AQSh O‘zbekistonga yangi elchi yuboradi – ozodlik.org


Jorj Albert Krol yaqin kunlarda AQShning O‘zbekistondagi elchisi lavozimini egallaydi.

20.05.2011

AQSh Senatining Xalqaro aloqalar qo‘mitasi O‘zbekistondagi AQSh elchisi lavozimiga Jorj Albert Kroll nomzodini tasdiqladi.

Bu haqda Eurasianet.org nashri xabar qildi. Senat a’zolari ham yaqin fursatda prezident Barak Obama tomonidan elchilikka tavsiya etilgan Krollning nomzodini tasdiqlaydi. Shundan so‘ng u Toshkentga jo‘nab ketadi.

2010 yil iyul oyi boshida O‘zbekistondagi AQSh elchisi Richard Norlandning missiyasi muddati tugagan.

So‘nggi oylarda O‘zbekistondagi AQSh elchisi vazifasini missiya rahbarining o‘rinbosari, muvaqqat ishlar vakili Dueyn Butchek bajarib kelmoqda.

AQSh Davlat departamentining yuqori darajadagi rahbar diplomatlaridan biri hisoblangan Jorj Kroll o‘zining diplomatlik faoliyatini 1982 yilda boshlagan.

Elchilikka nomzodi ko‘rsatilgunicha,  u AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Jorj Kroll 2003 – 2006 yillarda AQShning Belarusdagi elchisi lavozimini egallagan.

Jorj Krol AQShning Varshava, Dehli, Sankt-Peterburg, Moskva, Kiev hamda Minsk shaharlaridagi diplomatik missiyalarida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

1995 – 1997 yillarda Jorj Kroll MDH masalalariga oid muhim topshiriqlar bo‘yicha elchining maxsus yordamchisi hamda 1997 – 1999 yillarda Davlat departamentining Rossiya masalalari bo‘yicha idorasi direktori lavozimlarida ishlagan.

Jorj Kroll AQSh Davlat Departamentining bir nechta oliy mukofoti bilan taqdirlangan. U polyak va rus tillarida so‘zlasha oladi.

Jorj Kroll 1956 yilda AQShning Pensilvaniya shtatidagi Pittsburg shahrida tug‘ilgan.

U AQShdagi Xarvard universitetining tarix bo‘yicha bakalavr diplomiga, shuningdek, Britaniyadagi Oksford universitetining falsafa, siyosat va iqtisodiyot bo‘yicha bakalavr va magistrlik diplomiga ega.

http://www.ozodlik.org/content/article/24180591.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: