Yusuf Juma ozodlikka chiqib, AQShga etib keldi – ozodlik.org


20.05.2011

Bu haqda “Ezgulik” jamiyati Ozodlikka ma’lum qildi. Yusuf Jumaning oilasi ikki yilda beri AQShda yashab kelayotgani edi.

“Ezgulik” jamiyati 20 may kuni tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, dissident shoir Yusuf Juma 18 may kuni qamoqdan ozod bo‘lgan va tez orada AQShdagi oilasi yoniga uchib ketgan.

“Ezgulik faoli” Abdurahmon Tashanovning Ozodlikka aytishicha, Yusuf Jumaga nisbatan amnistiya qo‘llanilgan.

– Yusuf Juma 3-4 kun avval Jasliqdan Toshturmaga keltirilgan va uning ozod qilinishi ma’lum edi. Uning AQShga ketish jarayoniga ta’sir qilmaslik uchun biz bu narsani oshkor qilmagan edik. Yusuf Juma amnistiya asosida ozodlikka chiqarildi. Bu AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro muloqatlar natijasida amalga oshdi. Yusuf Juma 18 may kuni qamoqdan chiqarildi va 19 may kuni AQShga uchib ketdi,- dedi Abdurahmon Tashanov.

Yusuf Juma 2008 yilning aprel oyida o‘zi va o‘g‘li Boburga nisbatan soxtalashtirilgan tan jarohati etkazish va hokimiyat vakiliga bo‘ysunmaslik ayblari bilan mahkama jarayoniga tortilib, besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Yusuf Juma qamoqda uch yil o‘tirdi.

U 2007 yilda Islom Karimovning navbatdagi prezidentlik muddatiga saylanishini “aksil-konstitutsiyaviy”, deya atab oilasi bilan norozilik aktsiyalarini uyushtirganidan keyin rasmiylar ta’qibiga uchragan va 2008 yilda qamoqqa tashlangan edi.

Qator xalqaro tashkilotlar va xorij hukumatlari muxolifatchi shoirni ozod etilishini talab qilib kelgan edi.

Xususan, AQSh va Evropa Ittifoqi O‘zbekiston hukumatini Yusuf Juma va boshqa siyosiy mahbuslarni ozod etishga chaqirib keladi.

Bunday chaqiruvlar Human Rights Watch, Amnesty International, Freedom House kabi xalqaro tashkilotlar hamda mahalliy huquq guruhlari tomonidan ham bildirib kelinadi.

http://www.ozodlik.org/content/article/24180735.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: