Isyonkor shoir Yusuf Juma ozod etilib AQSh sari yo‘l oldi – jarayon.com


Juma, 20 – May 2011

O‘zbekistondagi rusiyzabon “Uzmetronom” Internet nashri tomonidan tarqatilgan ma’lumotga ko‘ra buxorolik taniqli shoir Yusuf Juma qamoqdan ozod qilingan. Nashrga ko‘ra, shoir O‘zbekiston prezidenti nomiga yozgan arizasi va unda o‘z aybiga iqror bo‘lib, tavba qilgani hamda mamlakat mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan avf etilgan. “Uzmetronom” yozishicha, shoir Yusuf Jumaga O‘zbekistonni hech qanday taqiqsiz tark etish va AQShda yashayotgan oilasi bilan qo‘shilish imkoniga ega.

O‘zbekistonlik huquq himoyachisi Bahtiyor Hamraevga ko‘ra, mazkur ma’lumotni tasdiqlatish, tekshirib ko‘rish birmuncha qiyin kechmoqda. Shoirning O‘zbekistonda qolgan yaqinlari bilan telefon aloqa o‘rnatish mutlaqo imkonsiz, Yusuf Jumaning qizi Feruza Jumaevaning telefonlari negadir javob bermayapti. Ammo shunga qaramay, B.Hamraevga ko‘ra, bu xabarda jon borga o‘xshaydi, zero uning manbalariga ko‘ra, Jasliq jazoni ijro etish muassasasida shoir yo‘q. “Men shunday bo‘lishi mumkin degan gumondaman, chunki shunga yaqinroq ishoralar bor, ammo shoir kechirim so‘rab, aybiga iqror bo‘lganiga ishonmayman”, dedi B.Hamroev.

Ayni damda Turonzamin nashri tomonidan tarqatilgan ma’lumotga ko‘ra, “shu daqiqalarda o‘zbekning buyuk shoiri Yusuf JUMA o‘rin olgan samolyot AQSh tomonga yo‘l oldi. U bilan birga qizi Feruza va nevarasi Sanjar ham kelmoqda”. Nashrning yana ma’dlum qilishicha, Toshkent aeroportida ekanligida Yusuf Juma AQShda yashayotgan umr yo‘ldoshi Gulnora Oltieva bilan telefon orqali gaplashgan. “Milliy shoirimizning umr yo‘ldoshi, farzandlari va do‘stlari shodlik bilan uni kutmoqlar. Shoirning ozodlikka chiqishi AQSh Davlat Kotibi Hillari Klinton, Xalqaro Respublikachilar Instituti prezidenti Loren Kraner va boshqa mas’ul kishilarning bevosita aralashuvi, sa’yi-harakatlari bilan amalga oshdi”, deb yozadi Turonzamin nashri.

Shoir Yusuf Juma 2008 yili Jinoyat kodeksining 3 ta moddasida 104- (qasddan tan jarohati etkazish), 140- (haqorat qilish) va 219- (hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish) moddalari bo‘yicha aybdor deb topilib 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan jazo muddatini manzil koloniyasida o‘tkazishi kerak edi. Ammo noma’lum sabablarga ko‘ra, jazo muddatini o‘tash joyi o‘zgartirilib, u Jasliq jazoni ijro etish muassasasiga o‘tkazilgan edi.

http://www.jarayon.com/index.php?option=com_content&view=article&id=1387:2011-05-19-22-54-46&catid=54:habarlar&Itemid=70

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: