Yusuf Juma ham O‘zbek hukumati uchun ‘oldi-berdi’ ob’ektiga aylandimi? – bbc uzbek


20 may 2011

Taniqli o‘zbek dissident shoiri Yusuf Jumaning O‘zbekiston qamoxonasidan to‘satdan ozod etilib AQShga uchib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.

O‘zbek rasmiylari siyosiy mahbuslar deb bilingan shaxslarning tutqunlikdagi ahvoli borasida axborot tarqatmaydilar, Yusuf Jumaning oilasi ommaviy axborot vositalari uchun bu borada biror ma’lumot berganlari yo‘q.

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Yusuf Jumaning ozod etilishini olqishlab bayonot e’lon qilgan, unda O‘zbek shoirining ozod qilinishi “insonparvarlik belgisi” deb ta’riflangan.

“Ezgulik” inson huquqlarini himoya qilish jamiyatidan xabar berishlaricha, dunyoning eng mashhur dissidentlari ro‘yxatiga kiritilgan Yusuf Juma 10 may kuni hibsda saqlanayotgan “Jasliq” qamoqxonasidan boshqa joyga ko‘chirilgan va salomatligi tiklangan.

“Ezgulik” faoli Abdurahmon Tashanov fikricha, taniqli o‘zbek shoiri va muxolifatchisining ozod etilishi AQSh bilan rasmiy Toshkent o‘rtasidagi dialogning natijasidir.

Aksar kuzatuvchilar fikricha, O‘zbekiston hukumati mamlakatdagi muxolifat faollari va inson huquqlari himoyachilari, mustaqil jurnalistlarni soxta ayblovlar bilan hibsga olish va G‘arb rasmiy doiralari bilan muzokaralarda “oldi-berdi” ob’ektiga aylantirishni odat qilgan.

Kuzatuvchilar 1990 yillarda inson haqlari faollari Mahbuba Qosimova, Ismoil Odilovlarning hibsga olinishi va ozod etilishlarini, bugungi kunda O‘zbekiston tashqarisiga chiqib ketishga majbur bo‘lgan Yodgor Turlibekov, Ulug‘bek Haydarov, Mo‘’tabar Tojiboeva, Sanjar Umarovlar ishlarini eslatadilar.

Mo‘’tabar Tojiboevaning ozodlikka chiqarilgani 2008 yil iyunida Toshkentda rasmiylar bilan uchrashayotgan AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Richard Baucherga O‘zbekiston hukumatining ulkan bag‘rikengligi sifatida taqdim etilgan.

Yusuf Juma 2007 yilgi prezidentlik saylovlari arafasida Islom Karimovning iste’fosini talab qilishi ortidan o‘g‘li bilan birga hibsga olingan va besh yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Uning yaqinlari “Jasliq” qamoqxonasida qiynoqlarga solinayotgani haqida ko‘p marta xabar berishgan.

51 yoshli shoir Yusuf Juma 1980-yillarida she’riyatga kirib kelgan, uning “Haqiqatning oltin olmasi” nomli ilk she’riy to‘plami 1984 yilda chop etilgan.

Muxolifatdagi “Birlik” xalq harakati faollaridan bo‘lgan shoir 2001 yilda bir turkum she’rlari uchun “davlat tuzumiga tajovuz qilish”da ayblanib, qamoqqa tashlangan.

Yusuf Juma va oilasi Prezident Islom Karimovning siyosatini ochiq tanqid qilganlari va amaldagi tuzumga nisbatan faol fuqarolik mavqe’ini egallaganliklari uchun ta’qib qilinganliklarini aytishadi.

Shoirning ayoli va uch o‘g‘li ta’qiblardan qochib, O‘zbekistonni tark etishga majbur bo‘lganlar va AQShdan boshpana topganlar.

Yusuf Juma ozod etilgani haqidagi xabarlar borasida “Ezgulik” inson huquqlarini himoya qilish jamiyati faoli Abdurahmon Tashanov bilan suhbat

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/05/110520_yusuf_juma_released.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: