Frantsiyada kutilayotgan mahkama munosabati bilan O‘IHJ bayonot qildi – jarayon.com


Seshanba, 17 – May 2011

Yana uch kundan so‘ng Frantsiya poytaxti Parijda chinakam ma’noda tarixiy jarayon bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston prezidentining kichik qizi Lola Karimova Frantsiyada ancha mashhur bo‘lgan RUE89 mustaqil internet nashri va xususan nashr jurnalisti Ogyusten Skalbert bilan sudlashadi. Bunga muxbirning O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovni diktator deb atalgani va Lola Karimova otasi boshqarib kelayotgan mamlakatning dunyo jamoatchiligi ko‘z o‘ngidagi ayanchli nufuzini tiklash yo‘lida jimjimador tadbirlar uyushtirayotgani va unda taniqli shaxslar ishtirokini ta’minlash uchun yirik miqdordagi to‘lovlarni amalga oshirayotgani haqidagi daliliy maqolalari sabab bo‘lgan.

Kuni kecha Jarayon Frantsiyada muxojirlikda istiqomat qilayotgan taniqli huquq himoyachisi, xalqaro Martin Ennals hamda Frantsiyaning “Ozodlik, Tenglik, Birodarlik” mukofoti sovrindori “O‘tyuraklar” Klubi inson huquqlarini himoya qilish xalqaro jamiyati rahbari Mo‘’tabar Tojiboevaning ayni mahkama sabab o‘zbek muxolifati, huquq himoyachilari va jurnalistlariga maxsus murojaat bilan chiqqani va ularni 19 may kuni o‘tajak “tarixiy” mahkamani e’tiborsiz qoldirmaslikka chaqirgani haqida xabar qilgan edi. Shundan so‘ng taniqli jurnalist Ulug‘bek Haydarov ham O‘zbekiston prezidenti diktaturasining “qurbonlarini” guvohlik berish istagini bildirishga va jim turmaslikka chaqirdi.

Bugun O‘zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati prezidenti, taniqli huquq himoyachisi Abdujalil Boymatov ham bo‘lajak mahkama yuzasidan jamiyat nomidan maxsus bayonot bilan chiqdi. “Men mas’uliyat bilan aytamanki, O‘zbekistonda diktatura boshqaruvi hukmron. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov diktatordir. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovni diktator deyilishini huquqiy, siyosiy va umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan to‘g‘ri deb hisoblayman. Bu haqda Frantsiya mahkamasi lozim topsa, suda guvohlik berishga tayyorman. 19- may kuni bo‘lib o‘tadigan sudda O‘zbekistonlik inson huquqi himoyachilari Mo‘’tabar Tojiboeva va Nadejda Ataevalarga ular lozim topsalar bu bayonot haqida sud mahkamasida mening nomimdan so‘zga chiqish vakolatini beraman”, deyiladi huquq himoyachisi bayonotida.

Bayonotda jamiyat va uning a’zolariga ko‘rsatilgan ta’qib va bosimlar misolida, O‘zbekistonda diktatura hukmronligi ta’kidlangan. Xususan jamiyat faollari A’zam Farmonov, Alisher Karamatov, Norboy Xoljigitov, Xabibulla Oqpo‘latov, G‘aybulla Jalilovlar tergov paytida dahshatli qiynoqlarga tutilganligi va bu to‘g‘risida o‘z vaqtida jamiyat tomonidan dunyo jamoatchiligiga etkazilgani aytilgan. Bayonotda aytilishicha, hozirgi paytda tergov paytidagi qiynoqlar va qamoqxonadagi noinsoniy tahqirlashlar natijasida Alisher Karamatov, Norboy Xoljigitov, Xabibulla Oqpo‘latov, G‘aybullo Jalilovlarning sog‘ligi nihoyatda yomonlashgan. Jamiyatning yana bir a’zosi, taniqli jurnalist, prezident Islom Karimovning jiyani Jamshid Karimovning keyingi taqdiri esa noma’lum qolmoqda. O‘zining dadil chiqishlari va tinimmsiz interv’yulari tufayli Jamshid Karimov majburiy muolaja uchun Samarqand shahridagi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi.

Quyida O‘zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati bayonoti aynan keltirilmoqda.

***

2011-yilning 19-mayida Frantsiyada bo‘lishi kutilayotgan sud mahkamasi munosabati bilan O‘zbekiston Inson Huquqlari Jamiyatining bayonoti

O‘zbekiston prezidentining kichik qizi Lola Karimova Frantsiyada ancha mashhur bo‘lgan RUE89 mustaqil internet nashrini, muxbir Ogyusten Skalbert tomonidan Islom Karimovni “diktator” deb atalganiga e’tiroz sifatida sudga berganligi uchun jamiyatimizning bu e’tirozga munosabatini bildirishni lozim deb topdik.

O‘IHJ 1992- yilning 2 fevralida Uzbekistonda tashkil topgan ilk inson xukuki tashkilotidir. Jamiyat tashkil topgandan beri O‘zbekiston Adliya vazirligiga 6 marta ro‘yxatga olishini so‘rab murojaat qilgan. Lekin Adliya vazirligi har xil bahonalar bilan jamiyatimizni ro‘yxatga olmadi. Jamiyat a’zolariga Islom Karimov rejimi tomonidan son-sanoqsiz tazyiqlar, repressiyalarning ba’zilari haqida to‘xtalib o‘tishni lozim deb hisoblayman.

Jamiyatimizning birinchi raisi Abdumannob Po‘latov, siyosiy muxojir (emmigrant), 1992 yilda Bishkek (Qirg‘iziston)da o‘tkazilgan xalqaro anjumanda qatnashdi. U erdan o‘zbek maxsus xizmat organlari uni o‘g‘irlab O‘zbekistonga olib ketishdi. 1993 yil yanvarida O‘zbekiston Oliy sudi uni “O‘zbekiston prezidenti sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaganlik”da aybdor deb topdi va uch yilga shartli umumiy rejimdagi koloniyada jazoni o‘tash aybi bilan ozodlikdan mahrum qilish haqida sud hukmini chiqardi. Lekin Abdumannob Po‘latov amnistiya tufayli sud zalidan ozod qilindi.

2001- yilning 7- iyulida O‘IHJi Qashqadaryo viloyat bo‘limi raisi Shovruq Ro‘zimurodov Ichki ishlar vazirligi erto‘lasida qiynoqlar bilan vahshiylarcha o‘ldirildi. Jamiyat tashkil topgan kundan to hozirgi kungacha jamiyatning 35 a’zosi soxta ayblar bilan Islom Karimov rejimi tomonidan qamatildi. Ayniqsa, 2005- yilning 13- mayida hukumat qo‘shinlari tomonidan tinch namoyishchilar o‘qqa tutilgan, ya’ni Andijon qirg‘ini voqealaridan keyin jamiyatimiz a’zolariga nisbatan O‘zbekiston rejimi tomonidan repressiyalar nihoyatda avjiga chiqdi. Islom Karimov rejimi jamiyatimizning faoliyatini butunlay to‘xtatishni maqsad qilib qo‘ydi. Jamiyatimizning 25 a’zosi soxta ayblar bilan qamaldi, 18 a’zomiz O‘zbekistonni tark etishga majbur bo‘ldi. Hozirgi kunda 11 a’zomiz hanuz ozodlikdan mahrum.

Bular: A’zam Farmonov, Alisher Karamatov, Jamshid Karimov (ruhiy kasalliklar shifoxonasida), Nasim Isoqov, Norboy Xoljigitov, Xabibulla Oqpo‘latov, Zafar Rahimov, Yo‘ldosh Rasulov, Mehriniso Hamdamova, Shahlo Rahmonova, G‘aybullo Jalilov.

A’zolarimiz A’zam Farmonov, Alisher Karamatov, Norboy Xoljigitov, Xabibulla Oqpo‘latov, G‘aybulla Jalilovlar tergov paytida dahshatli qiynoqlarga tutilganligi to‘g‘risida huquq himoyachilari tomonidan dunyo jamoatchiligiga oshkor qilindi. Hozirgi paytda a’zolarimiz Alisher Karamatov, Norboy Xoljigitov, Xabibulla Oqpo‘latov, G‘aybullo Jalilovlarning tergov paytidagi qiynoqlar va qamoqxonadagi noinsoniy tahqirlashlar natijasida ularning sog‘ligi nihoyatda yomonlashgan. Jamiyatimizni 2001 – 2009 yillarda boshqargan Tolib Yoqubov o‘ziga nisbatan, o‘g‘li Olim Yoqubovga nisbatan, kuyovi A’zam Farmonovga nisbatan o‘tkazilgan shafqatsiz repressiyalar natijasida 2006- yilning 31- iyulida kamina Abdujalil Boymatov bilan birgalikda O‘zbekistonni tark etishga majbur bo‘ldik.

Mening o‘zimga nisbatan ham O‘zbekiston xukumati tomonidan ko‘plab qo‘rqitish, noqonuniy ushlash, uy qamog‘idan tashqari uch marta do‘pposlashdi, uch marta soxta ayblar bilan ma’muriy javobgarlikka tortishdi. Rafiqam Salomatoy Boymatova ham ko‘plab tazyiqlarga duchor bo‘ldi. Menga nisbatan O‘zbekistonda soxta ayblar bilan jinoiy va fuqaroviy ish ochilganligi tufayli 2007- yilning 7- iyunida siyosiy boshpana so‘rashga majbur bo‘ldim. Jamiyatimiz 2008- yilning 21- oktyabrida Frantsiyada ro‘yxatga olindi va 2009- yilning 6- mayida Frantsiyada bo‘lib o‘tgan jamiyatning qurultoyida halqaro tashkilot maqomini oldi.

Men mas’uliyat bilan aytamanki, O‘zbekistonda diktatura boshqaruvi hukmron. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov diktatordir. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovni diktator deyilishini huquqiy, siyosiy va umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan to‘g‘ri deb hisoblayman. Bu haqda Frantsiya mahkamasi lozim topsa, suda guvohlik berishga tayyorman. 19- may kuni bo‘lib o‘tadigan sudda O‘zbekistonlik inson huquqi himoyachilari Mo‘’tabar Tojiboeva va Nadejda Ataevalarga ular lozim topsalar bu bayonot haqida sud mahkamasida mening nomimdan so‘zga chiqish vakolatini beraman.

Abdujalil Boymatov

O‘zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati prezidenti

2011-yil, 16- may.

http://www.jarayon.com/index.php?option=com_content&view=article&id=1381:2011-05-16-20-23-16&catid=54:habarlar&Itemid=70

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: