Parij sudi Lola Karimova da’vosini ko‘rib chiqadi – ozodlik.org


Frantsuz jurnalisti Ogusten Skalbert Karimovning diktator ekanini isbotlash qiyin emasligiga shubha qilmaydi.

19.05.2011

Sud arafasida markazi Parijda joylashgan Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti mustabidlar demokratik mamlakatlarda sud tizimini o‘yinchoq qilishlari imkonsizdir, deya bayonot e’lon qildi.

19 may kuni Parij sudi prezident Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillaevaning Frantsiyada chiqadigan Rue89 Internet nashriga qarshi da’vosini ko‘rib chiqadi.

O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi bo‘lgan Lola Karimova otasini “diktator” o‘zini esa “diktatorning qizi” deb atagani uchun frantsuz nashrini “tuhmat”da ayblab, sudga bergan.

Parijdagi chegara bilmas muxbirlar tashkiloti mahkama arafasida chiqargan bayonotida agar O‘zbekistonda inson huquqlari va so‘z erkinligi vaziyati bugungiday abgor bo‘lmaganida edi, sud ishini mayna qilsa arzirdi, deya ta’kidladi.

Lola Karimova-Tillaeva frantsuz matbuoti bilan sudlashayotgan bo‘lsa, Allen Delondek frantsuz yulduzlari uni hurmat qilishini ko‘rish mumkin.

“Lola Karimova o‘z mamlakatida axborot agentliklari ovozini o‘chirish uchun sudlashib ham o‘tirmagan bo‘lardi. Demokratik mamlakatlarda esa mustabidlarning sud tizimini o‘yinchoq qilishlari imkonsizdir”, deyiladi tashkilot bayonotida.

Parijdagi mahkamada Karimovning diktator yoki diktator emasligi masalasi ustida bahslar boshlanish arafasida AQShning nufuzli nashrlaridan biri Newsweek jurnali ham O‘zbekiston prezidentini jahonning o‘nta eng mustabid hukmdorlari qatoriga kiritdi.

Rue89 nashri muxbiri Ogustin Skalber fikricha, Karimovning diktator ekanini sudda isbotlash qiyin emas.

– Bu fakt. Qonun bo‘yicha biz buni isbotlashimiz kerak, bu esa bizga juda oson. Olti yil avval Andijonda ommaviy qirg‘in bo‘ldi, hukumat muxoliflari  o‘zbek qamoqxonalariga tashlandi, qiynoqqa solindi. Shunday ekan uning diktator ekanini isbotlash qiyin emas,- deydi Ogustin Skalber Ozodlik bilan suhbatda.

Bugungi mahkamada O‘zbekiston qamoqxonasining sobiq tutqunlari va mamlakat xavfsizlik hizmatining sobiq zobiti ko‘rsatma berishi kutilyapti.

http://www.ozodlik.org/content/article/24179582.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: