Karimova Parijda sahovatpesha metsenat kabi taqdim etildi – uznews.net


20.05.11

Lola Karimovaning advokati Antuan Jermen; foto: Uznews.net (c)

Uznews.net – Lola Karimova bazmda 20 minut qatnashgani uchun Monika Beluchchiga 190 emas, balki 230 ming evro to‘lagan, Rue89dan “tuxmati” uchun undiradigan 30 ming pulni esa u, Frantsiyaning sobiq bosh honimi Bernadett Shirak jamg‘armasiga o‘tkazmoqchi.

Payshanba kuni Parijda Lola Karimovaning tuhmat haqidagi da’vosiga ko‘ra mahkama boshlandi. U bitta savol: uning otasi, O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov diktatormi degan savolga javob topishi kerak.

Frantsiya Oliy sudi shuningdek, Frantsiyaning Rue89 nashri “diktatorning qizi” deya atagan Lola Karimovaning obro‘siga ziyon etgan etmaganini ham aniqlamog‘i lozim.

Karimova himoyasi

Lola Karimovaning advokati Antuan Jermen (Antoine Germain) jarayon haqida gapirarkan, uni “grotesk” deya atadi.

“Bu degani, Dominik Stross-Kanning qizi zo‘rovonning qizidir deya yozish bilan barobar”, – dedi Jermen, 14 may kuni Nьyu Yorkda otel xizmatchisini zo‘rlashga urinishda ayblangan MVFning sobiq rahbari va Frantsuz sotsialistlari lideri Dominik Stros Kan ishidan iqtibos keltirib.

O‘z otasi tomonidan O‘zbekistonning Parijdagi YuNESKO elchisi etib tayinlangan Lola Karimova, sudda uning advokatining aytishicha, tag‘in “Sen – yolg‘iz emassan” hayriya jamg‘armasiga rahbarlik qiladi.

“Uning jamg‘armasi madaniyat almashuviga ko‘maklashadi va ehtiromga loyiqdir”, – deya bildirdi Karimova advokati.

“Ushbu mahkama O‘zbekiston siyosati haqida emas, tuhmat haqidagi ishni ko‘rmoqda”, – dedi u va “maqola uning [Lola Karimovaning] obro‘siga soya solmoqda” deya qo‘shimcha qildi.

Sud zalida o‘n besh minutlik videorolik namoyish qilindi, unda Karimova jamg‘armasi tomonidan moliyalangan muassasa g‘amho‘rligidagi nogiron-bolalar va etimlar ko‘rsatildi.

Advokat shuningdek, Rue89 dan ma’naviy zararni qoplash uchun Lola Karimova talab qilayotgan 30 ming evro, Frantsiyaning sobiq bosh honimi Bernadett Shirak jamg‘armasiga hayriya etilishini bildirdi.

Lola Karimovaning o‘zi bu surishtiruvda ishtirok etgani yo‘q.

Rue89

Bevosita mahkamaga tortilgan Rue89 ning bosh muharriri Pьer Aski (Pierre Haski), mahkama zaliga ishonch bilan kirib keldi.

“Men tashvishlanmayapman, chunki biz o‘z huquqimiz doirasida harakat qildik va bu surishtiruvni ahmoqgarchilik deb bilaman”, – dedi u va bu mahkama O‘zbekiston hukumatiga yomon ta’sir ko‘rsatishi haqida qo‘shimcha qildi.

Rue89 saytini himoya qiluvchi advokat, Antuan Komte Lola Karimovani tsenzurada aybladi.

“Frantsuz sudlari bu kabi mojarolar, masalan inson huquqlari ahvoli nochor horijiy o‘lkalar o‘z nomlarini shu yo‘l bilan oqlashi bilan bog‘liq holatlarga ko‘nikkan. Hanuzgacha bu kabi harakatlar muvafaqiyat qozongani yo‘q”, – dedi u.

Mahkama da’vosiga sabab bo‘lgan maqola muallifi bo‘lmish jurnalist Ogyusten Skalber esa, bu ishni mutlaqo asossiz deb hisoblaydi.

Biroq bu surishtiruv uning xabarlar sayti ommaviylashuvining yanada kengroq qamroviga olib keladi.

“Bu shuningdek o‘zbeklar uchun ham muhimdir, chunki ularning ovozi tinglanadi”, – dech qo‘shimcha qildi u.

Himoya tomoni guvohlari

Mahkama surishtiruvi doirasida, ma’lumot berish uchun o‘zbek hukumati jabrdiydalari bo‘lgan o‘zbek faollari chaqirildi.

Ularning biri, huquq himoyachisi Mo‘tabar Tojiboeva bir necha yuzlab tinch namoyishchilar halok bo‘lgan va bedarak ketgan Andijonda yuz bergan 2005 yilgi fojiali voqeadan keyin unga nisbatan qilingan qiynoqlar va zo‘rlashlar haqida gapirdi.

Huquq himoyachisi turmalarda kechirgan ko‘rgiliklaridan gapirarkan, sud zalida qabr sukunati hukm surdi.

“Ular zo‘rovonlik bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazib, mening badanimga shikast etkazishdi, – dedi Tojiboeva. – Biroq mening ruhim singani yo‘q!”

Ikki yarim yil panjara ortida o‘tirgach, u xalqaro hamjamiyat bosimi natijasida ozod qilingan va endilikda Frantsiyada quvg‘inda yashamoqda.

Monika Beluchchiga 190 emas 230 ming evro berilgan

Sudda shuningdek, Rue89 himoya tomoni guvohi, italyan aktrisasi Monika Beluchchining 2010 yilning boshida Parijda o‘tkazilgan hayriya balida ishtirok etgani uchun Karimova jamg‘armasi sahovat bilan haq to‘laganiga dalil keltirdi.

Hujjatda aytilishicha, o‘zining 20-minutlik paydo bo‘lgani uchun kino yulduzi, Rue89 ilgari xabar qilganidek 190 ming emas, balki 230 ming evro olganligi ma’lum bo‘ldi.

Guvoh, frantsuz jurnalisti Anaelь Verzo, unga ahborot etkazgan manbani himoya qilish maqsadida raqamlarni o‘zgartirganini tushuntirdi.

“Uning o‘z mamlakatiga qanday nafi tegishi mumkin, agar o‘zining ko‘p vaqtini modalar ko‘rgazmasida mashhur yulduzlar bilan o‘tkazsa?” – dedi Karimova haqida, sudda guvoh sifatida ishtirok etayotgan o‘zbek huquq himoyachisi, bugungi kunda Frantsiyada yashayotgan Nadejda Ataeva.

“Nima uchun u, paxta dalalarida ishlashga majbur bo‘layotgan o‘zbek bolalariga yordam berish uchun hech narsa qilmayapti?”, – deya qo‘shimcha qildi u.

Ataeva ko‘rgazma berarkan, hatto O‘zbekistonda rasman demokratik institutlar mavjud bo‘lgan taqdirda ham, aslida “ularning bari amalda Islom Karimovga va uning qizlari xohishlariga bo‘ysunadi” dedi”.

U shuningdek, Karimov bilan uning otasi o‘rtasida chiqqan ziddiyat tufayli mamlakatni tark etganini urg‘uladi.

“Mening O‘zbekistonda qolgan birorta qarindoshim, hozir ish topa olmaydi”, – dedi huquq himoyachisi.

Parijdagi Oliy sud, Lola Karimova da’vosi yuzasidan 1 iyulda qaror chiqaradi.

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=31&nid=17243

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: