Muxolifat Berlindagi Qurultoyga o‘zbek hukumati raxbarlarini taklif etadi – uznews.net


20.05.11

Uznews.net – 23-24 may kuni Berlinda yaqinda tashkil etilgan muxolifatdagi “O‘zbekiston Xalq Harakati” Qurultoyi bo‘lib o‘tadi, uning tashkilotchilari, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasiga taklifnoma jo‘natib o‘zbek hukumati vakillarini ham anjumanga taklif etishgan.

“O‘zbekiston Xalq Harakati” (O‘XH) faollarining tasdig‘iga ko‘ra, Qurultoy mehmoni sifatida ular O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norovni ko‘rishni istashgan, 24 dan 26 mayga qadar u ishchi tashrif bilan Germaniyaga safar qilishni mo‘ljallagan.

Ikki kunlik Qurultoyda, uning tashkilotchilari axborotiga ko‘ra, 50 ta atrofida odam yig‘ilishi kerak.

Dastlabki kuni tashkiliy masalalar ko‘riladi va O‘XHning asosiy rahbariyati saylanadi.

Ikkinchi kunga, nafaqat muxolifatchilar, balki O‘zbekiston bo‘yicha boshqa mamalakatlarning mutaxassislari taklif etilgan O‘zbekistondagi vaziyatga oid xalqaro anjuman rejalangan.

O‘XH liderlaridan biri, “Erk” partiyasi raisi Muhammad Solihga ko‘ra, harakat faollari o‘z oldilariga O‘zbekistondagi Islom Karimov rejimini ag‘darishni maqsad qilishgan va harakat tarafdorlari tobora ortmoqda.

“O‘XHga xayrixohlar ortmoqda. Hatto elektron pochta va Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlar orqali, odamlar qo‘llab quvvatlashlarini bildirishmoqda, jumladan moddiy yordam berishga tayyorlar bor”, – deydi, 1993 yildan buyon quvg‘inda yashayotgan Solih.

“Shunday davom etishi mumkin emasligini, hamma tushunayapti. O‘zbekistonda o‘zgarishlar qilish lozim va bizning birlashishimiz va harakat boshlashimiz zarur», – deya hisoblaydi Solih.

Tarqoq muholifatni birlashtirishga ilgari ham bir necha bor harakat qilingan, biroq, Solihning fikriga ko‘ra, bugun bunga haqiqiy imkoniyat etilgan.

Uning fikriga ko‘ra, O‘XH da muvaffaqiyat uchun barcha imkoniyat bor, chunki uning safiga turli partiya va guruhlar qo‘shilgan, ko‘pchilik esa o‘z xayrixohligini bildirmoqda: “chunki hal qiluvchi palla, O‘zbekiston xalqi manfaatlarini har narsadan yuqori qo‘yish vaqti keldi”.

O‘XH shu yilning aprelida tashkil bo‘ldi. Kelasi xaftadagi Qurultoyda Harakat Nizomi va dasturi tasdiqlanishi, shuningdek asosiy uchta boshqaruv tarkibi – yangi tashkilotning bosh siyosiy tizilmasi bo‘lgan Ta’sischilar yig‘ilishi, qonunchilik organlari bo‘lgan Markaziy kotibiyat va Taftish hay’ati saylanishi kerak.

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=hot&cid=30&nid=17241

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: