Vatandagi manzara: “Hurriyat” Andijon haqida yozdi – voa uzbek


Amerika Ovozi | Gazetxon Do’st  18 may, 2011

Foto Amerika Ovozi

 “Begona katakda qichqirayotgan “xo`roz”lar”.

“Hurriyat”ning 18 may sonida Andijon fojiasi haqida maqola chiqqan. Unda o’sha mash’um voqeaning olti yilligi emas, ko’proq “Andijon – Adolat va tiklanish” tashkilotining Germaniyada kechgan yig’ini haqida gap ketgan.

“Begona katakda qichqirayotgan “xo’roz”lar” nomli maqolada aytilishicha, “2005 yilning may oyida Andijonda bir guruh buzg’unchilar Farg’ona vodiysida o’rta asrlarga xos xalifalikni qurush maqsadida uyushtirgan terrorchilik xurujlari O’zbekiston hukumati tomonidan bartaraf etilgani allaqachon tarix sahifalaridan joy olib ulgurgan”.

Adolatli hukmdan qutulib, Yevropa va Amerikada boshpana topgan Andijon qochqinlari o’z g’araz maqsadlaridan voz kechmagan, deyiladi unda.

Biri “Andijon – Adolat va tiklanish” tashkiloti rahbari Nurulla Maqsudov ekani aytiladi. Muallif Maqsudovni Andijon fojiasi tashkilotchilaridan biri, bosqinchi deya ta’riflaydi.

“Uning topshirig’iga ko’ra, shahar prokurori va uch nafar harbiy otib tashlangan” deyiladi maqolada.

Maqsudovning 1996 yildan boshlab “Akromiylar”guruhiga a’zo, yoshlar bilan ishlashga mas’ul bo’lgan deya yoziladi.

“Andijon – Adolat va tiklanish” tashkiloti va muxolif partiyalar o’rtasida birlashuv esa muallifga “ko’r ko’rni qorong’ida topadi”  degan maqolni eslatadi.

Maqolada aynan qaysi partiyalar birlashgani va ularning maqsadi aniq yozilmaydi.

“Aksincha”, – deyiladi unda, “bu guruhlarda O’zbekiston kelajagiga doir hech qanday dastur, amaliy takliflar yo’q, ular buzg’unchilik va qabihlikni ko’zlamoqda”.

Muallif bir necha muxolif partiya O’zbekiston Xalq Harakati nomi ostida birlashgani va o’z dasturini Germaniyada o’tgan yig’inda oshkor etgani haqida hech narsa demaydi. Maqolaning davomi kelgusi sonda berilishi ta’kidlangan.

Amerika Ovozi

Mustaqillik munosabati bilan yangi esdalik nishoni ta’sis etilgan

18 may kuni matbuotda prezidentning “O’zbekiston respublikasi mustaqilligiga 20 yil” nomli esdalik nishonini ta’sisi etish to’g’risida farmoni e’lon qilingan.

Farmonga ko’ra, bu mukofot mustaqillik, yurt iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, madaniy, ma’naviy salohiyatini va mudofaa qudratini mustahkamlash, demokratlashtirish, yosh avlodni tarbiyalash kabilarda jonbozlik ko’rsatgan fuqarolarga tadqim etiladi.

Chet el fuqarolari ham oltin suv yugurtirilgan, misdan ishlangan bu nishonga loyiq ko’rilishi mumkin. Mukofot respublika, viloyat, shahar va tuman hokimlari ishtirokida dabdabali tarzda topshiriladi.

http://www.voanews.com/uzbek/news/uzbek-press-andijan-medal-122186689.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: