Lola Karimova – kelib-kelib otasiga pand beradimi… – uznews.net


18.05.11

O‘zbekistonning YUNESKOdagi elchisi Lola Karimova-Tillaeva; foto: lolakarimova.com

Uznews.net – Lola Karimova tomonidan frantsuz nashri Rue89ga qarshi otasi O‘zbekiston prezidenti himoyasiga bo‘ladigan mahkama, ularning muxoliflariga Karimovlarni tarixning tavqi la’nat taxtasiga tortish uchun etishmayotgan detallarni taqdim etdi.

Islom Karimov diktatormi¸ degan savolga javob berish imkonini, Parij sudiga o‘zbek prezidentining kenja qizi Lola Karimova yaratib berdi.

Ertaga Parijda, Frantsiyaning nufuzli siyosiy sayti Rue89ga qarshi O‘zbekistonning YUNESKOdagi elchisi bo‘lgan Karimova da’vosini ko‘rish bo‘yicha mahkama boshlanadi.

Uni 2010 yilning 20 mayida chop etilgan maqolada “diktatorning qizi” deya atagani uchun Karimova ushbu nashrni tuhmatda ayblamoqda va ma’naviy ziyonni qoplash uchun 30 ming evro talab qilmoqda.

Bu atamaning to‘g‘ri va aniq ekanligini isbotlash uchun sudda o‘zbek huquq himoyachilari Mo’tabar Tojiboeva va Nadejda Ataevalar hozir bo‘lishadi.

Karimov diktatormi¸ degan savolga Tojiboeva kulib “Bu haqda so‘rashning nima keragi bor!” deya javob beradi.

Huquq himoyachisining so‘zlariga ko‘ra, u sudda o‘z tashkiloti O‘zbekistondagi “O‘tyuraklar klubi” haqida, hukumat idoralari ichidagi zo‘ravonlik va korruptsiyani fosh qilayotgan payti qay tarzda hukumat qatag‘oniga duch kelgani haqida gapirishni mo‘ljallamoqda.

Tojiboevaning o‘zi 2005-2008 yillarda uydirilgan ayblar bilan qamoqda o‘tirgan va kartserga tashlanganida hech bir sababsiz o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan etgan dard tufayli, tibbiy sababga ko‘ra muddatidan oldin ozod etilgan.

Huquq himoyachisi Mo‘’tabar Tojiboeva mahkamada Islom Karimovning chindan diktator ekanligini isbotlamoqchi

“Men gapirish imkoniga ega bo‘lgan Karimov rejimining minglab jabrdiydalaridan biriman xolos, – deydi Tojiboeva, – fuqarolarga bu kabi munosabat, mutlaq zo‘ravonlik va qonunsizlik faqat diktatorlik mamlakatidagina bo‘lishi mumkin”.

AQShdan qochqinlik maqomini olgan o‘zbek siyosatshunosi Toshpo‘lat Yo‘ldoshev, O‘zbekistondagi holatning o‘zi, u erda sayyoraning eng shafqatsiz diktatori yashayotganidan so‘zlaydi, deya bildiradi.

Konstitutsiyaga va O‘zbekistondagi qonunchilikka xilof tarzda Islom Karimov o‘zini uchinchi muddatga prezident qilib tayinladi va deyarli 22 yil davomida o‘zgarishsiz iqtidorda qolmoqda, deydi siyosatshunos.

U mamlakat ustidan mutlaq nazorat o‘rnatgan. Barcha masalalarga qaror berish imtiyozini o‘ziga olgan. U nimaiki qilmasin, «bari to‘g‘ri». Ikkinchi fikr bo‘lishi mumkin emas. Xalq fuqarolik huquqlari va siyosiy erkinliklardan mahrum, davlat ishlaridan, boshqaruv idoralarini shakllantirish va qarorlar chiqarishdan chetlatilgan. Jamiyat hukumatga xizmat qilmoqda, xolbuki aksincha bo‘lishi lozim.

Ommaviy qatag‘onlar, yovuzliklar, qo‘rqinch tuyg‘usini solish o‘z ishini qilgan – fuqarolar adolatsizlik, nohaqlik, hukumat zo‘ravonliklari bilan murosa qilishga majbur bo‘lib qolmoqda, u siyosat haqida ochiq gapirishga, muammolarga aralashishga qo‘rqadi.

“Karimov – zamonning vahshiy bir diktatori”, – deydi Yo‘ldoshev.

Human Rights Watch huquq himoyasi tashkiloti vakili Reychel Denber, Rue89ga qarshi Lola Karimova da’vosidagi haqiqiy muammo, mutlaqo qonuniy siyosiy sharh yuzasidan mahkamada davlat rahbarining o‘z qizidan foydalanayotganidadir.

Frantsuz nashriga qarshi sud faktining o‘ziyoq, Denber fikriga ko‘ra, so‘z erkinligi muhofazasi va inson huquqlari bo‘yicha Evropa konventsiyasiga ziddir va tag‘in bir bor o‘zbek rejimining tanqidga toqatsizligini namoyish qiladi.

Islom Karimov, Denber so‘zlariga ko‘ra, dunyoning eng zolim mustabidlaridan biridir va uning hukumati tarixda eng shafqatsiz qonunbuzarliklarni amalga oshirgan.

Biroq Parijdagi sud, Denberning fikricha, Karimovning shusiz ham rasvo obro‘siga ziyon keltiradi, bu safar u o‘z harakatidan zahmat chekadi.

Yo‘ldoshev ham shu fikrda, uning so‘zlariga ko‘ra, Parijda bo‘ladigan mahkamada, Lola Karimova o‘zining otasiga “ayiqlik xizmati”ni qilib beradi va dunyo jamoatchiligi e’tiborini uning shaxsiyatiga qaratadi.

Parijdagi sud 19 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 13 da bo‘ladi.

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=31&nid=17220

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: