Elena Bondar’ chiqish vizasi olishiga ishonmaydi – ozodlik.org


Elena Bondar’ xorijga chiqqach fohishalik qilmasligi haqida tilxat yozgachgina uning hujjatlarini qabul qilishdi

19.05.2011

Mehribon

Toshkentlik 22 yoshli talaba Elena Bondar’ xorijda fohishalik bilan shug‘ullanmaslik haqida tilxat yozib bergachgina Toshkent viloyati Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi uning hujjatlarini qabul qildi. Yaqindan beri O‘zbekistonda 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan ayollar chiqish vizasi olishdan avval ana shunday tilxatga qo‘l qo‘yishi shart bo‘lib qolgan. Shuningdek, xorijga ketayotgan ayol uchun uning eri yoki ota-onasi kafolat xati yozib berishlari ham lozim.

Toshkent Milliy universiteti talabasi, mustaqil juranalist 22 yoshli Elena Bondar’ o‘zi yashayotgan mahalla qo‘mitasidan uning ahloqi yaxshiligi va fohishalik bilan shug‘ullanmasligi haqidagi xarakteristika olib, o‘zi ham bu haqda tilxat bergachgina Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi uning hujjatlarini qabul qilganini aytadi.

– Mahalla qo‘mitasidan men ahloqim yaxshiligi va fohishalik bilan shug‘ullanmasligim haqida xarakteristika olishimga to‘g‘ri kelishdi.  Mahalla qo‘mitasidagilar xarakteristikaga mana shu uyat so‘zni yozib, keyin muhr qo‘yib berishdi. Tashkent viloyat OVIRiga bu hujjatni olib bordim. Ular meni o‘zimdan ham tilxat yozib berishimni talab qilishdi. Tilxatda men xorijga chiqqach fohishalik qilish niyatida emasligimni yozdim. Shundan keyingina hujjatlarimni qabul qilishdi,- deydi Elena Bondar’.

Elena 5 may kuni Toshkent viloyati Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga chiqish viza olish uchun borganida uning hujjatlarini qabul qilishdan bosh tortishgan edi.

– Hujjatlarni qabul qiluvchi inspektor oldiga borganimda menga ochiqchasiga “Siz nimaga keldingiz, O‘zbekistonda 35 yoshgacha bo‘lgan ayollar mamlakatdan chiqarilmaydi” deyishdi. Bu yangi qonun emish. Keyin bosh inspektor bilan uchrashdim. U ham menga yuqorining qandaydir buyrug‘ini ro‘kach qildi. Shu bilan hujjatlarimni qabul qilishdan bosh tortishdi,- deydi Elena Bondar’.

Shundan keyin Elena O‘zbekiston qonunlariga zid bu holat yuzasidan shikoyat qilib, Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish Respublika boshqarmasiga murojaat qilgan.

– Respublika OVIRida shunday qaror bor, lekin bu norasmiy qaror deyishdi. Bu O‘zbekiston ichki ishlar vaziri buyrug‘i ekani va unga barcha bo‘ysunishi kerakligini aytishdi,- deydi Elena Bondar’.

Biroq Elenaning aytishicha, bu muammoni matubotda oshkor qilgani unga yordam bergan va uning hujjatlarini qabul qilishga rozi bo‘lishgan.

Elenaga ko‘ra, unga xorijga ketayotgan ayol uchun uning eri yoki ota-onasi kafolat xati yozib berishlari ham shartligini aytishgan. Biroq Elenaning turmushga chiqmagani va ota-onasi yo‘qligi uchun undan bunday xatni talab qilishmagan.

– Men hozirda chiqish vizasi berishlariga ishonmayapman ham. Lekin xorijga chiqishga qonuniy haqqim bor. Men balog‘atga etganman. Buni hech qanday qonun chegaralamaydi. Men O‘zbekiston qonunlariga qarshi hech qanday ish ham qilmaganman,- deydi Elena Bondar’.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish Respublika boshqarmasi xodimi Ozodlik bilan suhbatda chiqish vizasi uchun ayollarga nisbatan yangi ko‘rinishdagi tartib joriy qilingani haqida biror bir rasmiy hujjat yo‘qligini aytdi. Biroq u boshqarmaning joylardagi bo‘limlari biror bir rasmiy ko‘rsatmasiz ham bu kabi tartiblarni qo‘llashlari mumkinligini inkor qilmadi.

http://www.ozodlik.org/content/article/24180134.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: