Germaniya Norov tashrifidan O‘zbekistonga bosimni kuchatirish maqsadida foydalanishi kerak – ozodlik.org


Evropa Ittifoqining Toshkent rejimiga sanktsiyalari amal qilgan davrda ham Germaniya O‘zbekiston bilan yaqin aloqalarni saqlab kelgan.

20.05.2011

Germaniya hukumati O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norovning Berlinga tashrifidan foydalanib rasmiy Toshkent mamlakatda inson huquqlariga oid vaziyatni yaxshilash bo‘yicha konkret choralarni ko‘rish borasida bosimni kuchaytirishi kerak.

Hyuman rayts uotch inson huquqlari tashkiloti e’lon qilgan bayonotda O‘zbekiston hukumatining inson huquqlarini qo‘pol tarzda buzish va Evropa ittifqoining vaziyatni yaxshilash chaqiruvlarini bepisand qoldirib kelayotgan bir paytda Germaniya hech bir shartsiz O‘zbekiston bilan aloqalarni chuqurlashtirdi, deyiladi.

HRU O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norovning 24 may kuni Berlinga borishi oldidan e’lon qilgan press-relizda, shuningdek, yaqinda Germaniya O‘zbekiston hukumatiga nisbatan sanktsiyalar joriy etilgan davrda va inson huquqlariga oid mezonlarni e’tiborga olmagan holda Termizdagi harbiy baza uchun O‘zbekistonga millionlab evro miqdorida haq to‘lab kelgani aniqlanganini ham qayd etdi.

Press-relizda HRUning O‘zbekiston bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlovning: “O‘zbekistonning nufuzli mulozimini qabul qilish bu davlat hukumatining inson huquqlarini dahshatli tarzda buzayotgani haqida ochiq gapirish vazifasini taqozo qiladi. Germaniya O‘zbekistonga bundan keyin boshqacha ish tutilishini bildirib qo‘yishi shart”, degan so‘zlaridan iqtibos keltiriladi.

Matbuotda paydo bo‘lgan xabarlarga ko‘ra, Germaniya 2005 yildan 2009 yilgacha Termiz havo bazasidan foydalanish uchun O‘zbekiston hukmatiga jami qariyb 68 million evro miqdorida haq to‘lagan. 2010 yilda esa to‘lovlar miqdori 26 million evroga yaqinlashgan, deyiladi HRU bayonotida.

HRUning Germaniya idorasi rahbari Venzel Mixalski, rasmiy Berlin Termiz bazasi uchun pul to‘lar ekan, Toshkent rejimi oldida tili qisiq bo‘lmasligi va isnon huquqlari vaziyatini yaxshilashni talab qilishi lozim, deydi.

– Termiz bazasi Germaniyaning Afg‘onistondagi operatsiyalari uchun muhimdir, lekin Germaniya bu baza uchun millionlab evro miqdorida yaxshigina haq to‘lamoqda. Shunday ekan, Germaniya o‘zini muttahamdek his etishni bas qilishi va O‘zbekiston hukumati bilan inson huquqlari borasida muzokara qilib, vaziyatni yaxshilashni talab qilishga haqlidir. Shuning uchun ham Germaniya hukumatidan O‘zbekistondagi inson huquqlariga oid ayanchli vaziyatni yaxshilash borasida O‘zbekiston hukumatiga bosim o‘tkazish uchun qo‘lidan kelgancha harakat qilishini kutamiz,- deydi HRU rasmiysi janob Mixalski.

Ayni paytda, O‘zbekiston hukumati kuni kecha Evropa Ittifoqi ozod qilishni talab qilib kelgan siyosiy mahbuslardan biri shoir Yusuf Jumani ozod qilgani ma’lum bo‘ldi. Bundan ikki oycha avval “Erk” demokratik partiyasi a’zosi Rashid Bekjon ozodlikka chiqqan edi.

Huquq himoyachisi Mixalski siyosiy mahbuslarning ozod etilishi ijobiy hol, lekin O‘zbekiston qamoqlarida siyosiy mahbuslar qolar ekan vaziyat jiddiy tarzda yaxshilandi, deb bo‘lmaydi, degan fikrda.

– Siyosiy mahbuslarning ozod etilishi albatta yaxshi tomonga o‘zgarishdir va bundan mamnunmiz, lekin qamoqlarda ko‘plab boshqa siyosiy mahbuslar, jumladan huquq himoyachilari va faollar qolmoqda. Ularning hammasi ozod etilishi shart. Nega bitta odam ozod qilinishi kerak, nega siyosiy mahbuslarning hammasi ozod etilmaydi? Shuningdek, O‘zbekiston qamoqlarida ro‘y berayotgan qiynoq hollari ham to‘xtatilishi darkor va qiynoqlar uchun mas’ul bo‘lgan huquq tartibot idoralari xodimlari va rasmiylari javobgarlikka tortilishi lozim,- deydi HRUning Berlin idorasi direktori Venzel Mixalski.

HRU press-relizida aytilishicha, 19 may kuni Bundestagning to‘rt a’zosi kantsler Angela Merkel hukumatidan O‘zbekiston hukumati bilan muloqotlar chog‘ida qamoqqa tashlangan huquq himoyachilari masalasini ko‘tarishni talab qilgan. Viola fon Kramon boshchiligidagi deputatlar rasmiy Berlin O‘zbekiston rejimi bilan munosabat qilarkan, undan inson huquqlarini buzishni to‘xtatishni talab qilishi lozimligini bayon qilgani aytiladi press-relizda.

Inson huquqlari tashkilotlariga ko‘ra, O‘zbekiston qamoqlarida hozirda kamida 13 nafar siyosiy mahbus, jumladan huquq faollari, jurnalistlar va faollar qolmoqda. Ularning ko‘pchiligi qiynoqlarga solib kelinadi.

Shuningdek, O‘zbekistonda minglab oddiy musulmonlar o‘z e’tiqodlari uchun ekstremizda ayblanib, qamoqqa tashlangan. Ularning ko‘pchiligi jazo muddati tugashiga yaqin qolglanda “qamoqxona qoidalarini buzganlikka oid soxta ayblovlar bilan qayta sudlanib qamoq muddatlari uzaytiladi”, deyiladi HRU bayonotida.

http://www.ozodlik.org/content/article/24181161.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: