Frantsiya poytaxti Parijda Lola Karimova da’vosi bo‘yicha mahkama boshlandi – jarayon.com


Payshanba, 19 – May 2011

Hozir shu onlarda Frantsiya poytaxti Parijdan kelayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Matbuot masalalari bo‘yicha” mahkama binosida Lola Karimovaning RUE89 mustaqil Internet nashri va xususan uning muxbiri Ogyusten Skalbertga nisbatan da’vo arizasi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. Bunga Ogyusten Skalbert o‘z maqolalarida Lola Karimovani “diktatorning qizi” deya atagani va O‘zbekistonning dunyo miqyosidagi nufuzini sun’iy ravishda ko‘tarish maqsadida tadbirlar uyushtirib, ulardan biriga taniqli kino yulduzi Monika Belluchini taklif qilgani va atigi 20 daqiqali tashrif uchun aktrisaga 190.000 Evro miqdorida “minnatdorchilik” puli to‘lagani haqidagi maqolalari sabab bo‘lgan.

Jarayon ayni mahkamada rasman guvoh sifatida ishtirok etishi kutilayotgan taniqli huquq himoyachisi, “O‘tyuraklar” Klubi inson huquqlarini himoya qilish xalqaro jamiyati rahbari Mo’tabar Tojiboeva bilan bog‘lanishga harakat qilyapti. Hozircha aloqa o‘rnatishning imkoni bo‘lmayapti. Ma’lum ma’noda ayni holat, ya’ni aloqa o‘rnatishning imkoni bo‘lmayotgani ham, mahkama boshlanganidan dalolat bermoqda. Aloqa o‘rnatish urinishlarimizni davom etamiz, va siz aziz o‘quvchiga jarayon haqida uning bevosita ishtirokchisidan haqqoniy va batafsil ma’lumot etkazishga urinamiz.

Demak hozircha eslatib o‘tamiz, Parijda Lola Karimovaning RUE89 mustaqil Internet nashri va xususan uning muxbiri Ogyusten Skalbertga nisbatan da’vo arizasi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. Lola Karimova da’vosiga ko‘ra, Ogyusten Skalbert “diktator” degan iborani ishlatish orqali O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovni nohaq haqorat qilgan, ayni paytda 190.000 Evro miqdoridagi gonorar haqidagi satrlar bilan tuhmat qilgan.

13 may kuni bo‘lajak sud jarayoni oldidan Inson huquqlari bo‘yicha Xalqaro Federatsiya binosida, maxsus matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, federatsiya tashabbusi bilan o‘tgan anjumanda ishtirok etgan jurnalist Ogyusten Skalbert “O‘z maqolamda men, Karimov o‘rnatgan rejim diktatura ekani, olti yil muqaddam odamlarning ommaviy qirg‘inga uchragani haqida yozgan edim. Nazarimda Lola Karimova buning uchun bizni ta’qib qilishi xatodir. Ammo buning afzal tomoni ham bor, mahkama yana bir bor ko‘p voqealarning eslanishiga sabab bo‘ladi, insonlar o‘ldirilgani, inson huquqlari mutlaqo hurmat qilinmasligi va O‘zbekistonda avtoritar siyosat o‘rnatilgani yana bir bor ma’lum qilinadi”, dedi.

Oradan yana bir kun o‘tgach, Jarayon sahifasida bo‘lajak mahkamada rasman guvoh sifatida ishtirok etayotgan taniqli huquq himoyachisi, “O‘tyuraklar” Klubi inson huquqlarini himoya qilish xalqaro jamiyati raisi Mo’tabar Tojiboeva maxsus murojaat bilan chiqdi va unda muxolifat vakillari, huquq himoyachilari va jurnalistlar hamda 2005 yil 13 may kungi Andijon qirg‘inidan omon qolib Evropa va AQSh davlatlarida panoh topgan andijonliklarni jim turmaslikka, bo‘lajak mahkamada guvoh sifatida ishtirok etish niyatini bildirishga chaqirdi. Chaqiriq taniqli jurnalist Ulug‘bek Haydarov tomonidan ham yangragach, nashrimiz va xususan Mo’tabar Tojiboeva elektron adresiga ko‘plab maktublar keldi.

Ularning aksarida guvohlik berish istagi bildirilgan va buni qay usulda amalga oshirish mumkinligi hususida maslahat so‘ralgan. Hazratqul Xudoyberdi tomonidan yo‘llangan maktubda esa hatto bu borada aniq maslahatlar va frantsuz tilidagi maktub matni ham tavsiya etilgan.

Jarayonni kuzatib boring.

Tahririyatdan: Nashrimizda Human Rights Watch tashkiloti tiomonidan tayyorlangan filьm klipi joylashtirildi. Mazkur videolavha taniqli jurnalist Qudrat Bobojon tomonidan taqdim etildi. Nazarimizda bu filьm Parijda o‘tayotgan mahkama vaqtida ko‘tarilajak asosiy savol bo‘yicha aniq javob bo‘la oladi. Biz hamkasbimizga minnatdorchilik bildiramiz.

http://www.jarayon.com/index.php?option=com_content&view=article&id=1384:2011-05-19-14-23-13&catid=54:habarlar&Itemid=70

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: