Lola Karimova-Tillaeva da’vosi bo‘yicha mahkama qarori 1 iyulda e’lon qilinadi – bbc uzbek


20 may 2011

Rue89 Bosh muharriri Pьer Xaski va maqola muallifi Ogustin Skalbert mahkama boshlanishi oldidan

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillaevaning Rue89 Internet nashriga qarshi da’vosi bo‘yicha ishni ko‘rib chiqqan Parij mahkamasi o‘z qarorini 1 iyulda e’lon qilishi haqida ma’lum etgan.

O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi Lola Karimova-Tillaeva frantsuz veb-saytini o‘zini “diktatorning qizi” deb atagani uchun sudga bergan.

“Mamlakat rahbarini qachon diktator deb atash mumkin? Parijda bo‘lib o‘tgan noodatiy mahkama ishining markaziga ushbu savol qo‘yilgan”, deb yozadi Bi-bi-si muxbiri Deyan Radoevich.

Prezident Karimov qudratga 20 yil oldin, hali O‘zbekiston Sovet Ittifoqining tarkibida bo‘lgan payt kelgan.

Uni ko‘pincha o‘zining muxoliflari va tanqidchilarini shafqatsiz bostirishda ayblashadi.

Ammo uning kichik qizi Lola Karimova-Tillaeva o‘zining mamlakati haqida o‘zgacha tasavvur uyg‘otishni xohlaydi.

Karimova-Tillaeva xonim BMTning Parijda joylashgan madaniy tashkilotida O‘zbekiston elchisi lavozimida faoliyat yuritadi va u tashkil etgan tadbirlarda mashhur insonlar ishtirok etganlar.

O‘tgan yili Frantsiyaning Rue89 veb-sayti Lola Karimova-Tillaeva haqida maqola yozgan, uni “diktatorning qizi” deb atagan.

Maqolada o‘zining xayriya kechasida qatnashishi uchun mashhur aktrisaga pul bergani yozilgan.

Lola Karimova-Tillaeva Internet sahifani bo‘hton qilishda ayblab mahkamaga murojaat qildi, u aktrisaga pul berganini rad etadi va “diktatorning qizi” iborasini haqoratli deb topgan.

Himoya tarafi janob Karimovning diktatorligini isbotlashga harakat qilishini aytgan.

Bu maqsadda mahkamaga guvohlik berishi uchun Frantsiyada muhojirlikda yashayotgan ikki taniqli inson huquqlari himoyachisini chaqirishga qaror qilingan.

19 may kuni Parijdagi Adolat mahkamasida “O‘tyuraklar klubi” tashkiloti rahbari Mo‘’tabar Tojiboeva, “Markaziy Osiyoda inson huquqlari” assotsiatsiyasi rahbari Nadejda Otaeva qatnashganlar.

Inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkilotlari O‘zbekiston hukumatini jahondagi eng repressiv hukumatlardan bir deb ta’riflab keladilar.

Lekin ular Parijdagi mahkama jarayonini olqishladilar, inson haqlari tashkilotlariga ko‘ra, bu O‘zbekistondagi vaziyatga yanada ko‘proq xalqaro e’tibor qaratish imkoniyatini tug‘diradi.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/05/110520_cy_paris_court.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: