Frantsuzlarning Rue89 jurnalistlariga xayrixohlik – uznews.net


19.05.11

Uznews.net – “Chegara bilmas muxbirlar” bugun Rue89 bilan o‘zbek prezidenti Lola Karimova o‘rtasida boshlanadigan mahkamada, nashr nuqtai nazari bo‘lmish Islom Karimovning diktator ekanligi iddaosini qo‘llab quvvatladi.

Lola Karimova, O‘zbekiston prezidentining kenja qizi va mamlakatning YuNESKOdagi elchisining, so‘z erkinligini himoya qiluvchi tashkilot fikriga ko‘ra, mamlakat ichkarisidagi jurnalistlarga qarshi da’vo qilishiga ehtiyoji yo‘q.

Chunki uning otasi, O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov sa’y harakatlari bilan, u erda na mustaqil OAV, na adolatni kafolatlashga qodir mustaqil sudlar qolgani yo‘q.

28 millionlik O‘zbekistonda Karimov aymog‘i erkin ovozlarni bo‘g‘ish bilangina qanoatlangani yo‘q. Endilikda so‘z erkinligi va tanqidga toqatsizlik ularni g‘arb matbuoti sari oyoqlantirmoqda.

“Mustabidlar va ularning yaqinlari demokratik mamlakatlardagi huquqiy tizimdan foydalanishga urinayotgani, g‘azabni keltiradi”, – deya bildirdi yaqinda “Chegara bilmas muxbirlar”.

Lola Karimova Frantsiyaning nufuzli nashri bo‘lgan Rue89 da e’lon qilingan maqolaga javoban mahkama qo‘zg‘adi, nashr tomonidan 2010 yilning 20 mayida e’lon qilingan maqolada u “diktatorning qizi” deya atalgan.

Unda shuningdek, ital’yan aktrisasi Monika Beluchchiga bitta hayriya kechasida qatnashgani tsyatsn 190 ming evro hadya qilgani, opasi Gulnora bilan O‘zbekistonning horijdagi obro‘sini “yuvish” bilan shug‘ullanishayotgani haqida aytilgan.

Jarayonning qanchalik mojarolik ekaniga qaramay, dunyoning 38 nafar “So‘z erkinligi dushmanlari” safidan joy olgan raxbarning qizi frantsuz nashrini mahkamaga berarkan, u Karimov rejimi muxoliflari foydasiga harakat qilishini bildirdi.

“U tez tez unut bo‘layotgan mudhish diktaturani yoritishga yordam beradi. Biz albatta, so‘z erkinligining sharmandali ahvoliga e’tibor qaratish uchun bundan foydalanamiz, hatto keyingi bir necha oy mobaynida bu ahvol tubanlashishda davom etdi”, – deya bildirdi tashkilot.

Islom Karimov diktator, deya urg‘ulaydi “Chegara bilmas muxbirlar”. Siyosatchi olimlarning malakalashicha, u bu atamaga, hukumat tepasiga kelgan 1989 yildan buyon muxolifatni ezib yo‘q qilayotgani va mamlakatni raqobatsiz boshqarayotgani uchun ham loyiqdir.

Rue89 nashriga o‘z hayrixohligini N’yu Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi ham bildirdi. Uning saytida chop qilingan qo‘mita eksperti Jan-Pol Martoz (Jean-Paul Marthoz) fikricha, Rue89 Karimov diktator ekanligini isbotlashi lozim.

“Aksariyat ekspertlar, bu [Parijdagi sud] o‘zbek rejimi uchun zarba bo‘ladi, deya ishonishmoqda”, – deydi Martoz.

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=31&nid=17229

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: