Frantsiyada o‘tajak sudda guvohlik qilish istagini bildirganlar soni ortib bormoqda – jarayon.com


Payshanba, 19 – May 2011

Hurmatli nashrimiz o‘quvchilari, xabaringiz bor bugun, 19 may kuni Frantsiya vaqti bilan soat 15:00da tarixiy sud jarayoni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston prezidentining kichik qizi Lola Karimova da’vogar sifatida, Frantsiyada juda ham mashhur bo‘lgan RUE89 mustaqil Internet nashri va xususan uning muxbiri Ogyusten Skalbert esa javobgar sifatida ishtirok etadi. Bunga Ogyusten Skalbert o‘z maqolalarida Lola Karimovani “diktatorning qizi” deya atagani va O‘zbekistonning dunyo miqyosidagi nufuzini sun’iy ravishda ko‘tarish maqsadida tadbirlar uyushtirib, ulardan biriga taniqli kino yulduzi Monika Belluchini taklif qilgani va atigi 20 daqiqali tashrif uchun aktrisaga 190.000 Evro miqdorida “minnatdorchilik” puli to‘lagani haqidagi maqolalari sabab bo‘lgan.

Lola Karimova da’vosiga ko‘ra, Ogyusten Skalbert “diktator” degan iborani ishlatish orqali O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovni nohaq haqorat qilgan, ayni paytda 190.000 Evro miqdoridagi gonorar haqidagi satrlar bilan tuhmat qilgan. 13 may kuni bo‘lajak sud jarayoni oldidan Inson huquqlari bo‘yicha Xalqaro Federatsiya binosida, maxsus matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, federatsiya tashabbusi bilan o‘tgan anjumanda ishtirok etgan jurnalist Ogyusten Skalbert “O‘z maqolamda men, Karimov o‘rnatgan rejim diktatura ekani, olti yil muqaddam odamlarning ommaviy qirg‘inga uchragani haqida yozgan edim. Nazarimda Lola Karimova buning uchun bizni ta’qib qilishi xatodir. Ammo buning afzal tomoni ham bor, mahkama yana bir bor ko‘p voqealarning eslanishiga sabab bo‘ladi, insonlar o‘ldirilgani, inson huquqlari mutlaqo hurmat qilinmasligi va O‘zbekistonda avtoritar siyosat o‘rnatilgani yana bir bor ma’lum qilinadi”, dedi.

Oradan yana bir kun o‘tgach, Jarayon sahifasida bo‘lajak mahkamada rasman guvoh sifatida ishtirok etayotgan taniqli huquq himoyachisi, “O‘tyuraklar” Klubi inson huquqlarini himoya qilish xalqaro jamiyati raisi Mo’tabar Tojiboeva maxsus murojaat bilan chiqdi va unda muxolifat vakillari, huquq himoyachilari va jurnalistlar hamda 2005 yil 13 may kungi Andijon qirg‘inidan omon qolib Evropa va AQSh davlatlarida panoh topgan andijonliklarni jim turmaslikka, bo‘lajak mahkamada guvoh sifatida ishtirok etish niyatini bildirishga chaqirdi. Ayni chaqiriq taniqli jurnalist Ulug‘bek Haydarov tomonidan ham yangragach, nashrimiz va xususan Mo’tabar Tojiboeva elektron adresiga ko‘plab maktublar keldi. Ularning aksarida guvohlik berish istagi bildirilgan va buni qay usulda amalga oshirish mumkinligi hususida maslahat so‘ralgan. Hazratqul Xudoyberdi tomonidan yo‘llangan maktubda esa hatto bu borada aniq maslahatlar va frantsuz tilidagi maktub matni ham tavsiya etilgan.

“Men barcha maktub egalari, do‘stlarga va albatta Hazratqul akaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Sizning javobingiz, guvohlik berishga tayyorligingiz bizni juda ham ruhlantirdi, demak jim qolmoqchi emassiz, demak kurashdan chekinmadingiz, demak siz diktatorga zarba etkazishga tayyorsiz, demak o‘zbeklar hali butkul tiz cho‘kib qolmapti. Rahmat. Borligingiz uchun rahmat. Men albatta har biringiz haqingizda suddagi o‘z chiqishimda gapiraman, Ogyustenga sizning birdamlik haqidagi tilaklaringizni etkazaman va albatta sud raisiga zarurat tug‘ilsa har biringizdan o‘nlab guvohliklar keltirilishi mumkinligini ta’kidlab o‘taman. Rahmat birodarlar”, dedi Mo’tabar Tojiboeva.

Quyida ana shu maktublar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Guvohlik berish niyatida bo‘lganlar albatta Hazratqul Xudoyberdi tomonidan taklif qilingan usuldan foydalanishi ham mumkin, ayni paytda Mo’tabar Tojiboeva har bir maktub egasiga Ogyusten Skalbert va uning advokati elektron adreslarini yuborishini ma’lum qildi, ya’ni bu holda, guvohlik matnlari ayni shaxslarga rus yoki ingliz tillarida yuborilishi mumkin.

***

Assalomu alaykum

Men siyosatchi emasman, men oddiy bir kuzatuvchi bir ayolman, kunda internetga kirib O‘zbekistondagi yangiliklarni o‘qib boruvchi bir o‘quvchiman. Bugungi kunda chiqayotgan maqolalarni o‘qib, men ham qarab turolmay, o‘zimning qiskagina fikrimni yozishga qaror qildim. Men uch farzandning onasiman, mana to‘rt yil bo‘libdiki o‘z tug‘ilib o‘sgan vatanimdan, yaqin qarindoshlarimdan olisda Evropa davlatlarining birida yashab kelyapman. Nima uchun? O‘z vatanim bo‘la turib o‘zga yurtda kelgindi (qo‘pol qilib aytganda) bo‘lish men uchun juda ham og‘ir. Yashashim juda ham yaxshi, Ollohga ming bora shukrlar bo‘lsin, lekin O‘zbekistondagi yaqinlarim, umuman o‘zbeklar uchun yashash kundan kun og‘irlashib ketayapti.

Bir oyda bir kilogramm go‘sht olishga qurbi etmayotgan oilalarni eshitib, maktab darsxonalarida emas paxta dalalarida yoki ko‘chalarni supirish va daraxtlarni oqlash bilan kuni o‘tayotgan gulday farzandlarimizni eshitib, kundan kun korruptsiya va poraxo‘rlik kuchayayotganini eshitib, musulmon davlat bo‘lsakda islomni kog‘ozda va oinada ko‘z-ko‘z qilib, lekin amalda esa parchalab yo‘q qilib qanchadan qancha namozxon, alpomishday yigitlarimiz qamoqxonalarda kasalmand bo‘lib umri o‘tib ketayotganini eshitib, qanday qilib Karimovni diktator ekanligini aytolmaysiz. Shunday bo‘lishiga men albatta, Islom Karimov va u olib borayotgan siyosat sabab deb bilaman.

Karimovni diktatorligini vaqti kelsa o‘z vatanimizda isbotlay olmagan edik, mana men kabi muxojiratda yurgan insonlar uchun bu voqea juda ham zarur va yana bir bor Karimovni diktatorligini isbotlovchi ashyoviy dalil bo‘ladi, deb uylayman. Shunday ekan, men frantsuz jurnalistini qo‘llab quvvatlashga tayyorman. Buning uchun Mo’tabar opaga kattakon rahmat. Chunki, bu yangilik chiqqaniga ancha bo‘ldi, lekin biron bir yuragida o‘ti bor erkak muxolifat a’zolari jim qarab turishaverdi. Ayol boshlari bilan shunday ishga qo‘l urgan ekanlar umrlari uzoq bo‘lsin, farzandlari va nevaralari baxtiga doimo sog‘ salomat bo‘lsinlar.

Zebo

***

Assalomu alaykum!

Mo’tabarxon opa ishlaringizga Xudoyimning o‘zi quvvat bersin, O‘zi qo‘llab quvvatlasin! Agar mendan ham guvohlikka o‘tish zarurati tug‘ilsa – o‘taman! Faqat, nimalarni gapirishni, o‘ylab, maslahatlashib ko‘rish kerak bo‘ladi. Oilangizga, tanishlarga biznikilardan salomlar!!!!!

G‘afurjon Yo‘ldashev

***

Salom Mutabar.

Man Nabi Narbutaev hozir yangidunyo saytida berilgan chaqirigingizni uqib qoldim. Men ham guvohlik beraman, Men sudga borsam taklifnomasiz meni sudga guvohlik berishga quyishadimi, menga tezda javob qaytaring. (bog‘lanish uchun telefon raqamlari keltirilgan).

Hurmat bn Nabi.

Salom Mo’tabar.

Man Nabi Narbutaev hozir Yangidunyo saytida berilgan chaqirig‘ingizni o‘qib qoldim. Men ham guvohlik beraman. Men sudga borsam taklifnomasiz meni sudga guvohlik berishga qo‘yishadimi? Menga tezda javob qaytaring.

Hurmat bn Nabi.

***

Assalomu alaykum Mo’tabarxon!

Suddagi guvohligingizga taklif sifatida: Iloji bo‘lsa va vaqti kelsa, so‘rangchi amakivachchasi Jamshid Karimovning taqdiri buyicha nima deya olarkan? Nima uchun u 5 yildan beri jinnixonada “da’vo” olayotgan ekan? Jamshid Karimov jinnixonag majburiy yotqizilishi oldidan chiqish vizasini olish uchun hujjat topshirgan edi. Undan 3-4 oy oldin u tanishlariga O‘zbekistondan butunlay chiqib ketmokchi ekani haqida gapirgan ham edi. “Tanish”laridan kimdir uni sotgan. Shuning uchun diktator uni jinnixonaga tiqib, uni keng ommadan yashirishga buyurgan. Axir uning o‘z qarindoshi unga qarshi guvohlik bersa qattiq tarsaki bo‘lar edi.

Bizning 4-5 yildan beri Jamshid Karmovning taqdiri bilan qiziqib bergan barcha zaproslarimiz bejavob qolmoqda. Mo’tabarxon, bu yaxshi va ahamiyatli savol bo‘lishi mumkin. Sog‘-salomat, omon bo‘ling.

Baxodir Namozov.

***

Assalomu alaykum Mo’tabar opa.

Men sudda guvoh sifatida qatnashishga,Toshturma va koloniyalarda ko‘rganlarimni gapirib berishga tayyorman.

Muxtarov Farxodxon.

***

Assalomu alaykum, Mo’tabarxon.

Barcha harakat va urinishlaringizni qo‘llayman. Agar iloji bo‘lsa, rus tilida nashr etilgan “Vozzvanie k grajdanam Uzbekistana”ni frantsuz tiliga tarjima qilib, sudga taqdim etiladigan hujjatlar qatoriga qo‘shsangiz yaxshi bo‘lardi. Bu hujjatda Karimovning basharasi to‘la ochilgan, deb o‘ylayman.

Hurmat ila

Toshpo‘lat Yo‘ldoshev.

***

Assalomu alaykum Tolib aka va Mo’tabarxon!

Men Mo’tabarxon yozgan maqoladan ilhomlanib quyidagi Parij Sudiga guvohlik berish Arizasini yozdim. Iltimos, menga zudlik bilan Parij sudining emayl adresi (yoki veb sahifasi nomini) yozib yuboringlar.

Hurmat ila

Hazratqul Xudoyberdi

(Maktub ostidagi ilova)

Barcha birodarlar diqqatiga!

Men o‘ylaymanki, diktator Karimov zulmidan aziyat chekkan barcha o‘zbekistonliklar Parij shahar sudiga zudlik bilan bir Ariza jo‘natishimiz kerak. Uni emayl orqali jo‘natsak bo‘ladi.

Quyida siz ham istasangiz men yozgan Arizaga o‘xshash o‘z arizangizni Parij shahar Sudiga jo‘natsangiz yaxshi bo‘ladi. Bizni sudga guvoh sifatida chaqirishlari dargumon, ammo minglab emayllarning borishini o‘zi ham katta ahamiyatga ega. Shu savob ishni bugun yoki ertadan qoldirmay qilishimiz kerak.

Savob ishlarni hamisha, fursat kutmasdan qilaverishimiz kerak. Chunki fursati kelganda uni qila olish imkoniyatidan mahrum bo‘lishimiz mumkin.

Iltimos, avval mana bu saytni oching

http://www.ca-paris.justice.fr/inc_alias/contact.php?contact=ca-paris

Men frantsuz tiliga Internet yordamida tarjima qildim. Siz ham xuddi shu mazmunda jo‘natsangiz bo‘ladi. Uning asosiy mazmuni: Men Islom Karimovning diktatorligini tasdiqlash bo‘yicha sudda guvohlik berishga roziman.

U erda Votre nom et prénom degan joyiga ismingizni yozing, Votre adresse électronique degan joyiga esa email adresingizni yozasiz. So‘ng pastdagi alohida ko‘rsatilgan sahifacha ichiga mana buni joylang:

La cour de Paris.

L’application.

Je suis prêt à lui-même se représenter comme le témoin de l’autorité autoritaire d’islam Karimov à Ouzbékistan sur le processus juridique dans votre tribunal mai, dix-neuvième, 2011.

J’ai les faits qui prouvent des crimes du citoyen d’Ouzbékistan d’islam Karimov comme le dictateur. Je sais les faits qui prouvent l’autorité autoritaire d’islam Karimov à Ouzbékistan. Je suis prêt à lui-même payer mon voyage pour courtiser à Paris.

Le vôtre fidèlement

(Bu erga ismingiz va adresingizni yozing)

1000ta shunaqa xat borsa, bu juda yaxshi aktsiya bo‘ladi.

Eslatma: Agar sizga sudga borish kelish xarajati uchun yordam kerak bo‘lsa shunday deb yozing Arizangizda.

Hazratqul Xudoyberdi

***

Assalomu alaykum opajon!

Rahmat sizga, bu tadbir barcha muxolifatchilarni o‘zaro jipslashishlariga ham turtki bo‘lmoqda.

Hurmat bilan

Yusuf Rasul.

http://www.jarayon.com/index.php?option=com_content&view=article&id=1383:2011-05-18-22-25-44&catid=54:habarlar&Itemid=70

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: