Newsweek: Karimov diktator emas, u – mustabid – uznews.net


17.05.11

Islom Karimov – dunyodagi 10 despotning biri; foto: O‘R prezidenti matbuot xizmati

Uznews.net – Amerikaning Newsweek jurnali, O‘zbekiston prezidenti diktatormi yo‘qmi degan baxsda o‘z pozitsiyasini belgilab Islom Karimovni dunyoning o‘n nafar (despot) mustabidlari ro‘yhatiga kiritdi.

19 may kuni Parijda Lola Karimovaning uni “diktatorning qizi” deya atagan frantsuz nashri Rue89 nashriga qarshi da’vosiga ko‘rabo‘ladigan sud arafasida, Newsweek jurnali uning otasi – Islom Karimovga, va O‘zbekistonda yaratgan siyosiy rejimga o‘z bahosini berdi.

Jurnal o‘zining aprel sonida “Despotlar Indeksi”ni e’lon qildi, unda o‘zbek diktatori to‘qqizinchi pog‘onadan joy oldi.

Newsweek ma’lumotlariga ko‘ra, 28 milliondan ziyod O‘zbekiston aholisi, dunyodagi o‘n nafar mustabid hukmdorlarning temir mushtlari ostida ezilayotgan 400 mln. nafar bechoralarning bir qismini tashkil etadi.

Newsweekning yozishicha, “Katta doda” laqabi bilan mashhur 73 yoshli Karimovning eng katta jinoyati, 2005 yil Andijonda yuzlab insonlarni otgani bo‘lgan, uning boshqa bir “gunohi” o‘z muxoliflarini qaynoq suvga pishitib o‘ldirganidir.

Karimov va uning oila a’zolari 60 million dollarga egalik qiladi, ayni paytda ularning saltanatidan tungi klublar va chang‘ida uchish maskanlari o‘rin olgan, deya qayd etadi nufuzli nashr.

Karimovni, Newsweek fikricha, sog‘lig‘i tufayli yaxshi bir kelajak kutmaydi, buning ustiga merosxo‘ri ham yo‘q.

O‘nta jahon zolimlari safiga, 41 yildan buyon Liviya Jamohiriyasi taxtida qolayotgan “o‘z xalqini otgan” polkovnik Muammar Kaddafi boshchilik qilmoqda, bu vaqt ichida u 144 tonna oltin yig‘di, deya ta’kidlaydi.

Sobiq sovet respublikalari ichida bu reyting Bellorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko – 3-o‘rinni, va uning turkman orqadoshi Gurbanguli Berdimuxamedov – 8-o‘rinni egallagan.

Ayni paytda jurnalda ta’kidlanishicha Lukashenko va Berdimuxamedovlarning kelajagi Karimovnikidan ko‘ra ancha yorqinroq.

Newsweek fikricha, Lukashenko, aftidan yana bir saylovni amalga oshiradi va shubhasiz uni yutib chiqadi. 53-yoshli sobiq tish do‘xtiri Berdimuxamedovaning peshanasi esa yanada “yarqiragan”.

Ayni paytda Karimov reyting bo‘yicha o‘zining odamxo‘rlik ehtirosi bilan mashxur va “Despotlar indeksida” 10 o‘rinni egallagan Ekvatorial Gvineya prezidenti Teodoro Obiangani ham ortda qoldirgan.

Ayni damda Parijda ikki kundan keyin o‘zbek prezidentining kenja qizi Lola Karimova bilan frantsuz nashri Rue89 o‘rtasida mahkama bo‘ladi.

YUNESKOning Parijdagi O‘zbekiston elchisi Lola Karimova, Rue89 nashri jurnalisti Avgustin Skalbertni tuhmatda ayblab, sudga berib 30 ming evro tovon puli olishni ko‘zlamoqda.

U jurnalistni o‘z maqolasida asossiz tarzda uning otasini diktator, o‘zini esa diktatorning qizi deya ataganligini iddao qilmoqda.

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=hot&cid=30&nid=17211

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: