqilobiy yo‘l bilan ag‘darishga bel bog‘lagani haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda. Mazkur siyosiy kaltafahmlik va nojiddiy harakatlarning ko‘proq provakatsion xarakterga ega ekani, harakat tufayli 2005 yildagi Andijon voqealari takrorlanishi va shundan so‘ng mamlakat yana chuqur izolyatsiyada qolishi ehtimoli reallashmoqda. Yusuf Juma va qamoqda qolayotgan boshqa siyosiy mahkumlar Andijon hodisasidan keyingi vaziyat qurboni ekanini inobatga olsak, uzoq Evropadagi harakatlarning nechog‘li xavfli ekanini tushunish qiyin emas. Kamida O‘zbekistonning demokratik G‘arb va AQSh bilan demokratik integratsiyasini barbod qiladigan, mamlakatdagi totalitar boshqaruvning uzoq yillar hukmronlik qilishiga imkon beradigan bu harakatga jamoatchilik tomonidan siyosiy baho berilishi lozim.

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati hurriyatparvar shoir va “Birlik”chi Yusuf Jumaning ozod qilinishini olqishlaydi. Ayni paytda mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari, sud hokimiyatini shoirning sudlanganligi bilan bog‘liq huquqiy oqibatlarni tugatish va boshqa siyosiy mahkumlar ishini qayta ko‘rishga chaqiradi.

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati

http://yangidunyo.com/?p=18996

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: