Toshkentdagi Otaturk ko‘chasi nomi o‘zgardi – ozodlik.org


19.05.2011

Toshkent markazidagi Mustafo Otaturk ko‘chasi nomi Zarafshon deb o‘zgartirildi.

Ko‘cha nomining o‘zgartirilishi O‘zbekistonda bir qator turk shirkatlari, jumladan Otaturk ko‘chasida joylashgan “Mir” supermarketi va “Demir” oshxonasining yopilishi ortidan amalga oshdi.

Mirobod va Yunusobod tumanlaridan o‘tadigan Mustafo Otaturk ko‘chasi bundan unda joylashgan savdo-ko‘ngilochar majmuasi “Zarafshon” nomi bilan ataladigan bo‘ldi.

Shuningdek, Toshkent hokimi qarori bilan poytaxtda boshqa ko‘cha va mahallalar nomlari ham o‘zgartirildi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Bo‘zariq” mahallasi “Katta oltintepa”, “Quduqboshi” mahallasi esa “Guliston” deb nomlandi.

Ikki holatda mahallaning tarixiy nomi tiklangani aytilmoqda. Sirg‘ali tumanidagi Sobir Rahimov mahallasi esa turar-joy massivi va o‘sha erdagi ko‘chaga moslab “Yangi Sirg‘ali” deb nomlandi.

Hamza tumanidagi yana bir Sobir Rahimov mahallasi o‘sha erdagi asosiy ko‘cha – “Iltifot” nomi bilan ataldi.

http://www.ozodlik.org/archive/News/20110519/402/850.html?id=24179563

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: